Tarix sahifalaridan; Usmonli xalifaligi!  Ellik ikkinchi qism

Haris Obaida

Alloh taolo har narsani biluvchi va ogoh zotdir; yerda va osmonlarda hech narsa U zotdan bexabar emas. U insonlarning yashirin va oshkora amallaridan xabardordir. Alloh taolo shunday deydi:

Va albatta, Alloh har bir narsani bilim bilan o‘rab olgandir. (Taloq: 12)

Alloh taolo insonlarning amallarini farishtalar orqali yozdiradi. Ularning kichik-katta amallari yozib boriladi va kerakli vaqtda ayon bo‘ladi. Alloh taolo bandalarini turli ishlar orqali sinaydi. Bu sinovlar inson xohlamaydigan narsalar orqali bo‘ladi. Aynan shu sinovlar odamlarning haqiqatini ochib beradi – kim Allohning farmonlari va hukmiga rozi bo‘ladi, o‘zini topshiradi, va kim sabrsizlik qiladi va saodatdan mahrum bo‘ladi.

Har qanday holatda Allohga itoat qiladiganlar, Uning farmonlarini qabul qiladiganlar va faqat Uning panohiga qochadiganlarga Alloh o‘zining nusrat va muvaffaqiyatini ato etadi.

Sulton Muhammad Fotihning muhim fazilatlari:

Ushbu tadqiqot orqali Sulton Muhammad Fotihning rahbarlik va shaxsiyatidagi ba’zi muhim fazilatlar bizga ayon bo‘ladi. Eng muhimlari quyidagilardir:

  1. Ehtiyotkorlik:

Bu fazilat Sulton Muhammad Fotihning shaxsiyatida shunda yaqqol ko‘rinadiki, u Byalta O‘g‘loni  Usmoniylar dengiz floti qo‘mondoni — Konstantinopol qamalida xatoga yo‘l qo‘ydi yoki vazifasida sustkashlik qildi deb o‘yladi. U unga shunday xabar yubordi:

Yo bu kemalarni egallagin yoki yo‘q qilgin! Agar buni bajara olmasang, tirik qaytma!

Byalta O‘g‘lo vazifasini bajara olmagach, Sulton uni lavozimidan chetlatdi va uning o‘rniga Hamza Posho’ni flot qo‘mondoni qilib tayinladi.

  1. Jasorat va mardlik:

Sulton Muhammad Fotih har doim janglarda shaxsan ishtirok etardi va o‘zi qilich bilan jang qilardi. Bolqon janglaridan birida Bog‘don hukmdori «Stefan» Usmoniy lashkari bilan to‘qnash keldi. Stefan askarlari bilan daraxtlar va butalar orasida yashiringandi. Islom lashkari bu yerga yetib kelganida, ular to‘satdan to‘plar bilan hujum qildi va musulmonlarga katta zarar yetkazdi. Yaqin edi, mag‘lubiyat ro‘y bersin, lekin Sulton jasoratini namoyon etdi.

U tezda xavfli hududdan chiqib, lashkar qo‘mondoni Muhammad Trabzoniyga dedi:

Ey g‘oziylar va mujahidlar! Allohning askarlari bo‘ling va islomiy g‘ayratingizni ko‘rsating!

Sulton qalqonini ko‘tardi, qilichini sug‘urdi, otidan tushdi va dushmanga hujum qildi. Askarlar ham uni ergashib, jang qilishdi va dushmanni yengishdi. Bu jang choshgohdan kechgacha davom etdi. Usmoniylar Bog‘don lashkarini tor-mor keltirdi. Stefan qochishga muvaffaq bo‘ldi, musulmonlar esa ko‘p g‘animatga ega bo‘lishdi.

  1. Ilm va zukkolik:

Sulton Muhammad Fotihning ilmiy va aql-idrokdagi yuksak darajasi Konstantinopol qamali vaqtida ishlab chiqilgan rejasida yaqqol ko‘rinadi. U kemalarni Beshiktoshdan Halichgacha quruqlik orqali olib o‘tishga qaror qildi. Bu yo‘l tog‘lar va chuqur vodiylardan iborat edi. Lekin Sulton qat’iy qaror qildi va ishni boshladi.

Yo‘l bo‘ylab yog‘och roliklar yotqizildi, ustiga yog‘ va moy quyildi, shunda kemalar sirpanib oson harakatlana oldi. Juda qisqa vaqt ichida bu ulkan ish amalga oshdi. Bu voqea uning chuqur tafakkuri, tez aqli va kuchli tadbirini ko‘rsatadi.

  1. Iroda va yuksak maqsad:

Sulton Muhammad Fotih Konstantinopol imperatori Konstantinga maktub yozdi va undan shaharni qon to‘kilmasdan topshirishni so‘radi. Unga yozdi:

Agar shaharni bizga topshirsang, hech kim hech qanday muammo ko‘rmaydi. Kim qolishni istasa qoladi, kim ketishni istasa – bemalol ketadi.

Ammo Konstantin shaharni topshirishdan bosh tortdi. Sulton qat’iyat bilan dedi:

Yaxshi! Yaqin orada yo mening taxtim Konstantinopolda bo‘ladi, yo qabrim!

Yog‘ochdan yasalgan harakatlanuvchi qal’a Vizantiyaliklar tomonidan yoqib yuborilganda ham, Sulton ruhan tushkunlikka tushmadi va dedi:

Ertaga yana shunday to‘rtta qal’a quramiz!

Bu gap uning kuchli iroda, yuksak maqsad va charchoq bilmas qat’iyatini ko‘rsatadi.

Exit mobile version