Zayd Adham
Abu Ubayda yettinchi oktabrdan keyin misli ko‘rilmagan tarzda yangiliklar va OAV sarlavhalariga chiqqan, yuzini niqob bilan yopgan yashirin shaxs edi. U shunday niqobli bir inson ediki, uning har bir so‘zi bu ummat qalbidagi yaralarga malham, ayni paytda dushmanlar yuragiga zaharli o‘q bo‘lar edi. U yuzini yopib chiqardi, ammo ko‘plarning asl qiyofasidan niqobni olib tashladi.
Abu Ubayda 2004-yil 2-oktabr kuni Jabaliya lageridagi Masjid an-Nurda Qassom so‘zlovchisi sifatida ilk nutqini mana shu ruhbaxsh jumla bilan yakunlagan edi:
«Wa innahu la jihodun, nasrun aw istishhod».
Bu jumla har gal takrorlanganda o‘zining chuqur ma’nosini namoyon etardi: bu muqaddas yo‘l faqat ikki holat bilan yakun topadi yo g‘alaba, yo shahodat; va har ikki holatda ham mo‘min uchun bu g‘alabadir.
Sionistik rejim Abu Ubaydaning so‘zlarining chuqur ta’siridan bexabar emas edi. Shu bois uni nishonga olishni o‘zining xavfsizlik va harbiy choralarining eng ustuvor yo‘nalishiga aylantirdi. Turli tahdidlar, asl shaxsini fosh etishga urinishlar, kiberhujumlar va psixologik urushlar bularning barchasi sionistik dushman eng avvalo {so‘zdan} qo‘rqishini ko‘rsatardi. Zero, aynan so‘z ilhom beradi, rivoyat yaratadi va urush tenglamasini o‘zgartiradi.
Bu tinimsiz urinishlar oxir-oqibat natijasiz qolmadi va 2025-yil 30-avgust kuni Abu Ubayda G‘azo shahrining Ramol hududidagi bir binoga qilingan havo hujumi chog‘ida shahodatga erishdi. Ammo bu niqobli inson, musulmonlar qalbiga umid solgan va sionistlar hamda ularning ittifoqchilarining yuragini titratgan bu bashoratli ovoz kim edi?
Huzayfa Samir Abdulloh al-Kahlutiy Abu Ubayda va Abu Ibrohim nomlari bilan tanilgan ayniqsa yettinchi oktabrdan keyin Falastin jihodining eng yorqin media arboblaridan biri hisoblanardi. U doimo qizil ro‘mol va harbiy libosda chiqib, yuzini odamlardan yashirar edi. U 1985-yil 11-fevralda G‘azo sektorida tug‘ilgan. Uning oilasi 1948-yil urushida uy-joyidan mahrum bo‘lgan Niliya qishlog‘idan bo‘lib, G‘azoga ko‘chib kelgan va keyinchalik umrining katta qismini Jabaliya lageri hamda G‘azoning boshqa hududlarida o‘tkazgan.
Abu Ubayda Qassomning media faoliyatining ilk yillaridanoq sahnaga chiqdi va tez orada Qassomning ovoziga aylandi. Uning rasmiy chiqishi 2004-yil 2-oktabr kuni Masjid an-Nurdagi matbuot anjumanida boshlandi; aynan shu yerda Ayyom al-G‘azab amaliyoti e’lon qilingan edi.
Shundan so‘ng uning mas’uliyatlari yanada kengaydi: media bo‘limini boshqarish, Qassomning psixologik va kiber urushini yo‘naltirish, bayonotlar, amaliyot videolari, asirlar bilan bog‘liq xabarlar va ogohlantirishlarni e’lon qilish. Yillar davomida u sobit ovozi va puxta o‘ylangan xabarlari bilan Falastin jihodining ko‘plab muhim voqealarida faol rol o‘ynadi: {Al-Wahm al-Mutabaddid} amaliyotining e’loni, Gilad Shalitning asir olinishi masalasi, G‘arbiy Sohilni qo‘shib olish rejasiga qarshi qat’iy pozitsiyalar, 2021-yilgi to‘qnashuvlar hamda 2023-yil 7-oktabrdagi To‘fon al-Aqso amaliyotidagi markaziy roli shular jumlasidandir.
Soxta shiorlardan qurilgan devorlarni eng ko‘p qulatgan holat shundan iborat ediki, Abu Ubayda 2007-yildan buyon AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi faqat sionistik rejim zulmi va jinoyatlari sabab yillar davomida asoratda yashagan bir xalqning dardi va iztiroblari haqida gapirgani uchungina. Bu esa so‘z erkinligi degan qichqiriqlari butun dunyoni kar qilgan o‘sha davlatlarning ikkiyuzlamachiligini yanada ochib berdi.
Islom ummati uning bashoratli ovozini yana eshitishni intizorlik bilan kutayotgan bir paytda, sionistik rejim havo hujumi orqali Falastin jihodining eng muhim media arboblaridan birini nishonga oldi. Bu zarba Qassomning media tuzilmasiga og‘ir bo‘lsa-da, mujohidlarning iroda va yo‘lini to‘xtata olmadi.
Ha! Abu Ubayda 2025-yil 30-avgust kuni Ramolda havo hujumi natijasida shahodatga erishdi. Garchi o‘sha paytda Qassom bayroqlari sukut saqlagan bo‘lsa-da, shu yilning 29-dekabrida uning shahodatini haqiqiy ismi Huzayfa Samir Abdulloh al-Kahlutiy va laqabi Abu Ibrohim bilan rasman tasdiqladilar.
Garchi sionistik rejim ko‘plab urinishlardan so‘ng Abu Ubaydaning ovozini o‘chira olgan bo‘lsa-da, bu ummatda Abu Ubaydaning o‘zi aytganidek bir qo‘mondonning o‘rnini ko‘plab qo‘mondonlar, bir askarning o‘rnini o‘n askar, bir shahidning o‘rnini ming mujohid egallaydi.
Bu zamin mujohidlarni yetishtiradi va samara beradi xuddi zaytun daraxti kabi.
