Islomiy Amir likning Muvozanatli Siyosati

Ajmal

Muvozanatli siyosat atamasi Islomiy Amirlik rahbarlari tomonidan islomiy tuzum uchun namuna sifatida tanlangan go‘zal va qimmatli tushunchalardan biridir. Ular turli vaqt va munosabatlarda uni o‘z faoliyatlarining asosi qilib kelganlar. Ba’zilar bu faqat bir shior va jamoatchilik fikrini aldash uchun qo‘llaniladi, deb o‘ylashlari mumkin. Ammo unga insof va chuqur nazar bilan qaralsa, Afg‘onistonda Islomiy tuzum g‘alaba qilgan ilk kunlardan bugungacha bu atama faqat so‘z darajasida qolmaganligi, balki amalda ham isbotlanganligi, ularning so‘z va amallari bir-biriga to‘liq mos va hamohang bo‘lganligi ayon bo‘ladi.

Afg‘oniston Islomiy Amirligining muvozanatli va adolatli siyosati barchaga ravshandir. Mas’ul rahbarlar bir necha bor ta’kidlaganlarki, ular tuzumni islomiy shariat doirasida boshqaradilar, Afg‘oniston hududidan hech bir davlatga qarshi foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, hech bir shaxs yoki guruhga Afg‘oniston xavfsizligi va barqarorligiga zarar yetkazishga ruxsat berilmaydi. Qachonki mamlakat xavfsizligi va xalq osoyishtaligiga tahdid yuzaga kelsa, bunday shaxs va guruhlarga qarshi zarur va zudlik bilan choralar ko‘riladi.

So‘nggi kunlarda ayrim doiralar, ayniqsa Pokiston harbiy rejimi, Afg‘onistonning Rossiya kabi davlatlar bilan aloqalarini boshqalarga tahdid sifatida ko‘rsatishga va avvalgidek Afg‘oniston haqida salbiy tasavvur yaratishga urinmoqda. Ammo bunday urinishlar ko‘p marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chunki Afg‘onistonning tashqi siyosati muvozanat, o‘zaro hurmat, boshqalarning ichki ishlariga aralashmaslik va mamlakatning qonuniy manfaatlarini ta’minlash asoslariga qurilgan bo‘lib, u barcha davlatlar bilan aloqalarini islomiy tamoyillar va milliy manfaatlar asosida olib bormoqda.

Shuningdek, Afg‘oniston mustaqil davlat sifatida o‘z milliy manfaatlari va islomiy tamoyillariga muvofiq ravishda dunyoning turli davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida aloqalar o‘rnatish huquqiga ega. Rossiya, Xitoy yoki boshqa har qanday davlat bilan hamkorlik qilish qarama-qarshi tomonga dushmanlik qilish degani emas. Balki bu o‘zaro hurmat tamoyiliga asoslangan muvozanatli tashqi siyosatning bir qismidir.

Islom shariati ham hikmatga amal qilish, ahdga vafo ko‘rsatish, mustaqillikni saqlash va musulmonlar manfaatlarini ta’minlashga urg‘u beradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hayotlari davomida turli guruhlar va davlatlar bilan bitimlar hamda aloqalar o‘rnatganlar va doimo ummat manfaatini nazarda tutganlar.

Shu sababli boshqa davlatlar bilan qonuniy aloqalar va kelishuvlar o‘rnatish, modomiki ular Afg‘oniston xalqining izzati, mamlakat mustaqilligi va Islomiy tuzumga zarar yetkazmasa, maqbul va shar’iy jihatdan joiz hisoblanadi.

Islomiy Amirlikning muvozanatli va iqtisodiyotga yo‘naltirilgan siyosati barcha davlatlar bilan ijobiy hamkorlik qilish, boshqalarning ishlariga aralashmaslik va islomiy qadriyatlarni saqlash tamoyillariga asoslanadi. Bu qarash Afg‘onistonning barcha tomonlar bilan hamkorlik va konstruktiv aloqalarni istashini ko‘rsatadi. Biroq bu aloqalar islomiy shariat, milliy mustaqillik va mamlakatning qonuniy manfaatlari doirasida olib boriladi.

Exit mobile version