Xoinlar; G‘azoni G‘arnata taqdiriga giriftor qilmoqdalar

Ajmal Jalol

G‘arnataning so‘nggi qamali taxminan ikki yarim yil (1489–1492) davom etdi. Bu Andalus tarixidagi eng fojiali sahifalardan biri bo‘lib, unda ulkan insoniy falokat Islom olamining uyatli befarqligi bilan qorishib ketgan edi.

1491-yilda ispan qo‘shinlari tomonidan G‘arnata qamali yanada kuchaydi. Barcha yo‘llar yopildi va musulmonlar faqat saroylar va uylar omborlarida qolgan ozgina don zaxiralariga tayanishga majbur bo‘ldilar. Ana shunday og‘ir sharoitda G‘arnataning so‘nggi podshohi Sulton Abu Abdulloh as-Sag‘ir shaharni himoya qilish endi imkonsiz ekanini anglab yetdi va Shimoliy Afrikadagi musulmon hukmdor birodarlaridan zudlik bilan yordam so‘radi: Marokash sultonidan, Tlemsandagi Ziyoni sultonidan, Tunisdagi Hafsiy sultonidan hamda Misrdagi Mamluk sultoni Nosir Muhammad dan.

Ammo tarix ulardan hech qanday yordam yetib kelganini qayd etmaydi. Aksincha, urush davomida Shimoliy Afrikadan Qashtaliya (Ispaniya) tomon bug‘doy yuborilib, ular bilan yaxshi savdo aloqalari olib borilgan. Shu paytda G‘arnata musulmonlarining ahvoli kundan kunga yomonlashib bordi. Qamalning so‘nggi bosqichida dahshatli ocharchilik yuz berdi. Ispan tarixchisi Hernan Peres del Bilbao shunday yozadi:

O‘limning hidi shahar ko‘chalaridan kelib turardi; odamlar itlar, mushuklar, o‘t-o‘lanlar va hatto qaynatilgan poyabzal terisini yeyishga majbur bo‘ldilar.

Musulmon tarixchi Lison ad-Din Ibn al-Xatib as-Sag‘ir (bu voqealarning bir qismini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan) o‘z xotiralarida shunday yozadi:

Bolalar ochlikdan onalarining ko‘ksida jon berar edilar; odamlar tirik qolganlarning irodasi sinib ketmasin deb, o‘liklarini sukut ichida dafn qilardilar.

Garchi qirollik saroyida ozgina oziq-ovqat qolgan bo‘lsa-da, oddiy xalq ochlik, vabo va sovuq bilan yuzma-yuz edi. Chunki qamal qish faslida yuz berdi va G‘arnata tog‘lari qalin qor bilan qoplangan edi. Vabo, qurg‘oqchilik va qimmatlik keng tarqaldi, hatto non oltindan ham qimmatlashib ketdi.

1491-yil dekabr oyida Abu Abdulloh as-Sag‘ir shahar endi qarshilik ko‘rsatishga qodir emasligini, ayniqsa musulmonlardan hech qanday yordam kelmaganini anglab yetdi. Shu bois u Katolik qirollari huzuriga vakil yuborib, taslim bo‘lishni taklif qildi, ammo bir shart bilan: musulmonlarning dini va sha’ni saqlab qolinsin.

G‘arnata shartnomasi 1491-yil 25-noyabrda imzolandi. Shaharga ikki oy muhlat berildi va nisbatan maqbul deb hisoblangan shartlar ko‘rib chiqildi. 1492-yil 2-yanvarda G‘arnata rasman taslim bo‘ldi. Shartnoma 80 moddadan iborat bo‘lib, ularning har biri musulmonlarning muayyan huquqlarini kafolatlar edi.

