Ahmad Abed
Terroristik guruh DAISh turli usullar va yondashuvlar yordamida o‘zining dastlabki paydo bo‘lishida erkaklar, ayollar, o‘smirlar va hatto bolalar singari ko‘plab odamlarni turli mamlakatlardan o‘z tomoniga torta oldi va keng ko‘lamli inson resurslarini shakllantirgach, o‘ziga xos Islomiy xalifalikni e’lon qildi.
Ushbu maqolada DAISh tomonidan inson resurslarini jalb qilish usullarining ba’zilarini zanjir shaklida ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
Buni ham tan olish kerakki, DAIShga butun dunyodan qo‘shilgan asosiy va nufuzli razvedka xodimlari maxsus bir sohada ixtisoslashgan bo‘lishidan tashqari, umumiy ko‘nikmalarga ham ega. Masalan, zamonaviy aloqa texnologiyalari, xorijiy tillar, siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy, xavfsizlik va harbiy tajribalarni yaxshi bilishadi.
Avvalo aytish kerakki, bu guruhning shakllanishi va tezkor jalb qilinishi borasida ikkita muhim omil bor: 1_: DAIShning mafkuraviy ildizlari; 2_: DAIShning o‘sishi va kuchayish omillari.
DAIShning mafkuraviy ildizlarini ushbu guruhning rasmiy bayonotlari va nutqlaridan tushunish mumkin, ularning barcha so‘zlari va amallari Islomiy qoidalarga asoslanganligini ta’kidlaydi, lekin bu qonunlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Nima bo‘lganda ham, DAIShni dunyoning har burchagidan odamlarni jalb qiluvchi terroristik va ekstremistik guruh sifatida ta’riflash mumkin va ekstremizm kasalligiga duchor bo‘lgan odamlarni nafaqat o‘ziga jalb qiladi, balki ularning ongiga chuqur ta’sir o‘tkazib, boshqalarni ham da’vat qilishlariga erishadi.
DAISh faoliyatining dastlabki bosqichlarida ko‘plab tahlilchilar DAISh faqat arab millatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan kuch oladi deb hisoblashgan, lekin asta-sekin bu guruh safida qora tanlilar, yevropaliklar va hatto Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlaridan kelgan odamlar borligini ko‘rishdi, bu esa ko‘plab odamlar DAISh loyihasiga jalb qilinganini ko‘rsatdi.
Odatda odamlar orasida guruhlar odamlarni miya yuvish orqali jalb qiladi degan tushuncha keng tarqalgan, lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tezda kengayadigan sektalarda bu omil katta rol o‘ynamaydi; shuning uchun aytishimiz mumkinki, DAISh har bir odamni turlicha jalb qiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, odamlarni jalb qilish har qanday siyosiy va diniy harakatning davomiyligi va mavjud bo‘lishi uchun eng muhim omil hisoblanadi; shuning uchun DAISh radikal oqimi ham odamlarni o‘z safiga jalb qilish uchun reklama va targ‘ibot vositalaridan foydalanishga harakat qiladi.