Obid Mujohid
Men hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan vaqtlarimda Iroq va Shomda ISHID nomli guruh juda tez sur’at bilan oldinga siljib borayotgan edi. U o‘zini butun islom ummati darajasida da’vogar deb ko‘rsatgani uchun ko‘plab tarafdorlar topdi. Ammo hali bir hafta ham to‘liq o‘tmasdan uning CIAga bog‘liq shaytoniy yuzi fosh bo‘ldi va ISHIDning o‘sha tezligi hamda kengayishi susayib ketdi. Oradan bir necha oy o‘tmay Afg‘onistonning sharqiy viloyatlarida vahshiyliklarini boshladi va shunday zulmlar qildiki, na umrimizda ko‘rgan edik va na eshitgan edik.
Ammo doimo miyamda bir savol bor edi: bizning qo‘shni davlatlarimiz Afg‘onistonga nisbatan bizdan ko‘ra musulmonroq emas-ku, unda nega o‘zini eng yaxshi musulmon va xalifalik da’vogari deb bilgan ISHID u yerda ham o‘zining asl basharasini ko‘rsatmaydi?!
Ammo o‘sha paytda Islomiy Amirlik mujohidlari ularni shunday tor-mor qildiki, bir necha yil ichida hatto ularning homiylari va xo‘jayinlari ham yig‘ishtirib ketishga majbur bo‘ldilar. Islomiy Amirlik tizimi Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, ISHIDning zulmlari yana tarqoq shaklda paydo bo‘ldi, ammo juda tez ildizidayoq yo‘q qilindi. Pokiston harbiy rejimi ISHIDdan foydalana olmagach, afg‘on muhojirlarini chiqarib yuborish va yo‘llarni yopishga o‘tdi. Bu yo‘l bilan ham muvaffaqiyat qozona olmagach, Afg‘oniston hukumatini ISHIDni tarbiyalashda aybladi. Bu ham natija bermagach esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kobulda mazlum giyohvandlarni shahid qildi hamda faraziy chiziq atrofida ularga zulm va sitamlar o‘tkazdi.
Bu bilan ham kifoyalanmay, o‘z mamlakati ichida ham ISHID nomidan yoki ISHID niqobi ostida oddiy musulmonlarni ulamolarni madrasalarni masjidlarni va kollej talabalarini terror qilib shahid qildi. Bunga yaqqol misol sifatida bir necha kun oldin Shayx sohib Idrisning shahid qilinishi bo‘lib, ISHID bu hujum mas’uliyatini shunday iboralar bilan o‘z zimmasiga oldiki, go‘yoki bu ishni Afg‘onistonga bog‘lashga urindi.
Xulosa qilib aytganda, Afg‘oniston Eron va Rossiyadagi hujumlar Xitoy va Tojikiston chegaralaridagi terroristik hujumlar so‘ngra Afg‘onistonda ISHID bostirilganidan keyin Pokiston idorasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi ba’zan esa Pokistonda ISHID markazlari a’zolari va ularning hamkorlarining nishonga olinishi hamda yo‘q qilinishi bularning barchasi Pokiston harbiy rejimi va ISI nazorati ostidagi hududlarda sodir bo‘layotgani shuni ko‘rsatadiki, ISHID Pokiston idorasi tomonidan tarbiyalanmoqda, moliyalashtirilmoqda va ta’minlanmoqda. Ular uchun markazlar tayyorlanadi, maqsadlar belgilanadi va shu maqsadlarga erishish uchun har turli qo‘llabquvvatlashlar beriladi. Bunga yaqqol misol sifatida Orakzay hududida ISHIDning o‘rta darajadagi mas’ullaridan biri bo‘lgan Muhammad Iqbolning o‘ldirilishini keltirish mumkin.
