Trampning G‘azo bo‘yicha soxta tinchlik rejasi; haqiqiy saf­larni ochib berdi!

Abdon Sofiy

Jahon siyosatida ayrim qarorlar faqat siyosiy bo‘lib qolmaydi, balki bir davlatning diniy, fikriy, axloqiy va tarixiy pozitsiyasini ham yalang‘ochlab qo‘yadi. Pokistonning Trampning G‘azo uchun tinchlik hay’ati ga a’zo bo‘lishi ana shunday qarorlardan biridir. Bu oddiy diplomatik qadam emas, balki Pokiston armiyasi o‘zini ummat manfaatlari, milliy ong va tarixiy mavqeiga qarshi holda AQSh va Isroilning strategik manfaatlari safiga qo‘ygan tanlovdir.

Pokistonda tashqi siyosat bir necha o‘n yillardan buyon xalq institutlari nazoratidan chiqib ketgan va amalda armiyaning strategik hisob-kitoblariga bo‘ysundirilgan. Falastin masalasida ham Pokistonning rasmiy pozitsiyasi doimo xalq hissiyotlarining ifodasi bo‘lmagan, balki Vashington istagiga mos ravishda ushbu mamlakat armiyasi tomonidan shakllantirilgan. }Trampning G‘azo uchun tinchlik hay’atiga{ a’zolik ana shu uzluksiz siyosatning so‘nggi bo‘g‘ini bo‘lib, unda armiya yana bir bor islom olamining eng nozik masalalarini o‘zining saqlanib qolishi va tashqi homiysining roziligi yo‘lida qurbon qilishini isbotladi.

Tramp boshchiligidagi bu }tinchlik{ deb atalgan hay’at aslida tinchlik uchun emas, balki Falastin qarshiligini tugatish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu hay’atning asosiy maqsadi HAMASni qurolsizlantirish, falastinliklarning siyosiy iroda­sini sindirish va Isroilning xavfsizlik manfaatlarini qonuniylashtirishdir. Bunday tuzilma doirasida ishtirok etish amalda Isroil ishg‘olini qo‘llab-quvvatlash va Falastin qarshiligiga qarshi pozitsiya egallash demakdir.

Bu yerda eng xavfli jihat  Pokiston armiyasining rolidir. O‘zini islomiy yadro qudrati va “Haramayn sharifayn himoyachisi” deb ataydigan armiya amalda musulmonlar qirg‘inining eng yirik homiylari bo‘lgan kuchlarning vositachisiga aylangan. Bu qaror armiyaning xalq irodasidan uzilganini va Islomni shunchaki shior darajasigacha tushirib yuborganini ko‘rsatadi. U ummatga sadoqat yoki uning himoyasi yo‘lida deyarli hech narsa qilmagan.

Agar musulmon yoki islomiy davlatning vazifasi Islom ahkomlarini tatbiq etish, mazlumlarni qo‘llab-quvvatlash, bosqinchilikka qarshi turish va zulmga qarshi tik turish bo‘lsa, unda Trampning G‘azo uchun tinchlik hay’ati ga a’zo bo‘lish har bir asosiy islomiy tamoyilga ochiqdan-ochiq zid keladi. Pokiston armiyasi bu yerda Islomni himoya qilmayapti, balki Islom va ummatning ijtimoiy obro‘sizlantirilishiga xizmat qilmoqda. Bu esa Pokistonni islom ummati nazarida qolgan so‘nggi ishonch pog‘onasidan ham pastga tushirdi.

Bu qaror Pokiston armiyasini mustaqil davlat kuchi sifatida emas, balki itoatkor bir qul sifatida dunyoga tanitdi. Chunki bu qaror G‘azo­dagi shahid bolalar, ayollar va himoyasiz xalqning yaralariga tuz sepish bilan barobar. Agar kimdir armiya bu hay’atda tinchlik uchun ishtirok etmoqda desa, u Trampning so‘nggi kunlardagi bayonotlarini tinglashi kerak  aynan o‘sha bayonotlar Pokiston yana bir bor tinchlik elchisi yoki vositachi emas, balki zulem va bosqinchi loyihaning bir qismi ekanini isbotlaydi.

Ushbu qarordan so‘ng xalq orasida shunday tuyg‘u yanada chuqurlashdiki, armiya millat vakili emas, balki millatga majburan yuklangan kuchdir. Armiya AQSh va Isroil uchun qaror qabul qiladi-yu, o‘z xalqining e’tiqodi, g‘ururi va hissiyotlariga ahamiyat bermaydi degan tushuncha Pokiston milliy birligi uchun eng zaharli omillardan biridir.

Tarix bu qarorni “}inchlikka urinish{ deb emas, balki Islomiy shiorlar ortida Vashington va Tel-Avivga amaliy sadoqat ko‘rsatgan bir armiyaning siyosiy xorligi hujjati sifatida qayd etadi. Bugun armiya kuch bilan bu qarorni xalqqa majburlashi mumkin, ammo ertaga aynan shu sahifa armiyadan xalq hisob so‘rashining asosi bo‘ladi.

Trampning G‘azo uchun tinchlik hay’ati ni qabul qilish Pokiston uchun oddiy siyosiy xato emas, balki armiyaning fikriy, axloqiy va islomiy tanazzulining rasmiy e’lonidir. Bu qaror Pokiston armiyasi ummatning bir qismi yoki uning himoyachisi emas, balki unga qarshi qaratilgan global kuch tizimining bir bo‘lagi ekanini yanada yaqqol ko‘rsatdi. Bu qarorning armiya uchun yagona }ijobiy{ tomoni shuki, musulmonlar qalbidagi shubha parda­si butunlay ko‘tarildi va kim qaysi safda turgani aniq-ravshan bo‘lib qoldi.

Exit mobile version