Usoma Haqqoniy
Garchi bugun ISHID xavorijlar o‘zlarini islomiy qadriyatlarni himoya qiluvchilar sifatida tanishtirayotgan bo‘lsalar-da, aslida ular mustamlakachi davlatlar razvedkalari soyasi ostida faoliyat yuritmoqdalar. Shayx Idris sohibning terror qilinishi yana bir bor ISHIDning jirkanch va nafratli basharasini oshkor qildi hamda bu guruh to‘liq tashqi razvedka tuzog‘iga tushib qolganini ko‘rsatdi. Bu safar ham Pokiston rejimi o‘zining qonli va sharmandali tarixi asosida ISHID xavorijlardan vosita sifatida foydalanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sodiq izdoshlaridan va ixlosli ulamolaridan birini islom ummati orasidan olib tashladi.
Pokiston harbiy rejimi paydo bo‘lgan ilk kunlaridan to bugungacha oshkora va yashirin tarzda ummat ulamolarining qoniga qo‘l botirib kelmoqda. Shayx Idris sohib islom ummati orasida taniqli, viqorli va ishonchli olim bo‘lib, ilm, da’vat va isloh sohasida alohida o‘ringa ega edi. Islom dushmanlari doimo haq yo‘lining chiroqlari bo‘lgan ulamolar va diniy murabbiylarni nishonga olishga uringanlar, toki musulmonlarni dinlari, tarixlari va islomiy huviyatlaridan uzoqlashtirsinlar hamda mustamlakachilik ta’sirini davom ettirsinlar. Shu maqsadda Pokiston rejimi yana bir bor ISHID xavorijlardan qonli qurol sifatida foydalandi.
Garchi Shayx Idris sohibning terror qilinishi mas’uliyatini ISHID xavorijlar o‘z zimmalariga olgan bo‘lsalar-da, bu voqea ortida Pokiston razvedkasining oshkora va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki yaqqol ko‘rinib turibdi. Pokiston harbiy rejimi boshidanoq Britaniya mustamlakachiligining mintaqadagi maqsadlarini saqlab qolish va amalga oshirish uchun tashkil qilingan edi. Britaniya sherlar yurti bo‘lgan Afg‘onistonda mag‘lubiyat va muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin, mustamlakachilik orzularini saqlab qolish uchun Pokistonni islomiy davlat nomi bilan Hindistondan ajratib chiqardi. Ammo bu tashqi nom ortida chuqur siyosiy va mustamlakachilik maqsadlari yashiringan edi. Shu sababli Pokiston hech qachon Afg‘onistonda islomiy tuzum hukmron bo‘lishini hamda g‘arb qonunlari va mustamlakachilik siyosatlari savol ostiga olinishini istamaydi.
Islomiy tuzumni nishonga olish uchun turli bahonalar o‘ylab topdilar va Shayx Idris sohibning terror qilinishini Dyurand chizig‘i hududlariga nisbat berdilar, toki dunyoga Afg‘oniston go‘yoki terrorizm markazi ekanini ko‘rsatishga urinsinlar. Shuningdek, ular ummat ulamolarining g‘azabini ulamolar terroriga qarshi emas, balki Afg‘onistonga qarshi qo‘zg‘atishga harakat qildilar va ularni sukut saqlashga majbur etmoqchi bo‘ldilar, toki islomiy tuzumni zaiflashtirish va qulatish uchun zamin yaratilsa. Ammo bu orzularini o‘zlari bilan qabrga olib кетadilar. Chunki bugungi islom ummati har qachongidan ko‘ra uyg‘oqroq va ongliroq bo‘lib, islomiy tuzum yonida o‘z qonlari bilan turibdi.
So‘nggi xabar ummat ulamolariga shuki, bu Pokiston harbiy rejimi va ISHID xavorijlar tomonidan Islomga zarar yetkazilishining birinchi holati emas. Bundan oldin ham ko‘plab ulamolar yuksak shahidlik maqomiga yetkazilgan. Shayx Rahimulloh Haqqoniy va boshqa bir qancha ulamolar Pokiston yo‘llanmasi bilan hamda aynan shu fitnachi va razvedka kuchlariga qaram guruh qo‘li bilan shahid qilinganlar. Na Pokiston harbiy rejimi islomiydir va na ISHID xavorijlari islom ummatiga vakillik qila oladilar. Balki har ikkalasi ham mintaqada Islom dushmanlarining maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanilayotgan vositalardir.
