Qanday qilib IShID odamlarni o’z saflariga jalb qiladi? Ikkinchi qism

Ahmad Abed

Maqolaning birinchi qismida aytib o‘tgandik, odamlarni o‘z safiga jalb qilish har qanday siyosiy va diniy harakatning davomiyligi va yashab qolishi uchun asosiy omildir. Shu sababli takfiriy DAISH harakati ham targ‘ibot va da’vat vositalaridan foydalanib, odamlarni o‘z tashkilotiga jalb qilishga harakat qiladi. Hozirgi qismda DAISHning odamlarni o‘ziga jalb qilishda qo‘llayotgan turli omillariga to‘xtalamiz.

1_: Iqtisodiy motivatsiyalar; Ushbu usullar ichida iqtisodiy motivatsiyalar eng muhim va samarali jalb qilish vositasi hisoblanadi. DAISH boshqa tashkilot va harakatlarga qaraganda ancha yuqori maosh to‘lab, ko‘proq odamlarni jalb qiladi.

Ko‘rinib turibdiki, qashshoqlik, savodsizlik va ishsizlik bilan kurashayotgan, o‘zlari uchun yaxshi kelajakni ko‘ra olmaydigan bir qancha yoshlar DAISH safiga qo‘shilmoqda.

Bu borada Tojikiston yaxshi misol bo‘lib, 10 million aholiga ega bo‘lgan ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning eng qashshoq davlatlaridan biridir va uning minglab fuqarolari tirikchilik uchun boshqa davlatlarga, ayniqsa Rossiyaga ko‘chib ketgan. Statistikaga ko‘ra, Tojikistondan tashqarida 2 milliondan ortiq erkak ishchi yashaydi va ular u yerda DAISH tuzog‘iga tushib qolishmoqda.

Bu holatni inobatga olsak, DAISH ko‘pincha jamiyatning eng zaif va himoyasiz qatlamlarini o‘z safiga olish uchun tanlayotgani va bu guruhga qo‘shilayotgan odamlar asosan iqtisodiy motivatsiyalarga ega ekanligi aniq.

Markaziy Osiyo xalqi Sovet davrida Osiyoning boshqa hududlariga qaraganda yuqori darajada rivojlanishga erishgan bo‘lsa-da, tezda farovon hayot kechirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bunday sharoitda kelajakka umidvor qarab, diniy rahbarlikni istab, DAISH safiga qo‘shilish ajablanarli emas.

DAISH tizimi kuchli targ‘ibotni moliyaviy va’dalar bilan birlashtirib, qashshoqlik va iqtisodiy muammolar bilan yashayotgan yoshlarni o‘zining operatsion kuchiga aylantiradi.

Shu sababli, DAISH o‘zining o‘quv markazlarida yoshlar uchun moliyaviy imkoniyatlar yaratib, ularga turmush qurish uchun sharoit yaratishga va’da beradi.

Iqtisodiy motivatsiyalar orasida boylik va mol-mulkka bo‘lgan qiziqish ham bor bo‘lib, bu ham DAISHga qo‘shilish uchun odamlarni jalb qiladi. Bu borada kam ta’minlangan odamlar ko‘proq jalb qilinadi, ammo boy va kuchli odamlarga ham bir tuzoqdir.

Shunday qilib, ishsiz yoshlar va jamiyatning quyi qatlamlari, jamiyat tuzilmasidan charchagan va umidsiz bo‘lib, ruhiy jihatdan zaiflashganlar, ekstremistik va yot g‘oyalarga ochiq bo‘ladi, chunki bu odamlar DAISHga qo‘shilib, o‘z g‘azablarini jamiyatga nisbatan ideologik jihatdan namoyon qiladilar.

Exit mobile version