7 oktyabr; Afg’onistondagi qashshoqlikning boshlanishi

Doktor Asad
23 yil oldin, 2001 yilning 7 oktyabrida Amerika, NATO va ularning ittifoqchilari Afg‘onistonga hujum qilishdi. Amerika o‘sha paytda terrorchilik markazlari borligi va ular xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgani bahonasi bilan Afg‘onistonga hujum qildi.

Natijada, Afg‘onistonda bir islomiy tuzum yo‘q qilindi; barcha aerodromlar, jamoat inshootlari, binolar, milliy boyliklar va boshqa har bir narsa talon-taroj qilindi. Amerika Afg‘onistonni egallab olishi bilan birga insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etdi.

O‘n minglab vatandoshlarimiz shahid qilindi, Guantanamo, Bagram va Pul-e-Charkhiy qamoqxonalari begunoh odamlar bilan to‘ldirildi; har bir afg‘on bosqinga qarshi ovozini ko‘targan bo‘lsa, u ya shahid qilindi yoki qora qamoqxona panjaralari ortiga tashlandi.

Bu Afg‘oniston tarixidagi eng qora davrlardan biri edi. O‘sha vaqtda bizning mamlakatimizda na mustaqillik bor edi, na sharaf, na yer ustida va na osmonda hukmronlik bor edi. Amerika, NATO va ularning ichki ittifoqchilari ushbu qora davrda Afg‘onistonning zamonaviy tarixida kamdan-kam uchraydigan jinoyatlar sodir etdilar.

Amerika tunda afg‘onlarning uylariga bostirib kirar edi; afg‘onlarni juda shafqatsizlarcha shahid, yarador va asir qilardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 2009 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda AQSh va uning ittifoqchilarining hujumlarida 100 mingdan ortiq begunoh afg‘on shahid bo‘lgan, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda insoniyatga qarshi yuzlab jinoyatlar sodir etgan.

Ammo bu mamlakatning jasur, haqiqiy va erkinliksevar farzandlari Amerikaga qarshi urush va jihod boshladilar. Mujohidlar har bir viloyat va tumanlarda Amerikaga, NATOga va ularning ittifoqchilariga qarshi hujumlar boshladilar va ularga katta moliyaviy va insoniy talofatlar yetkazdilar.

Mujohidlar juda jasorat bilan ularga qarshi jang qildilar, ularni hamma joyda nishonga oldilar va Afg‘onistonni bosqinchilar uchun jahannamga aylantirdilar.

Oxir-oqibat, AQSh 2020 yil 29 fevralda, hijriy-shamsiy 1398 yil 10 hut sanasiga to‘g‘ri kelgan holda, Qatar poytaxti Doxada, o‘z mag‘lubiyatini Islomiy amirlik bilan shartnoma tuzish orqali tan oldi.

Ushbu shartnomaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va NATO o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan to‘liq chiqardilar, AQSh tomonidan tashkil etilgan Kobul ma’muriyati qulab tushdi va hijriy-shamsiy 1400 yil 24 asad sanasida Islomiy amirlik butun mamlakatni o‘z nazoratiga oldi.

20 yillik jihod va Islomiy amirlik mujohidlari hamda mard millatning kurashidan so‘ng, Afg‘oniston yana o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi, islomiy tuzum o‘rnatildi va butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik ta’minlandi.

Exit mobile version