Ahmad Rashed Az-Zarqa
7 – Islomiy tizim e’tiqodiy tizimdir
Islom bu e’tiqodiy va ma’naviy tizim bo‘lib inson qalbi va vijdonini boshqaradi. Bu Islomiy tizimning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Bir musulmon agar ochiqdan-ochiq gunoh qilish imkoniyati bo‘lsa ham va u na qozidan na hukmdan hech qanday jazodan qo‘rqmasa ham faqatgina o‘z e’tiqodi tufayli bu gunohni tark qiladi.
Bundan farqli o‘laroq inson aqli va xohish-istaklariga asoslangan dunyoviy tizimlar, faqat moddiy kuch qamoq jazo va politsiyaga tayanib qonunlarni qo‘llaydi. Ammo shu tashqi nazorat olib tashlansa ko‘pchilik insonlar qonunlarni buza boshlaydi. Islom esa qonunlarga rioya qilishni majburlov orqali emas balki e’tiqodiy majburiyat orqali amalga oshiradi. Bunga misol sifatida sharobning harom qilinish voqeasini ko‘rish mumkin: Islomdan oldin sharob ichish arablar orasida urf madaniyat va hatto faxr edi.
Ammo bu oyat nozil bo‘lgach:
(يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ)
(Moida: 90)
Ey mo‘minlar! Albatta, sharob qimor butlarga sig‘inish va fol ochish o‘qlari shaytonning iflos amallaridandir. Shoyad najot topsangiz ulardan chetda bo‘ling.
Bu oyat nozil bo‘lishi bilan, sahobalar zudlik bilan o‘z sharoblarini to‘kib yubordilar qadahlarni sindirdilar va mehxonalarni buzib tashladilar. Bularning barchasi hech qanday jazolash yoki xavfsizlik kuchlari aralashuvisiz amalga oshdi. Bu e’tiqod va imon kuchining natijasi edi zo‘rlik va majburlov emas.
Payg‘ambar alayhissalom bunday deganlar:
«لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى يَكُونَ هَوَاهُ تَبَعًا لِمَا جِئْتُ بِهِ»
(Sharh as-Sunna, al-Bag‘aviy)
Ma’nosi: Sizlardan hech biringiz men olib kelgan dinimga o‘z nafsini bo‘ysundirmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘lolmaydi.
Shu bois Islomiy tizim bu inson qalbini boshqaradigan e’tiqodiy tizimdir. Islomiy hukmlar imon asosida amalga oshiriladi. Dunyo tizimlari kuchsiz qulaydi, ammo Islomiy tizim imon ustida sobit turadi. Chunki imon qonun qamoq va jazodan kuchliroq nazorat vositasidir.
8 – Islomiy tizim inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi
Islom to‘liq komil va ilohiy tizim bo‘lib inson hayotining barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi: aqida axloq ibodat muomalot siyosat, iqtisod adolat jinoyatlar, ijtimoiy qonunlar barchasi.
Alloh taolo deydi:
{مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِن شَيْءٍ}
(An’am: 38)
Biz bu Kitobda (ya’ni Qur’onda) hech narsani qoldirmadik (hammasini bayon qildik).
Yana deydi:
{وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ}
(Nahl: 89)
Senga bu Kitobni har bir narsani bayon qilish uchun nozil qildik.
Payg‘ambar ﷺ aytganlar:
«تَرَكْتُ فِيكُمْ مَا إِنْ تَمَسَّكْتُمْ بِهِ لَنْ تَضِلُّوا بَعْدِي: كِتَابَ اللَّهِ وَسُنَّتِي»
(Muvatto – Imom Molik)
Sizlarga ikki narsani qoldirdimki agar ularga yopishsangiz mendan keyin hech qachon adashmaysiz: Allohning Kitobi va sunnatim.
Islom aqida asoslarini bayon qilgan: tauhid (Allohga yagona ishonch) nubuvvat oxirat farishtalar ilohiy kitoblar va taqdirga ishonch. Payg‘ambar ﷺ aytganlar:
«الإِيمَانُ أَنْ تُؤْمِنَ بِاللَّهِ، وَمَلَائِكَتِهِ، وَكُتُبِهِ، وَرُسُلِهِ، وَالْيَوْمِ الْآخِرِ، وَتُؤْمِنَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَشَرِّهِ»
(Sahih Muslim)
Imon – Allohga Uning farishtalariga, kitoblarig rasullariga oxirat kuniga va taqdir – yaxshisiga ham, yomoniga ham – ishonchdir.”
Islom axloqiy jihatdan ham izdoshlarga halollik, sabr, kechirimlilikni targ‘ib qiladi va yolg‘on g‘iybat, kibir zulm kabi yomon odatlardan qaytaradi.
Payg‘ambar ﷺ aytganlar:
«إِنَّمَا بُعِثْتُ لِأُتَمِّمَ مَكَارِمَ الْأَخْلَاقِ»
(Muvatto – Imom Molik)
Men go‘zal axloqlarni to‘ldirish uchun yuborildim.
Xulosa qilib aytganda Islom aqida, axloq, ibodat va muomalotni o‘z ichiga olgan to‘liq, ilohiy va har tomonlama mukammal tizimdir. U ilohiy hidoyatga asoslangan bo‘lib har qanday inson xalq va davrning ehtiyojlariga javob beradi. Aynan shu jihatlar uni yagona ilohiy tizim va insoniyatning najot yo‘liga aylantiradi.