ISHIDlar qamoqdagi xotinlari ustidan savdo qilmoqdalar!

2019-yilda Bag‘uz jangida ISHID xavorijlar mag‘lub bo‘lganda, ular xotinlarini kofir kurdlarga topshirdilar. Kurdlar esa «al-Hol» va «Roj» nomli lagerlarni tashkil qilib, hozirgacha o‘n minglab ISHID ayollari va ularning yosh bolalarini shu lagerlarda saqlab kelmoqdalar.

Al-Hol, Roj va boshqa lagerlar ISHIDchilarning peshonasidagi qora dog‘ bo‘lib qolmoqda va ular hanuzgacha buni yuzlaridan artib tashlay olmaganlar. Bundan tashqari, ISHIDchilar bu lagerlarni pul yig‘ish vositasiga aylantirib, o‘nlab bank hisoblarini ochgan va «qamoqdagi opa-singillar» nomidan xalqdan pul undirib kelmoqdalar.

«Al-Hol» nomi bilan pul yig‘ish o‘yini shunchalik fosh bo‘ldiki, endi ISHIDchilar o‘zlari bir-birlarini fosh qilmoqdalar va ayrimlari boshqalar bilan kelishmasdan bu pullarni shaxsiy manfaatlari uchun sarflayotganini da’vo qilmoqdalar.

«Xalifalarning qullarini fosh qiluvchi kanal» nomli xavorijga qarshi faoliyat yurituvchi bir manba o‘z hisoblarida ISHIDchilarga aloqador bir telegram kanalining postini e’lon qilgan. U kanal o‘zini ISHIDchilar Shom viloyatidagi qamoqxona lagerlarining markaziy kanali sifatida tanishtirgan. O‘sha postda ba’zi ISHIDchilar al-Hol va Roj lagerlari nomidan pul yig‘ib, uni shaxsiy manfaatlari uchun ishlatayotganlikda ayblanganlar.

O‘sha markaziy kanalning postida «Ahmad Ra’s al-Ayn» ismli bir ISHIDchi ham al-Hol va Roj lagerlari nomidan yordam yig‘ib, lekin bu yordamlarni mahbuslarga yetkazmayotganlikda ayblangan.

Bungacha ham xavorijlar orasida moliyaviy yordamlarni yig‘ish va taqsimlash borasida janjal va kelishmovchiliklar ommaga chiqqan edi. Bu janjallar va voqealar shuni ko‘rsatadiki, xavorijlar har qanday yo‘l bilan – hatto muqaddas jihod nomidan yoki qamoqdagi opa-singillari nomidan bo‘lsa ham musulmonlarning pullarini yig‘ishga urinadilar va yana o‘sha pullarni yig‘ilgan nomni badnom qilish yo‘lida sarflaydilar.

Exit mobile version