Hozirgi davrda musulmon ummatining zaifligining sabablari va yechimlari! 7_qism

Basham shahid

 

  1. Mustamlakachilik, sekulyarizm va fikriy hujum

 

G‘arb davlatlarining zaif va aksariyat musulmon mamlakatlariga qarshi olib borgan eng dahshatli tarixiy, madaniy, iqtisodiy va diniy hujumlaridan biri  bu mustamlakachilik harakati va tajovuzi bo‘lgan. Ushbu harakat turli shakl va ko‘rinishlarda amalga oshirilib, mustamlaka qilingan xalqlarning dunyoqarashi hamda ularning harbiy, iqtisodiy, diniy va madaniy salohiyatini o‘z maqsadlari tomon burishga va ularni o‘z istaklariga moslab sozlashga urinib kelgan.

 

Bu tajovuz mustamlaka qilingan mamlakatlarga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, uning oqibatlari yillar va hatto asrlar davomida mustamlaka ostida qolgan xalqlar bilan birga yashab keladi. Aslida, islomiy jamiyatlarga mustamlakachilik va sekulyarizmning singib kirishi, bugungi davrda musulmonlarning tanazzulga yuz tutishidagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

 

Mustamlakachilar dastlab iqtisodiy maqsadlar bilan islomiy mamlakatlarga kirib kelgan, vaqt o‘tishi bilan esa o‘zlarining asl mustamlakachilik niyatlarini oshkor etganlar. Sekulyarizm esa avvaliga Yevropa va boshqa hududlarga tahsil olish uchun borgan talabalar orqali islomiy mamlakatlarga kirib kelgan.

 

So‘nggi bir asr davomida mustamlakachilar va sekulyaristlar musulmon xalqlarining uyg‘onishi va taraqqiyotiga qat’iy ravishda to‘sqinlik qilib kelmoqdalar. Ular G‘arbning to‘liq qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘zlariga sodiq shaxslarni islomiy davlatlarning muhim lavozimlariga joylashtirgan va halol, dinga sodiq rahbarlarning hokimiyatga kelishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Sekulyaristlar esa yuqoridagi maqsadlarni ilgari surish bilan birga, doimo Islomni jamiyat va davlat hayotidan siqib chiqarishga, uni faqat shaxsiy hayot doirasiga qamab qo‘yishga harakat qilib kelgan va kelmoqda.

 

Shuningdek, fikriy hujum zamonaviy mustamlakachilikning eng yumshoq, ammo yashirin qurollaridan biridir. Bu hujum harbiy bosqinlarsiz amalga oshirilib, xalqlarning e’tiqodi, qadriyatlari va fikriy o‘zligini nishonga oladi. Bunday tajovuzda ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, iste’molchi madaniyat hamda tashqi manbalardan olib kirilgan fikriy mahsulotlardan foydalanilib, avlodlarning ongi asta-sekin o‘z diniy va madaniy ildizlaridan uzib boriladi.

 

Islomiy mamlakatlar, ayniqsa taraqqiyotga yuz tutib, qudrat va mustaqillikka erishish arafasida bo‘lgan paytlarda, doimo G‘arb davlatlari va kufr olamining hujumlariga duch kelgan. Bu hujumlar ba’zan ochiq harbiy bosqinlar shaklida bo‘lgan, ba’zan esa taktika o‘zgartirilib, “xayrixohlik” va bezatilgan, yolg‘on madaniy missiya shiori ostida amalga oshirilgan va shu yo‘l bilan islomiy mamlakatlar mustamlaka qilingan.

 

Aslida, mustamlakachilik hududlarni bosib olishning eng achchiq va xavfli yo‘llaridan biri bo‘lib, uning zararli oqibatlari yillar va asrlar davomida mustamlaka qilingan mamlakatlar avlodlari ustida soya solib kelgan.

 

O‘tmishda mustamlakachilik asosan harbiy va iqtisodiy tusga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrda u fikriy va madaniy ko‘rinish kasb etgan. Mustamlakachilar G‘arb markazli fikrlash modellarini targ‘ib etish orqali ongiy qaramlikni shakllantirishga urinmoqdalar  bu esa hududiy bosqindan ham xavfliroqdir. Chunki u xalqlarning iroda va fikriy mustaqilligini ichkaridan yemiradi.

 

Shuningdek, fikriy hujum sekulyarizm ko‘rinishida keng targ‘ib qilinmoqda. Bu g‘oya dinni ijtimoiy, siyosiy va ilmiy hayotdan ajratib, uning rolini faqat shaxsiy soha bilan cheklashga harakat qiladi. Fikriy hujum shunchalik ta’sir ko‘rsatdiki, hatto ayrim musulmonlar Islomni faqat nomigagina qabul qilib, uni faqat masjid bilan bog‘liq, xolos, deb o‘ylaydigan holatga kelishdi.

 

Bu kabi muammolar qarshisida fikriy ongni oshirish, islomiy qadriyatlarga asoslangan ta’lim tizimini mustahkamlash hamda tashqaridan kirib kelgan g‘oyalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish  fikriy hujum va mustamlakachilik oqibatlariga qarshi kurashning eng muhim yo‘llaridan sanaladi. Diniy va madaniy o‘zlikni saqlab qolish esa jamiyatning ongli avlodi tomonidan doimiy hushyorlik va ilmiy-fikriy sa’y-harakatlarni talab etadi.

Exit mobile version