Suriya hukumati olti nafar DAISh(ISHID) a’zosini tirik qo‘lga oldi

Suriya Ichki ishlar vazirligi e’lon qilishicha, mamlakat poytaxti Damashqdagi DAISh(ISHID)  a’zolarining panohgohlariga qarshi o‘tkazilgan amaliyotda ushbu guruhning ikki a’zosi o‘ldirilib, yana olti nafari tirik qo‘lga olingan.

 

Yangi hukumatning Ichki ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotga ko‘ra, bu amaliyot dushanba kuni (2 saraton / 26 zulhijja) Damashqning Harasta va Kafr Batna hududlarida DAISh(ISHID)  a’zolari yashiringan uylar ustida amalga oshirilgan.

 

Vazirlikning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot natijasida olti nafar, jumladan, bir DAISh(ISHID)  tarmog‘i rahbari tirik ushlangan va yana ikki kishi o‘ldirilgan. Rasmiylarning aytishicha, o‘ldirilganlardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mar Ilyos cherkoviga hujumchi kiritilishida ishtirok etgan shaxs bo‘lgan.

 

Suriyalik xavfsizlik amaldorlarining qo‘shimcha qilishicha, bu panohgohlardan bir dona portlovchi nimcha, birta mototsikl, minalar, portlovchi moddalar, qurollar va boshqa o‘q-dorilar topilgan.

 

Shuni ta’kidlash joizki, suriyalik xavfsizlik kuchlari bu amaliyotni Damashqdagi DAISh(ISHID)  kharijiylarining panohgohlariga qarshi, yakshanba kuni Mar Ilyos nomli cherkovda bir kishi o‘zini portlatib, o‘nlab kishilarni o‘ldirib va yaralaganidan so‘ng amalga oshirdi. Garchi DAISh (ISHID) guruhi bu hujum uchun rasman javobgarlikni zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, yaqinda tashkil topgan “Saraya Ansor as-Sunna” nomli guruh ushbu hujumni o‘zlari amalga oshirganini bildirgan. Mazkur guruh DAISh (ISHID) kharijiylarining uslub va amallarini qo‘llab-quvvatlab, ular bilan bevosita aloqador bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Exit mobile version