Da’vodan amalgacha; Zamon Xavorijlarining sharmandalik amallariga bir nazar! To’qqizinchi qism

Usama Nuhzat

Xavorij deb nomlangan badnom va sharmanda to‘daning paydo bo‘lgan davridan beri ularning eng muhim shior va da’volaridan biri ilohiy shariatni joriy etish edi. Ammo bu shior faqat so‘zlaridagina eshitilar amallarida esa undan asar ham ko‘rinmas edi.

Xavorijlarning past va nopok amali shariatni qo‘llash emas, balki uni tahqirlash va hurmatsizlik edi. Bu fitnaning bayroqdorlari ilohiy hukmlarni noto‘g‘ri talqin qilib o‘z nafslariga moslab, manfaat yo‘lida ishlatib Robbimizning chegaralarini qo‘rquv zo‘ravonlik va qon to‘kish quroliga aylantirgan edilar.

Shu shior niqobi ostida, IShID (Da’vash) terrorchilari ko‘plab harom qonlarni o‘zlariga halol deb bildilar va Islom shariatining noto‘g‘ri talqinlari asosida o‘z nazoratidagi hududlarda rahmsiz qotilliklar sodir etdilar. Ular ko‘plab begunoh musulmonlarni asossiz ayblovlar bilan o‘ldirdilar.

Islom shariatini joriy etish degan shior soyasida xavorij IShIDchilari moddiy va targ‘ibot foydalariga erishdilar. Shu boisdan, maqolaning ushbu qismida ularning yolg‘on da’volari va sharmandali amallarining bir necha muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz:

  1. Yoshlarni zalolatga yo‘naltirish:

Xavorij IShIDchilari shariatni joriy etish shiori ostida ko‘plab mamlakatlarning yoshlarini, ayniqsa G‘arb mintaqalaridan bo‘lganlarni o‘z saflariga tortdilar. Bu yoshlar ummatning yorqin kelajagini orzu qilgan edilar, ammo bu fitnaning tuzog‘iga tushdilar.

  1. Islom shariatini badnom qilish:

Bu og‘mach guruh shariat nomidan va hukmlaridan vosita sifatida foydalanib, Islomning muqaddas hukmlarini buzdi va dunyo ko‘z o‘ngida Islomni noto‘g‘ri tarzda ko‘rsatishga urindi. Ularning amallari ilohiy dinning rahmat va adolatini emas balki zo‘ravonlik va dahshat manzarasini namoyon qildi.

  1. Shariatni joriy etish bahonasida zulm va jinoyat:

IShID terrorchilari o‘z rahbarlari va a’zolarining barcha jinoyatlarini diniy libos bilan bezab uni shariatni amalga oshirish deb atadilar. Holbuki ularning amallari ilohiy shariatdan osmon bilan yercha farq qilardi.

Aslida IShIDning shariat nomidan qilgan ishlari diniy qonunlarning ochiqcha buzilishi va ilohiy adolatning haqoratlanishidir. Xavorij IShIDlar bu shior ostida Islom qonuniga eng katta zarbani berdilar; ular nafaqat Islom dushmanlarini kuchaytirdilar balki ummat orasida qo‘rquv ishonchsizlik va tafriqani ham yoydilar.

Xulosa qilib aytganda ilohiy qonunni joriy etish degan yolg‘on da’vo bilan, xavorij IShIDchilari nafaqat Islom shariatini amalga oshirish yo‘lida bir qadam ham qo‘ymadilar, balki o‘zlarining ahmoqona talqinlari va noto‘g‘ri xatti-harakatlari bilan din adolatiga zarar yetkazdilar. Ular muqaddasliklardan noto‘g‘ri foydalanib oddiy yoshlarni aldagan va Islom dushmanlariga Islomdan qo‘rqitish loyihasida yordam berganlar.

Exit mobile version