Bugun, chorshanba (Jumad al-Saniy oyi 9-kuni), Afgʻoniston Islomiy Amirligi Qochqinlar va Qaytib keluvchilar vaziri Hojiy Xalil Rahmon Haqoniy nojo‘ya hujumda shahid bo‘ldi.
Hozircha hech bir guruh ushbu sirli hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q, ammo hujumdan oldin Pokiston armiyasiga tegishli bo‘lgan ba’zi akkauntlar tomonidan tahdidli postlarning e’lon qilinganligi va hujumning tabiati inobatga olinsa, bu hujum uchun Daishning xorijiy jangarilari javobgar bo‘lishi ehtimoli yuqori. (Hujumdan bir necha soat oldin “Eagle Eye” nomli Pokiston armiyasiga tegishli bo‘lgan bir akkaunt “Yana bir karvon yaqinlashmoqda” deb yozgan edi. Hujumdan keyin esa Eagle Eye o‘z postini o‘chirib tashladi va keyin bir necha postda Haqoniy Sahibning shahid bo‘lganini yoritdi).
O‘tgan voqealar va Afg‘oniston qo‘shni davlatlaridagi ayrim razvedka tashkilotlarining oʻz maqsadlariga erishish uchun Daish guruhidan foydalanib kelgani inobatga olinsa, bu hujum ham Daish tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, u bevosita yoki bilvosita o‘sha razvedka doiralari tomonidan boshqarilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Ushbu doiralar avval ham Afg‘onistonning ilmiy, jihodiy va ijtimoiy shaxslarini nishonga olgan edi.