Islom ilmlarini, jumladan Qur’on, hadis va fiqhni o‘rgangan hamda musulmon xalqlari va ularning tamaddunlari bilan tanishib, bu sohada mahoratga ega bo‘lgan g‘arbliklarga “mustashriqlar” deyiladi. G‘arb ikki yirik reja ustida ish olib bordi: biri musulmonlar orasida ixtiloflarni qo‘zg‘atish, ikkinchisi esa musulmonlarning tafakkurini buzish va yo‘q qilish.
Shu sababli mustashriqlar ikki toifaga bo‘lindi: bir toifa ochiq bo‘lib, targ‘ibot urushini olib bordi, ikkinchi toifa esa yashirin bo‘lib, razvedka (istixborot) urushini yuritdi.
Birinchi toifaning, ya’ni targ‘ibot urushini olib borganlarning vazifalari quyidagilardan iborat edi:
1. Islom dinini badnom qilish;
2. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) haqida noto‘g‘ri tasvir berish;
3. Musulmonlarni Allohning dushmanlari sifatida ko‘rsatish va ularni o‘ldirish savob degan targ‘ibot qilish;
4. Qur’oni Karimni ilohiy vahiy emas, balki insoniy kitob deb ko‘rsatish;
5. Musulmonlar tarixini buzib ko‘rsatish, jumladan: islomiy fathlarni vahshiylik deb atash, xalifalikni istibdod deb ta’riflash va salib yurishlarini “sivilizatsiya uchun urush” deb ko‘rsatish;
6. Musulmonlarga qarshi urushni nasroniylarga vojib deb targ‘ib qilish va ularga musulmonlarni o‘ldirishda oxirat savobi borligini aytish.
Bu guruhning umumiy maqsadi musulmonlarning e’tiqodini zaiflashtirish, nasroniylarni ularga qarshi urushga undash va Islomni buzish edi.
Ikkinchi toifa esa yashirin yoki razvedka urushini olib borib, musulmon hududlarga borar va o‘zini musulmon sifatida tanishtirar edi. Ularning vazifalari quyidagilardan iborat edi:
1. Musulmonlarning qudrati, tafakkuri va kelajak rejalari haqida ma’lumot to‘plash va uni nasroniylarga yetkazish;
2. Musulmonlar orasida milliy va mazhabiy nizolarni kuchaytirish;
3. Kofirlar bilan do‘stlik g‘oyasini targ‘ib qilish;
4. Fiqhni qadrsizlantirish va ixtilofli masalalarni qo‘zg‘atish;
5. Musulmonlar madaniyatini o‘zgartirish;
6. Musulmon hukmdorlariga yaqinlashib, ularni adashtirish;
7. Hukmdorlarga nasroniylar bilan do‘stlik g‘oyasini singdirish;
8. Islomiy shiorlarning qadriyatini pasaytirish va “taraqqiyot” nomi bilan ayrim hukmlarni o‘zgartirishga zamin yaratish.
Har ikki guruh mustashriqlari doimo o‘zlarining Islomga qarshi faoliyatlarini davom ettirib kelganlar. Ehtimol, o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin: nega g‘arbliklar o‘sha davrda bunday kishilarni tayyorlashga kirishdilar? Axir musulmonlar orasida ular uchun ishlaydiganlar yo‘q edimi? Javob shuki: bor edi, ammo o‘sha davrda musulmonlar mustaqil fikrga, o‘ziga xos madaniyat va tamaddunga ega edilar. Ularning hukumatlari boshqalarning ta’siri ostida emas edi. Musulmonlar fikriy va e’tiqodiy jihatdan mustahkam edilar, islomiy tuzum va xalifalik mavjud edi hamda din siyosatdan ajratilmagan edi.
Qisqacha aytganda, mustashriqlar bir kun yoki bir yil mahsuli emas. Ularning urug‘i milodiy VIII–X asrlarda sochildi, XI–XIII asrlarda unib chiqdi, XIII–XVII asrlarda rivojlandi va XVIII–XX asrlarda mustamlakachilik tusini olib, mukammal shaklga kirdi.
Mashhur mustashriqlardan ba’zilari:
1. villiam Muir: Payg‘ambar (s.a.v.) siyrati haqida tanqidiy kitoblar yozgan.
2. Joseph Schacht: Islom fiqhi haqida shubha uyg‘otib, uni keyinchalik yaratilgan deb da’vo qilgan.
3. David Samuel Margoliouth: Islomiy manbalar ishonchliligini savol ostiga qo‘ygan.
4. Ignaz Goldziher: Hadislarning sahihligi borasida shubha uyg‘otishga harakat qilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, bular ochiq faoliyat yuritgan mustashriqlar edi. Ammo o‘zini go‘yoki musulmon deb ko‘rsatgan yashirin mustashriqlarning ayrimlari umrining oxirigacha fosh bo‘lmay qolgan, hatto bugungi kunda ham “din olimi” libosida shu yo‘lni davom ettirayotganlar bor.