Sulton Abu Abdulloh as-Sag‘ir katolik dindorligi bilan mashhur bo‘lgan qirolicha Izabelladan Injil ustiga qasam ichishini talab qildi. U vazir Abu al-Qosim G‘arnatiy va qozilar huzurida shartnomaga sodiq qolishga qat’iy qasam ichdi. Izabella qasam ichdi, eri Ferdinand ham shunday qildi. Shuningdek, kardinallar, ruhoniylar, rohiblar, yuqori martabali zobitlar va davlat arboblari ham qasam ichdilar.

Abu Abdulloh as-Sag‘ir buning o‘zi bilan kifoyalanmadi. U shartnoma Rimga yuborilib, katoliklarning oliy diniy rahbari — Papa tomonidan ham imzolanishini talab qildi. Bu ham amalga oshdi. Papa, Izabella va uning eri o‘sha 80 moddaning barchasini tasdiqladilar. Bu moddalar musulmonlarning barcha huquqlarini kafolatlar edi: ayollarning kiyimi, marhumlarni dafn etish, ibodatlar, zakot, ro‘za, masjidlar, mol-mulk, savdo hamda ayollar va bolalarning sha’ni va xavfsizligi.

Ammo bilasizmi, Izabella bundan keyin nima qildi?

U G‘arnatada mustahkam joylashib olgach, musulmonlar qurollarini topshirganiga, armiya tarqatib yuborilganiga va Abu Abdulloh as-Sag‘ir Marokashga surgun qilinganiga ishonch hosil qilgach, o‘zining soxta taqvosi nomidan Papaga maktub yozib, qasamdan ozod etilishini so‘radi. Papa ham o‘zicha taqvodorlik ko‘rsatib, rasmiy maktub bilan (u bugungacha saqlanib qolgan) Izabellani qasamdan ozod qilganini, gunohini kechirganini va agar musulmonlarga xiyonat qilsa, Qiyomat kuni buning uchun javobgar bo‘lmasligini e’lon qildi.

Shu tariqa, Papa ruxsati bilan shartnoma buzildi va qirg‘in boshlandi. Inkivizitsiya sudlari tashkil etildi, qonlar to‘kildi, odamlar tiriklayin yoqildi. Musulmonlar zo‘rlik bilan nasroniylashtirildi. Hatto kimnidir musulmonlikda gumon qilish yoki biror islomiy amalni bajarganlikda ayblashning o‘zi uni olovli pechga tashlash uchun yetarli edi.

Ey musulmonlar! Allohga qasamki, men hozirdanoq xiyonat hidini sezmoqdaman. G‘arnata xalqining yuzlarini G‘azo xalqining yuzlarida ko‘ryapman. Oqartirilgan va qoraytirilgan saroylardan chiqayotgan yangi Ferdinandlar va yangi Izabellalarni ko‘ryapman  Islom olamidagi ayrim xoin qullar bilan hamkorlikda.

Ey musulmonlar!

Tarix o‘zgardimi?

Dushmanlarimiz hech qachon ahdlarimizga hurmat bilan qaraganmidi?

Ular bilan nechog‘li ko‘p tinchlik bitimlari imzolandi, ammo natijasi faqat aldov va zarar bo‘ldi. Siz Trampdan, Netanyaxudan, Makrondan, Melonidan va Islom olamidagi xoin hukmdorlardan adolat kutyapsizmi?

Rabbingiz esa sizni ogohlantiradi:

كَيْفَ وَإِن يَظْهَرُوا عَلَيْكُمْ لَا يَرْقُبُوا فِيكُمْ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً ۚ يُرْضُونَكُم بِأَفْوَاهِهِمْ وَتَأْبَىٰ قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَاسِقُونَ

ya’ni:

Qanday qilib (ularning ahdiga ishonasiz)? Agar ustingizdan g‘olib kelsalar, sizga nisbatan na qarindoshlikni va na ahdni hisobga olurlar. Og‘izlari bilan sizni rozi qiladilar, ammo qalblari buni rad etadi. Ularning ko‘pchiligi fosiqlardir.

Bas, ey qadimgi Andalus xalqi!

Sharqdagi yangi Andalus uchun kim bor?

Exit mobile version