Hirotda muhim Daish-Xavorij tarmog’i a’zolari hibsga olindi!

Al-Marsad Afg‘oniston Islom Amirligi maxsus kuchlari Hirot viloyatida IShIDning muhim tarmog‘iga qarshi operatsiya o‘tkazgani haqida ma’lumot beradi.

Manbalarga ko’ra; Bu operatsiya o‘tgan bir necha kun ichida amalga oshirilgan, natijada xavorijlarning bir qancha faol va muhim a’zolari qo‘lga olingan.

Manbalarda bu tarmoq Hirot viloyatida olib borilgan barcha operatsiyalarda ishtirok etgani va shu tarmoq aʼzolari ham Guzre tumanida Savr oyining 10-kuni hujum uyushtirgani, natijada olti kishi, jumladan, bir bola halok bo‘lgan.

Manbalar Al-Marsad nashriga qo‘shimcha qilishicha, Hirotdagi tarmoq IShIDning Pokistonning Balujiston viloyatidagi operativ qanoti tomonidan boshqarilgan va uning hibsga olingan ba’zi a’zolari yaqinda Balujistonga borgan.

Shuni esda tutish kerakki, Xoraj Xurosoniyning operativ rahbariyati Afg’onistonda bostirilgandan keyin; Ular shtab-kvartirasini Pokistonning Balujiston viloyatiga ko‘chirdilar va u yerdan Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi o‘z tarmoqlarini boshqarardi.

Exit mobile version