IShIDning ashaddiy a’zolari Pokistonda o‘z do‘stlaridan birini o‘ldirdi.

Manbalar Al-Mirsaad ga ma’lum qilishicha, Xaybar Paxtunxva viloyatida razvedka idoralari bilan aloqaga qarshi bo‘lgan ayrim IShID a’zolari o‘z safdoshlardan birini josuslikda ayblab o‘ldirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxsning ismi Ruhulloh bo‘lib, u xavorijlar orasida “Zakariya” va “Ahmad” nomlari bilan ham tanilgan edi.

Al-Mirsaad manbalarining aytishicha, Ruhulloh bir necha yil oldin Turkiyada xavorijlar safiga qo‘shilgan. U Afg‘onistonda fuqarolik va harbiy nishonlarga qarshi hujumlarda qatnashish bilan birga, IShID xavorijlarining iqtisod boshqarmasi soyasi ostida olib borilgan odam o‘g‘irlash amaliyotlarida ham ishtirok etgan.

Manbalarga ko‘ra, turli holatlarda IShID a’zolari tomonidan unga nisbatan shubhalar paydo bo‘lgan. Ayniqsa Afg‘onistonning Balx viloyatida bir bolaning o‘g‘irlab ketilishi bilan bog‘liq voqeada u o‘z hamrohlarini tashlab ketgan. Natijada o‘sha operatsiyada ular o‘ldirilgan, Ruhulloh esa Xaybar Paxtunxvadagi Jabbar Mela hududiga IShID markazlari joylashgan joyga qochib ketgan.

Manbalarning bildirishicha, ayrim keskin IShID a’zolari anchadan beri Ruhullohdan shubhalanib kelgan va nihoyat u haqida tekshiruv olib borilgach, uni o‘ldirishga qaror qilingan.

Eslatib o‘tish joizki, Tirah, Jabbar Mela, Tor Dara va Orakzay hududlari hozirda Xaybar Paxtunxva viloyatida xavorijlar uchun eng muhim boshpanalardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, o‘tgan 28-fevral kuni Tirahning Tor Dara hududida ularning markazlariga lazerli kuzatuv vositalari yordamida operatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, natijada 10 nafar IShID a’zosi o‘ldirilgan. Shuningdek 1-mart kuni Orakzayning G‘aljo tumaniga qarashli Torkani va Narik hududlarida o‘tkazilgan hujumda 9 nafar IShID a’zosi, jumladan ularning ikki muhim qo‘mondoni Haji Rahmon (Abu Nosir) va Mulla Foruqiy ham halok bo‘lgan.

Exit mobile version