Ali Ansor
Odatda xalq bilan yaxshi munosabatda bo‘lish va ommaning qo‘llab-quvvatlovini qozonish hukumat barpo qilish, jalb qilish va barqaror boshqaruvning muhim va asosiy shartlaridan biridir. Hokimiyatni faqat xalqni o‘z tomoniga torta olgan, ularning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan va xalqning katta qismi mustahkam devor kabi ortida turgan guruh boshqarishi mumkin.
Boshqa tomondan, ekstremizm, qo‘pollik va yomon munosabat barqaror boshqaruvning mezoni bo‘la olmaydi. Chunki odamlar faqat mehr-oqibat va yaxshi munosabat orqali jalb qilinadi, vahshiylik va toshbag‘irlik bilan emas. O‘zi ravshanki, xalq bilan yomon muomala qiladigan yoki oddiy odamlarning qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘lgan guruh hech qachon hukumatni barqaror ravishda boshqara olmaydi yoki barqaror davlat qurib olmaydi.
Afg‘on xalqi yumshoq va mehribon xalqdir, ularni faqat muloyimlik bilan jalb qilish mumkin, zo‘ravonlik va kuch ishlatish bilan emas. Tarix guvohlik beradiki, uchta katta imperiya kuch ishlatish va zo‘ravonlik bilan bu yerga kirib keldi, lekin qayta chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Ular bu xalqning e’tiqodini o‘zgartira olmadilar, qat’iy iroda va mustahkam e’tiqodni sindira olmadilar va chetdan keltirilgan fikr-mulohazalarni majburlab qabul qildira olmadilar. Aksincha, singan oyoqlar va egilgan boshlar bilan bu yerdan chiqib ketishga majbur bo‘ldilar.
Bu holat shuni isbotlaydiki, ushbu mo‘min xalq o‘z e’tiqodlaridan hech qachon chekinmaydi. Qattiq qonun-qoidalar ham bu masalada muvaffaqiyatga erishmaydi, na dahshatli jinoyatlar.
IShID – bu ekstremistik va qaram terroristik guruh bo‘lib, yillar davomida Afg‘onistonning mo‘min, musulmon va mujohid xalqini o‘z nazoratiga olishga harakat qilmoqda. Ular xalifalik nomi ostida o‘z manfaati uchun yollanma hukumatlarni tiriltirish va G‘arbning buzuq va shaytoniy mafkuralarini Islom nomi ostida ilgari surmoqchi.
IShID hozirgi Islomiy tizimga qarshi isyon ko‘tarib, qurolli jang boshlagan. Ular nafaqat Islomiy amirlikka qarshi turmoqdalar, balki dunyoning barcha burchaklarida Islomiy va jihodiy harakatlarga qarshi chiqmoqdalar. Ularning iflos qo‘llari Islomning buyuk mujtahidlari, olimlari va Islomiy ilm ahli qoniga botgan. Ular har doim pok Islomni o‘z yomon amallari bilan bulg‘ab kelishmoqda.
IShID o‘z ekstremistik va qattiqqo‘l mafkuralari bilan Afg‘onistonning mo‘min xalqini boshqarishni xohlaydi. Quyida IShID ning Afg‘oniston tuprog‘ida hukmronlik qila olmasligini ko‘rsatuvchi sabablarga e’tibor qaratamiz:
- Vahshiylik va vahshat:
Bu faktki, vahshiylik va vahshat IShID ning tabiatida mavjud. Ularning hukmronligi ostidagi odamlar har doim shafqatsiz va o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan zo‘ravonliklarga duch kelishgan.
IShID ning zulmat davrida faqat vahshiylik va yovuzlik ko‘zga tashlangan. Ularning Iroq va Suriyada hukmronlik qilgan hududlarida ko‘p marotaba ommaviy qirg‘inlar sodir etilgan. Ular begunoh va ojiz odamlarni biron-bir sababsiz o‘ldirishgan. Faqat Iroq va Suriyada emas, balki Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida ham ilk paydo bo‘lishlarida cheksiz dahshatlarni amalga oshirishgan.
Davomi bor…