Pokiston harbiy rejimining tarix davomida haqiqati! 10_qism

Duktur Homam Xon

Pokiston armiyasi tuzilmasida Islomning o‘rni va ta’siri

Hech qanday shubha va ikkilanmasdan aytish mumkinki, Pokiston armiyasining fikr va e’tiqodlari shakllanishida muqaddas Islom diniga hech qanday asosiy ahamiyat berilmagan. Balki har tomonlama Islomning asosiy qoidalari va muhim ahkomlari e’tiborsiz qoldirilgan. Albatta, Pokiston tashkil topgandan keyin ma’lum darajada shunday o‘zgarish yuz berdiki, armiya o‘z askar va ofitserlarining his-tuyg‘ularini jo‘sh urdirish, vatan uchun jang maydonida o‘lim va hayot ruhini tirik saqlash maqsadida Islomdan mohirona tarzda faqat vosita sifatida foydalandi.

Armiya nazariyalariga islomiy tus berishga bo‘lgan harakatlar asosan Muhammad Ziyoulhaq hukmronligi davrida amalga oshirildi. Bunga misol sifatida professor polkovnik Abdul Qayyum tomonidan yozilgan On Striving to be a Muslim kitobi hamda brigadir S. K. Malikning The Quranic Concept of War asarini keltirish mumkin. Bu asarlar va shunga o‘xshash yozuvlarni tafsir, hadis, fiqh va boshqa diniy ilmlarda chuqur bilimga ega ulamolar emas, balki harbiy ofitserlarning o‘zi yozgan.

Agar husni zan nuqtai nazaridan qaralsa, ehtimol bu harakatlar ba’zi harbiy shaxslarning yaxshi niyatidan kelib chiqqan deyish mumkin. Ammo amaliy haqiqat shuki, bu kitoblar va shunga o‘xshash dasturlar armiyaning asosiy fikrlari, e’tiqodlari va uslublarida jiddiy o‘zgarish yaratmasdan, faqat harbiyni go‘yo u jihod kabi buyuk ibodat bilan mashg‘ul ekaniga, o‘z ofitserining har bir buyrug‘iga itoat qilish unga vojibligiga va agar o‘ldirilsa, shahidlik maqomiga erishishiga ishontiradi.

Ammo quyidagi muhim savollar:

1- Islomda jihodning haqiqiy ta’rifi nima?
2- Vatan uchun jang qilishning shar’iy hukmi qanday?
3- Jihodning shar’iy maqsadlari nimalar?
4- Musulmonning do‘sti va dushmani kimlar?
5- Amirga itoat qilishning chegarasi qayergacha va qaysi holatlarda unga itoat qilish joiz emas?
6- Kim shahid deb ataladi?
7- Shahidlik qanday shartlar asosida qabul qilinadi?
8- Shariat urush uchun qanday odob va qoidalarni belgilagan?

Bu savollarning barchasidan yoki butunlay chetlab o‘tiladi yoki ularga to‘g‘ri va shar’iy javob berilmaydi.

Masalan, ishonch bilan aytish mumkinki, Pokiston armiyasining ko‘plab ofitser va askarlari hatto jihodning asosiy maqsadi I’laou kalimatulloh ekanini ham bilmaydilar. Ya’ni tavhid kalimasining yuksalishi, shirkning yo‘q qilinishi, shariatning tatbiq qilinishi va kofirlar ustunligining tugatilishi.

Shariatning asosiy tushunchalaridan bunday bexabarlik natijasida, pokistonlik kuchlar bengal musulmonlarini o‘ldirayotgan vaqtda Badr va Uhud janglaridan misol keltirar edilar. Keyinchalik esa arab mujohidlarining qonini to‘kayotgan o‘sha askarlar mujohid deb ataldi.

Shu sababli, 1971-yil voqealari davomida general Tikka Xon sharqiy front kuchlariga murojaat qilib shunday degan edi:

Jihod va Islom o‘rtasidagi bog‘liqlik sababli, musulmonlarning kichik guruhi eng qudratli dushmanlarni mag‘lub etgan. Badr, Uhud, Xaybar va Damashq janglari musulmonlar nimalarga qodir ekanining guvohidir.

Shuningdek, 2004-yilda Vaziristonning Vona hududida armiya arab va g‘ayriarob muhojir mujohidlarga qarshi jang qilayotgan vaqtda, brigadir Xattak askarlarga shunday degan:

Haqiqiy mujohidlar mening askarlarimdir. Haqiqiy mujohidlar sizlarsiz!

Shu jihatdan to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, bu armiya bugun ham asosiy fikrlar, tafakkur tarzi va harbiy falsafa nuqtai nazaridan Britaniya Hindiston qirollik armiyasining o‘sha o‘zi bo‘lib qolmoqda. U Sandherst va Dehra-Dun harbiy akademiyalarida tarbiyalangan edi. Farq faqat shundaki, hozir islomiy his-tuyg‘ularni oziqlantirish uchun harbiy markazlar “Iymon, taqvo va jihod fi sabilillah” shiorlari bilan bezatilgan. Holbuki, bu armiya bugun ham ushbu uch haqiqatdan 1857-yildagidek uzoqdir.

Balkim, bundan ham xavflisi shuki, hozir o‘sha g‘ayriislomiy maqsadlar diniy his-tuyg‘ular pardasi ostida olib borilmoqda.

Stiven P. Koen Pokiston armiyasining asosiy nazariyasini xulosa qilar ekan, ochiqchasiga shunday yozadi:

Mustaqillikka erishgan barcha islomiy davlatlar G‘arbda ta’lim olgan armiyalarni meros qilib oldilar. Shuning uchun bu armiyalar Klauzevits, Liddel Hart va Shelling nazariyalaridan voz kechishga tayyor emaslar. Pokiston armiyasining ko‘pchilik ofitserlari ham bu nazariyalarni hech qachon tark etmaydilar.

Pakistan Army, History and Organization, 107-bet

Exit mobile version