Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning janglari va ulardan olingan saboqlar! Yigirma oltinchi qism

Abu Rayyon Hamidiy

Qamali va quvilishi Banu Qaynuqo:

Bir musulmon ayolning mazlumligi va yahudiylarning nayranglari haqidagi xabar Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga yetganda, u zot nihoyatda g‘amgin bo‘ldilar, sabrlari toshib ketdi. Hazrat Abu Luboba ibn Abdul Munzirni Madinada o‘z o‘rniga noib qildilar va lashkar bayrog‘ini Hamza roziyallohu anhu zimmasiga topshirdilar. Hijratning ikkinchi yili, Shawvol oyining yarmida, shanba kuni yahudiylarning Banu Qaynuqo’ qabilasiga qarshi yo‘l oldilar.

Yahudiylar Rasulullohning kelishidan xabar topgach, qal’alariga yashirindilar. Islom lashkari ularni qamal qildi va bu qamal o‘n besh kun davom etdi. Nihoyat, Alloh taolo yahudiylarning qalblariga qo‘rquv soldi, ular taslim bo‘lishdi va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hukmini qabul qildilar.

Musulmonlar ularni qo‘lga olib, asir qildilar. Shu payt munofiqlarning sardori Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul Rasulullohning huzurlariga kelib dedi: “Mening hamkorlarim bilan yaxshi muomala qiling.” Chunki Banu Qaynuqo’ va xazrajiylar bir-birlari bilan ahd qilgan edilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dastlab javob bermadilar. Abdulloh ibn Ubayy yana iltimos qildi, ammo Rasululloh yuz o‘girib qo‘ydilar. Uchinchi marta Abdulloh qo‘lini Rasulullohning ust-boshlariga tekkizib: “Bular uch yuz zirhli va to‘rt yuz qurollangan jangchi bo‘lib, men ularni dushmanlarga qarshi himoya qilganman. Endi bir kunda ularni butunlay yo‘q qilmoqchimisiz? Alloh haqqi, men zamon o‘zgarishidan qo‘rqmayman,” dedi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Qo‘limni qo‘yib yubor.” Abdulloh dedi: “Men hamkorlarimga yaxshi muomala qilmaguningizcha sizni qo‘yib yubormayman.”

Natijada Abdulloh ibn Ubayyning qattiq isrori sababli Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yahudiylarni jazolashdan voz kechdilar, biroq ularga Madinada va uning atroflarida yashashga izn bermadilar. Shunday qilib, ular Madinadan chiqarilib, Shomdagi “Azra‘ot” degan joyda joylashdilar. Oradan ko‘p o‘tmay, ularning aksari o‘sha yerda halok bo‘ldi. Musulmonlar ko‘p g‘animat qo‘lga kiritdilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘zlari uchun uch qilich, uch kamon, uch nayza va uch zirhni tanladilar, keyin beshdan bir qismini ajratib, qolganini mujohidlarga taqsim qildilar.

Banu Qaynuqo’ g‘azotidan olingan saboqlar:

1- Yahudiylar har doim past axloq yo‘lini tanlaganlar; ahdlarni buzishda ham, ijtimoiy razilliklarda ham, jumladan ayollarga nisbatan beadabliklarda ham ular hech qanday axloqiy chegaraga rioya qilmagan, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlaganlar. Agar bugun ular musulmonlarga qarshi vahshiylik va zulm siyosatini yuritayotgan bo‘lsalar, kecha Rasulullohga qarshi hiyla-nayrang ishlatgan bo‘lsalar  bularning barchasi ularning jamiyatlarni iflos qiluvchi saraton o‘smaga o‘xshash ekanini ko‘rsatadi.

2- Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning yahudiylarga qarshi tezkor harakati shuni ko‘rsatadiki, bir musulmon opa-singilning iffati va sharafi Islom davlatining “qizil chizig‘i” bo‘lishi kerak. Kim uning hurmatiga tajovuz qilsa, qattiq javob olishi lozim. Bu Rasulullohning sunnatidir. Banu Qaynuqo’ g‘azotidan bizga qolgan meros mana shu. Afsuski, bugun bu sunnat unutilib ketdi. G‘azodagi minglab opa-singillarimizning faryodlari hech qanday g‘ayratni qo‘zg‘amayapti, uyqudagi vijdonlarni uyg‘otmayapti.

3- Biz o‘qidikki, Abdulloh ibn Ubayy Banu Qaynuqo’ uchun qanchalik shafoat qildi. Yahudiylar munofiqlar bilan yaqindan aloqa qilib, Islom davlatiga qarshi hamkorlik qilar edilar. Alloh taolo Qur’onda bu haqda shunday marhamat qiladi:

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ نَافَقُوا يَقُولُونَ لِإِخْوَانِهِمُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًا وَإِنْ قُوتِلْتُمْ لَنَنْصُرَنَّكُمْ وَاللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ

Tarjima:

(Ey Muhammad,) munofiqlarga qaramadingizmi? Ular ahli kitob kofir bo‘lgan birodarlariga: ‘Agar siz chiqariladigan bo‘lsangiz, biz ham siz bilan chiqamiz va siz haqida hech qachon hech kimga bo‘ysunmaymiz. Agar siz bilan jang qilinsa, albatta, sizlarga yordam beramiz,’ der edilar. Alloh guvohlik beradi, albatta, ular yolg‘onchilardir.

Shunga qaramay, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Ibn Ubayyning shafoatini qabul qildilar va yahudiylarni jazolashdan kechdilar. Fiqh ulamolari bu voqeadan shunday xulosa qiladilar: dunyoda munofiqlarga musulmon kabi muomala qilinadi, hatto uning nifoqi haqida ko‘plab dalillar mavjud bo‘lsa ham. Chunki shariat jamiyatda insonlarning tashqi ko‘rinishlariga qaraydi.

Bu masalani yanada tushuntirish uchun, shuni aytish kerakki: Islomiy hukmlar ikki yo‘nalishga ega:

  1. Dunyoviy yo‘nalish: Bu banda zimmasiga yuklatilgan va dunyoda ijro qilinadigan hukmlardir. Bu yo‘nalishda tashqi, ko‘rinadigan va shariat dalillari asos qilib olinadi. Ichki ishoratlar, qalbdagi niyatlar hisobga olinmaydi.
  2. Oxirat yo‘nalishi: Bu faqat Alloh taologa tegishlidir. Bu yo‘nalishda niyatlar va qalblarda kechadigan narsalar asos bo‘ladi. Faqat Allohgina oxiratda ularning ustidan hukm chiqaradi.

Demak, munofiqlarning tashqi ko‘rinishdagi islomiy da’volari dunyo hukmlariga mezon bo‘ladi. Ammo ularning niyatlari va botiniy hollarini biluvchi yagona Zot Alloh bo‘lib, oxiratda U Zot hukm chiqaradi.

Exit mobile version