Junayd Zohid

ISHID  bu insoniyat va dinning aksi bo‘lgan fikrlar tomonidan rejalashtirilgan bir hodisadir. Bu harakat o‘zining yovuz maqsadlariga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydi.

Bu guruh o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida har narsani oyoq osti qiladi  qandayki ularning juda qisqa tarixida bu holatni ko‘rdik  va ular uchun hech narsaning qadri yo‘q ularning razvedka (istixborot) maqsadlariga yetishish yo‘lida hech nima to‘siq bo‘la olmaydi.

Diniy muqaddasliklarga, xususan dindor insonlarning qadriyatlariga hujum qilish fikri bu guruhning juda qisqa vaqt ichida butun dunyoda tanilishi omillaridan biri bo‘ldi.

Ularning dindorlar bilan munosabatlari boshqa fikr va e’tiqod egalari bilan solishtirganda ancha qattiqqo‘l edi go‘yoki ular dinni yo‘q qilish xudoga va dinga ishonchsizlik inini qurish uchun kelishgandek edi.

ISHID ochiq va yashirin ravishda ko‘plab hujumlarni o‘zining qisqa faoliyati davomida Islomga qarshi amalga oshirdi. Bu harakatlari bilan ular muqaddas Islom dinining pokligiga dog‘ tushirishni va bu din yo‘lida jonini fido qilayotganlarni undan uzoqlashtirishni maqsad qilishgan edi.

ISHID o‘zining terror va vahshiylik siyosati orqali jamiyatda sekulyar (dinsiz) e’tiqodlarga yo‘l ochib berdi.

Ularning qora va dahshatli hukmronligi ostidagi hududlarda odamlar jamiyat rahbarligidan chetlashtirilgan edi. Maxsus vakolatlarga ega bo‘lmagan kichik bir guruh xalq yelkasiga minib olgan holda, hech qanday qoida-qonunsiz o‘z hukmini o‘rnatgan edi.

Ularning tafakkurida, go‘yoki butun insoniyat ularning qorong‘u e’tiqodlariga ishonish e’tiroz qilmaslik va hech qanday norozilik bildirmaslik uchun qul qilib yaratilgan edi.

Ba’zida bu xudo bo‘lish da’vosi ularning tafakkuriga shunchalik chuqur singib ketganki ular yer yuzidagi barcha odamlarni o‘zlariga muvofiq qarashda bo‘lmaganlarni Islom doirasidan chiqarib faqat o‘zlarini yagona musulmon deb bilishgan.

ISHID tomonidan Islom va uning pok e’tiqodlariga qilingan bu hujumlar ayrim no-musulmonlar orasida ham bu sof din haqidagi qarashlarni o‘zgartirib yubordi.

Ammo vaqt o‘tishi bilan, haqiqiy olimlar, tafakkur egalari va islomiy kurashchilar bunday munosabatlarni butun dunyoda yo‘qqa chiqardilar.

Ular o‘zlarining kuchli tuzilmalariga, harbiy kuchlariga suyanib Fir’avn misolidek hukmronlik da’vosi qilayotgan bir paytda islomiy mintaqalarda jonini fido qilgan kurashchilar va fikr sohiblari bu guruh tomonidan yoyilgan g‘oyalarni yo‘q qilib ildizidan yo‘qotib yuborishdi.

Fikr maydonidagi kurashchilar va mujohidlar Allohning yordami bilan ISHID tomonidan Islomga va uning qimmatli e’tiqodlariga qarshi yo‘naltirilgan barcha g‘oyalarni bartaraf etdilar va haqiqat butun dunyoga ayon bo‘ldi.

Exit mobile version