Abu Hajar al-Kurdiy

Sulton Muhammad Fotihning Misr Sultoniga maktubi

Bu qism Sulton Muhammad Fotihning Misr Sultoni Inolga yozgan maktubidan olingan bo‘lib  uni Ahmad Kuroniy tartibga solgan edi:

Bobolarimizning odati shunday bo‘lganki  ular doimo Alloh yo‘lida jihod qilganlar va malomat qiluvchilarning malomatidan qo‘rqmaganlar. Biz ham o‘sha yo‘ldamiz va o‘sha maqsadni amalga oshirish uchun harakatdamiz. Biz Alloh taoloning bu amriga amal qilamiz:

﴾ (Tavba: 29)قَاتِلُوا الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالله

Ya’ni: Allohga imon keltirmaganlar bilan jang qilinglar.

Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning bu hadisiga ham tayanamiz:

«من اغبرت قدماه في سبيل الله حرمه الله على النار»

(Kimning oyog‘i Alloh yo‘lida changlansa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi.)

Shu yili Alloh bizni o‘z fazlu barakalari bilan g‘olib qildi. Biz Allohning arqoniga yopishdik va Uning yordami bilan bu diniy farzni ado etishda Uning bu buyruqlariga binoan amal qildik:

(Tavba: 123)قَاتِلُوا الَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ الْكُفَّارِ

Ya’ni: Sizlarga yaqin bo‘lgan kofirlar bilan jang qilinglar.

Biz quruqlik va dengizdan iborat lashkarni tayyorlab kufr va ma’siyatga to‘la bir shaharni fath qildik. U shahar ilgari islomiy diyorda hech qachon fath qilinmagan edi. Shahar o‘z kufri bilan faxrlanar bir qismi quruqlikda bir qismi dengizda joylashgan edi. Ammo biz Alloh taoloning bu amriga binoan:

  (Anfol: 60)وَأَعِدُّوا لَهُم مَّا اسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍ

Ya’ni: Ularga qarshi imkon qadar quvvat tayyorlanglar.

Qanchalik imkonimiz bo‘lsa jang qurollarini tayyorladik: kamon barut, to‘plar yer osti yo‘llari qazish asboblari toshlar va boshqa quruqlik vositalari; shuningdek jihozlarga to‘la kemalar va tog‘lardek ulkan harbiy kema va g‘alayotgan flotlarni tayyorladik.

857 hijriy yil rabiyul-avval oyining 26-kuni biz o‘sha shahar atrofiga yetib bordik. O‘zimga: Endi mehnat va sabr vaqti keldi; yordam ber chunki men aynan shu umid bilan edim   dedim. Ammo bu kofirlar haqqa da’vat qilinganlarida, kufrda sobit turdilar takabburlik qildilar va haqqa yuz o‘girdilar.

Biz shaharni qamal qildik; ular bilan jang qildik va ular biz bilan jang qildilar. Bir necha kun urush davom etdi. Ammo Allohning nusrat vaqti yetganda, bandaga og‘ir bo‘lgan narsa oson bo‘ldi. Juma kuni tongda  jumodul-avval oyida, shaytonlarga qarshi yog‘iladigan yulduzlar kabi ularga hujum qildik. Faruqiy adolat va Haydariy zarbalar barakoti bilan bu shahar barcha Usmoniylarga bo‘ysundi. Quyosh sharqdan g‘arbga yetib ulgurmasdan, bu Qur’on oyati ko‘z o‘ngimizda ro‘yobga chiqdi:

(Qamar: 45–46) سَيُهْزَمُ الْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ الدُّبُرَ * بَلِ السَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَالسَّاعَةُ أَدْهَى وَأَمَرُّ

Ya’ni: Ular tez orada yengilur va orqaga qochurlar. Balki ularning va’da qilingan vaqti – qiyomatdir, qiyomat esa yanada og‘ir va achchiqdir.

O‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdikki, ularning podshohi o‘ldirildi va boshi tanasidan ajratildi. Ular Od va Samud qabilalari kabi halok bo‘ldilar: ba’zilari o‘ldirildi, ba’zilari asir qilindi, qolganlari musulmonlar qo‘liga tushdilar. Musulmonlar shuncha g‘animat oldilarki, ularning hammasini sanab o‘tish mushkul.

O‘sha kuni mo‘minlar Allohning yordami bilan xursand bo‘ldilar. Biz bu buzuq va tamagirlar ustidan g‘olib kelganimizda  cherkovlarni ruhoniylardan pokladik  salibchilarni quvib chiqardik va ibodatxonalarni masjidlarga aylantirdik. Bu diyorga islomiy tanga va xutba barakati bilan izzat baxsh etdik, ularning barcha ishlari botil bo‘ldi va Allohning hukmi mukammal bo‘ldi.

Sulton Muhammad Fotih shuningdek, Makkai Mukarramaga ham maktub yubordi. Bu maktub Misr Sultoni vositasida u yerga yetib bordi. Misr Sultoni esa javoban  Muhammad Fotihga sovg‘alar bilan birga maktub yubordi. O‘sha maktub baland adabiy va san’atli nasr namunasi bo‘lib  unda chiroyli she’rlar ham keltirilgan edi.

Exit mobile version