Bugun shanba kuni mamlakatning sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarida joylashgan soxta Durand chizig‘i bo‘ylab Afg‘oniston hududiy daxlsizligini buzishda foydalanilgan harbiy inshootlarga qarshi muvofiqlashtirilgan harbiy amaliyotlar boshlandi.
Bugungi (shanba) kechki ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston Islom Amirligi armiyasi kuchlari Konar, Nangarhor, Paktiyo, Paktiko, Xost, Hilmand, Qandahor va Zabul viloyatlarida soxta Durand chizig‘i bo‘ylab o‘z amaliyotlarini boshlagan. Bu amaliyotlar Pokistonlik yarimharbiy guruhlarning joylashgan nuqtalariga qarshi olib borilmoqda. Ushbu nuqtalardan muntazam ravishda Afg‘onistonning havo hududi va hududiy yaxlitligini buzish hamda chegaraning bu tomonidagi oddiy aholiga hujum qilish uchun foydalanib kelinardi.
Amaliyot davomida hozirgacha quyidagi natijalar qo‘lga kiritilgan:
Konar viloyatining Dangam tumanidagi Banshiy hududida 3 ta post qo‘lga olindi, 5 nafar pokistonlik askar o‘ldirildi, bir necha kishi yaralandi, qolganlari esa qochib ketishdi.
Paktiyo viloyatining Dand Patan tumanida qurilgan harbiy darvoza va inshootlar zanjirli tanklar yordamida vayron qilindi.
Dand Patan tumanidagi chegara ortidagi Giwi postida kamida 6 nafar pokistonlik askar halok bo‘lgan.
Xost viloyatining Jaji Maydan tumanida 3 ta post egallandi, u yerdagi pokistonlik askarlar o‘ldirildi.
Nangarhor viloyatining Bandar hududida pokistonlik yarimharbiylar o‘z postlarini tashlab ketishgan, Dur Baba tumanida esa chegara ortidagi bitta post egallangach, portlovchi moddalar bilan portlatilgan.
Paktiyo viloyatining Jaji Aryob tumanida pokistonlik yarimharbiylarning 4 ta posti va o‘q-dorilari qo‘lga olindi, bu joyda 8 nafar pokistonlik askar o‘ldirilib, 6 kishi yaralangan.
Konar viloyatining Ghashi Kandu hududida pokistonlik yarimharbiylar o‘z postlaridan qochib ketishgan.
Hilmand viloyatining Bahramcha tumanida pokistonlik yarimharbiylarning 3 ta posti o‘q-dorilari bilan birga qo‘lga olindi kamida 12 nafar askar o‘ldirilgan va joy tanklar yordamida vayron qilingan.
Zabul viloyatining Shamalzo tumanidagi Volgayi hududida chegara ortidagi bitta post egallangan.
Qandahor viloyatining Maruf va Arghiston tumanlari bo‘ylab pokistonlik yarimharbiylarning joylashgan nuqtalariga qilingan hujumda 6 nafar pokistonlik askar o‘ldirilgan.
Hujumlar hozircha davom etmoqda, aniq ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.