Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning janglari va ulardan olingan saboqlar! Yigirma to’rtinchi qism

Abu Rayyon Hamidiy

G‘azovati Zi Amr:

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Banu Sa’lab va Muhorib qabilalari Zi Amr hududida musulmonlarga qarshi urushish va Madinai Munavvaraga hujum qilish uchun to‘planganliklari xabari yetdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam darhol to‘rt yuz ellik (450) sahobalari bilan o‘sha tomonga yo‘l oldilar. Bu qabilalar Islom lashkari ularga qarab kelayotganini bilib qolishgach, qochib tog‘larga tarqalib ketdilar.

Islom lashkari Zi Amr hududidagi bir buloq yonida to‘xtadi va taxminan bir oy shu yerda qoldi. Bu orqali musulmonlarning qudratidan dushmanlarning qalbiga yanada ko‘proq qo‘rquv tushdi. Bu g‘azovat hijratning uchinchi yili sodir bo‘lgan va o‘sha paytda Madinai Munavvaraning boshqaruvi Usmon ibn Affon roziyallohu anhu zimmasida edi.

Parvardigorim meni najot qiladi!

O‘sha kechada kuchli yomg‘ir yog‘di, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kiyimlari ham ho‘l bo‘ldi. Payg‘ambar alayhissalom biroz safdoshlardan uzoqroq, bir daraxt ostida kiyimlarini quritib o‘tirgan edilar. Shu payt mushriklardan biri  Du‘sur ibn Horis (Banu Sa’labaning sardori va qudratli kishi) Payg‘ambar alayhissalomning yolg‘izligini payqab qoldi. U yaqinlashdi, qilichini yalang‘ochladi va dedi:

Endi seni mening qo‘limdan kim qutqaradi?

Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam dedilar:

Parvardigorim meni najot qiladi!

Shu ondayoq, Alloh taolo qudrati bilan mushrikning qo‘lidan qilich tushib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qilichni olib, undan so‘radilar:

Endi seni mening qo‘limdan kim qutqaradi?

Mushrik hasratli nigoh bilan dedi:

Hech kim!

Ko‘p o‘tmay, Du‘sur bu voqeada Allohning qudratini angladi, qalbi yumshadi, iymon keltirdi va shahodat kalimasini aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning qilichini qaytarib berdilar va uni ozod qildilar. Du‘sur o‘z qabilasiga qaytdi.

Qabilasi undan so‘radi:

Nima bo‘ldi?

U dedi:

Men bir baland bo‘yli odamga duch keldim, u ko‘ksimga urib meni yiqitdi. Bilaman, bu bir farishta edi. So‘ng iymon keltirdim va Muhammadga ergashdim.

Shundan keyin Du‘sur Islom da’vatchisiga aylandi va o‘z qabilasini Islomning haq ekaniga da’vat qildi.

G‘azovati Bahran:

Bu g‘azovat hijratning uchinchi yili, jumodul-ulo oyida bo‘lib o‘tdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch yuz (300) sahobalari bilan “Bahran” deb atalgan hududga yo‘l oldilar. Bu joy Makka va Madina o‘rtasida joylashgan bo‘lib, maqsad Banu Sulaym qabilasi bilan to‘qnashish edi. Ammo ular oldinroq qochib ketishgan edi va jang bo‘lmadi. Islom lashkari o‘n kun shu hududda bo‘lib, so‘ngra Madinaga qaytdi.

Kadr, Suviq, Zi Amr va Bahran g‘azovatlaridan olingan saboqlar:

  1. Kadr g‘azovati shuni ko‘rsatdiki:

Agar kimdir senga qarshi urush qilsa, sen ham u bilan urush qil; agar sulh qilsa, sen ham sulh qil. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yahudlarga nisbatan ham tanlagan nabaviy uslub edi.

  1. Bu g‘azovatlarning barakasi shuni ko‘rsatadiki:

Islom lashkarining razvedka tizimi juda kuchli edi. Banu Sulaym, Banu Sa’lab va Muhorib qabilalari musulmonlarga ochiq urush boshlashidan avval, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning rejalarini barbod qildilar. Islomning razvedka tarmoqlari xabar yetkazdi va shu asosda Islom lashkari dushmanlarning yig‘inlariga, uchrashuvlariga va harbiy markazlariga hujum qilib, ularni tarqatib yubordi.

  1. Bugungi islomiy harakatlar va lashkarlar ham bu uslubdan saboq olishlari kerakki:

Fitnalar o‘sib rivojlanishiga va musulmonlarga zarar yetkazishiga imkon berilmasin, balki ular tarqalmay turib jilovlansin va ildizi bilan yo‘q qilinsin.

Exit mobile version