ISHIDlar boylar va shirkatlardan to‘lov talab qilish amaliyotlari doirasida yaqinda Suriya Deyr az-Zor viloyatida neft tashuvchi bir tankerga hujum uyushtirishdi.
Suriya Inson huquqlari kuzatuv tashkiloti xabar berishicha, bu tanker Deyr az-Zorning g‘arbida joylashgan «al-Kibar» va «al-Jazorat» qishloqlari orasida ISHIDlar tomonidan nishonga olingan. Hujum oqibatida insoniy talafotlar haqida ma’lumot berilmagan, ammo tanker jiddiy zarar ko‘rgan.
Deyr az-Zor hududi asosan kurd qurolli guruhlari nazorati ostidadir, biroq ISHIDlar ham bu yerda faoliyat yuritmoqda. Ular anchadan beri «iqtisodiy jarayon» nomi ostida boy shaxslar va neft shirkatlarini tahdid qilib kelmoqda hamda ulardan pul talab qilmoqda. Agar ular to‘lovni rad etsa, ISHIDlar ularning o‘zlarini yoki mol-mulklarini nishonga oladi.