IShID shiorlarining kelib chiqishi

Ahmad Zubayr

Daish yigirma birinchi asrning boshida Iroq va Suriyani qutqarish va xalifalik o‘rnatish nomi bilan tashkil etildi. Uning nomi «Ad-davlatu-l-Islomiya fi Iroq va Shom»dan qisqartirilgan.

Darhaqiqat, bu yerda xalifalik o‘rnashishi, ummat birlashishi, ichki nizolar va islomni noto‘g‘ri tasavvur qilish yo‘q bo‘lishi, bundan tashqari dinimiz himoya qilinishi va yana bir bor yo‘qolgan sharaf davriga qaytishimiz juda xursand qiladigan narsa edi. Shuningdek, ba’zi umidlarimiz ham jonlandi. Bular orasida Al-Qoida bu yerda qattiq nishonga olingani va uni yo‘q qilish G‘arb uchun hamma narsadan muhimroq ekanini angladik. Biz Al-Qoidaga bosim kamayadi deb o‘yladik, lekin aksincha, bu biz keyinchalik tushungan loyihaning aynan o‘ziga qarshi ekan.

Bundan tashqari, iqtisodiy sohada Amerika, Yevropa, Xitoy va Rossiyaning ko‘pgina xom ashyolari ham aynan shu hududdan olinadi. Agar ularning xom ashyo sektori zarar ko‘rsa, iqtisodiyotlariga jiddiy zarba berilishi aniq edi, lekin bu sodir bo‘lmadi.

Qanday bo‘lmasin, Dais avvaliga ummatni xursand qildi, har qanday joyda mujohidlar uning tuzilishidan mamnun bo‘ldilar. Ularning quvonchining sababi Daishning noto‘g‘ri fikrlari emas edi, balki uning shiorini eshitib, bu qadriyatlarni himoya qilish uchun boshqalar ham maydonga kelganidan xursand edilar. Ammo ko‘p o‘tmay, Daishning shiorlari va amaliyoti bir-biridan farq qila boshladi.

Biz bu yerda Daishning haqiqiy qiyofasi haqida gapiramiz, uning shiorlariga e’tibor bermaymiz.

Daishning harbiy sohada hech qanday kuchi yo‘q. Agar bor bo‘lsa, Yevropalik yoshlar o‘yinga berilib ketgan bo‘lib, ularni zavq-shavq yo‘llaridan arab davlatlariga olib kelib, so‘ng jang maydoniga olib chiqadilar. Bu Daishning harbiy kuchidir. Biz ko‘rdikki, Yevropadan kelgan yoshlar yoki shu tuzoqqa tushib qolishdi, yoki Islom nomidan kelishgani uchun, o‘z xatolarini anglab yetganlarida, qaytish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q edi, shuning uchun o‘z ishlarini davom ettirishga majbur bo‘ldilar.

Daishning iqtisodiy sohada hech qanday manbasi yo‘q, lekin islom olami xazinalarini boshqa davlatlar tomonidan talon-taroj qilish uchun sharoit yaratadi. Ular esa buning evaziga Daishni moliyaviy jihatdan ta’minlaydilar va bu Daisning daromad manbaidir.

Ilm-fan, madaniyat, sivilizatsiya va din sohalarida Islomdan bexabarlar, faqat shiorlarga asoslangan bir madaniyatsiz guruh bo‘lib, o‘n to‘rt yarim asr davomida mavjud bo‘lmagan bunday sivilizatsiyani yaratishga harakat qildilar. Daishning bu amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, u boshqa har qanday guruhdan ko‘ra ko‘proq islomiy sivilizatsiyani yo‘q qilish uchun zamonaviy islom jamiyatida harakat qilmoqda va aslida bu ishni amalga oshirgan.

Exit mobile version