Suriya Idlib viloyatida 9 nafar ISHID a’zosi tirik qo‘lga olindi

Suriya xavfsizlik idorasi Idlib viloyatida ISHID guruhining yashirin joylaridan biriga qarshi amaliyot o‘tkazilganini ma’lum qildilar. Ushbu operatsiya natijasida (xavorijlar)ning muhim tarmoqlaridan biri butunlay tor-mor qilinib, 9 nafar a’zosi tirik qo‘lga olingan.

Suriya Ichki ishlar vazirligi 7-avgust sanasida e’lon qilgan bayonotda ta’kidlanishicha, bu amaliyot Idlib viloyatining Harim hududida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Iroq fuqarosi bo‘lgan 5 kishining o‘ldirilishida ishtirok etgan va yana boshqa vayronkor hujumlarni rejalashtirayotgan ISHID a’zolari qo‘lga olingan.

Bayonotga ko‘ra, bu guruhning yashirin joyidan qurollar, portlovchi jiletlar, minomyot o‘qlari, minalar, portlovchi moddalar va boshqa o‘q-dorilar hamda harbiy jihozlar aniqlanib musodara qilingan.

Shuni ta’kidlash joizki, Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng, ISHID xavorijlar yangi Suriya hukumatiga qarshi urushni kengaytirish uchun harakatlarini kuchaytirgan edi. Biroq, so‘nggi hibsga olishlar va amaliyotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, yangi hukumat bu yovuz va qonxo‘r guruhning tahdidiga jiddiy e’tibor qaratmoqda va ularning yana Suriyani jang maydoniga aylantirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Exit mobile version