Shahid Nusratulloh Sangin (taqabbalahulloh) ning hayoti va faoliyatiga qisqacha nazar !

Shahid Nusratulloh Sangin iymon, ixlos va qat’iy iroda bilan bezangan, mazlum xalqning himoyachisi, sokin, ammo faol, jihod maydonida jasur va iste’dodli shaxs edi. U diniy g‘urur, mustahkam iroda va fidoyilikning yorqin namunasi bo‘lib, butun umrini zulmga qarshi kurash va haqni qaror toptirishga bag‘ishlagan edi.

Shahid Nusratulloh Sangin Habibullohning o‘g‘li bo‘lib, Maydon-Vardak viloyatining Narx tumanidagi E’tiborxil qishlog‘ida 1373 hijriy-shamsiy yilda dindor va mujohid oilada dunyoga keldi.

Diniy ta’lim va tarbiya:

U madrasa talabasi va Qur’oni karim hofizi edi. Diniy ilmlarni o‘rganishga chuqur qiziqish bildirgan, ilk davrlardanoq islomiy qadriyatlar bilan qalban bog‘langan edi. Shahodat orzusi doimo uning qalbida yashar, o‘zini Alloh taolo yo‘liga bag‘ishlagan edi.

Jihodning boshlanishi:

Narx tumanida arbakiylarning zulmi, begunoh aholiga nisbatan bosim va zo‘ravonliklar shahid Sanginni sukut saqlashga qo‘ymadi. Shu sababli u 1390 hijriy-shamsiy yilda Islomiy Amirlik saflariga qo‘shilib, jihod maydoniga qadam qo‘ydi. Dastlabki kunlardanoq dushmanga og‘ir zarbalar berdi.

Uning eng yirik amallaridan biri Narx tumanidagi “Bom-g‘ara” orqasida joylashgan arbakiylarning yirik markaziga qarshi amalga oshirilgan tarixiy amaliyot bo‘ldi. U bir uy ichidan tunnel qazishni boshladi, tunnel uzunligi 120 metrdan ortiq edi. Shu tunnel orqali minalar arbakiylar markazi ostiga joylashtirilib, markaz butunlay vayron qilindi.

Bu amaliyot natijasida aholi uzoq yillik nizolar va zulmdan xalos bo‘ldi, arbakiylar esa tuman hududlarining yarmidan ko‘prog‘ini tark etishga majbur bo‘ldilar.

Mas’uliyatlar va tashkiliy faoliyati:

Shahid Nusratulloh Sangin o‘zining layoqati, sadoqati va ixlosi sababli turli mas’uliyatli vazifalarni bajardi. Avval Paktiya viloyati bojxona boshlig‘i etib tayinlandi, keyinchalik “Qizil qit’a”ning muovini sifatida faoliyat yuritdi. Chet el safarlari bo‘lmagan bo‘lsa-da, jihodiy vazifalar doirasida mamlakatning turli viloyatlariga safar qilgan.

Jihodiy faoliyati:

Shahid Sangin mina yasash va texnik ishlarda katta mahoratga ega edi. Vaqtining katta qismini xavorijlar IShID a’zolariga qarshi kurashga bag‘ishladi va ularga qarshi muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, uning rahbarligi ostida Nangarhor viloyatida IShID a’zolari joylashgan bir uyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazildi. Bu amaliyotda ko‘plab xavorijlar yo‘q qilindi, biroq shahid Sangin aynan shu amaliyotda IShID xavorijlari qo‘lida shahid bo‘ldi. Nahsibu-hu kazalik, vallohu hasibuh.

Uning qalbida yillar davomida yashagan buyuk orzu ro‘yobga chiqdi  u o‘z qonini fido qilib, haq yo‘l chirog‘ini yoqdi.

Allohim, uni shahidlar qatorida qabul qilgin va maskanini jannat qilgin.

Shahodat sanasi: 1400/9/12 hijriy-shamsiy

Shaxsiy hayoti:

Shahid Nusratulloh Sanginning ikki xotini bor edi, ammo Alloh taolo unga farzand ato etmadi. Hayotidagi achchiq xotiralardan biri — ikkinchi nikoh to‘yining kechasida uyiga hujum uyushtirilgani bo‘lib, ammo Alloh taoloning yordami bilan hibsga olinmasdan qutulib qoldi

 

Exit mobile version