Pokiston muzdur rejimining yarim asrlik qora tarixi

Sayfuddin

So‘nggi yarim asrlik tarixga nazar tashlar ekanmiz, shunday xulosaga kelamizki, Pokistonning yollanma armiyasi musulmonlar tomonidan tuzilmagan, balki ingliz mustamlakachilari tomonidan Hind yarimorolida, ayniqsa qabila hududlarida, e’tiqod erkinligi uchun olib borilgan jihodni bostirish maqsadida mahalliy yollanma kuchlardan tashkil etilgan.

Ingliz mustamlakachilari ushbu armiyadan o‘zlarining global mustamlakachilik maqsadlarini amalga oshirishda ham keng foydalanganlar, jumladan Usmoniy xalifaligini qulatishda va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishishda. Afsuski, Pokiston tashkil topganidan buyon hozirgacha bu “yollanma armiya” o‘sha yo‘nalishda harakat qilib kelmoqda kim ko‘proq haq to‘lasa, ular o‘shanga xizmat qiladi. Pokiston tajovuzkor armiyasining qora tarixi juda uzun bo‘lib, uning ayrim misollari quyidagilardir:

1970-yilda Iordaniyada general Ziyoulhaq boshchiligida falastinlik muhojirlar lagerlarini bombardimon qilish va minglab falastinliklarning halok bo‘lishi.

Somalida BMT tinchlikparvar kuchlari doirasida somalilik musulmonlarga qarshi tarixiy jinoyatlarni sodir etish.

Bengaliyalik musulmonlarning ommaviy qirg‘ini va ularning hurmatli ayollarining sha’niga tajovuz qilish.

11-sentabrdan (9/11) keyin AQSh boshchiligidagi G‘arb koalitsiyasiga xizmat ko‘rsatish, minglab afg‘onlar, pokistonliklar va boshqa mamlakatlardan kelgan muhojir mujohidlarning o‘ldirilishi, ularni hibsga olish va minglab dollar evaziga AQShga topshirish.

Afg‘oniston Islom Amirligining birinchi hukumatining qulashida asosiy rol o‘ynash bularning barchasi ushbu yollanma armiyaning unutilmas jinoyatlaridan hisoblanadi.

Bugun yana bir bor, global kufr kuchlari Falastin, Afg‘oniston va boshqa hududlardagi musulmonlarni bostirish uchun yollanma va iymonini sotgan armiya izlayotgan bir paytda, Pokiston armiyasi uyatsizlarcha Tramp rahbarligida va insoniyat qotili “Netanyaxu” bilan hamkorlikda o‘z xizmatlarini taklif qildi.

Barcha ushbu haqiqatlar shuni ko‘rsatadiki, Pokistonning bu yollanma armiyasi na islomiydir, na Pokiston fuqarolari manfaatlari uchun, na musulmon ummatining saqlanib qolishi uchun kurashadi; balki u har qanday zolim va mustamlakachi kuchlar uchun mazlumlarga qarshi xizmat qiladigan yollanma armiyadir.

Exit mobile version