Ehson Arab
Ilmiy va fikriy kadrlarning majburiy hijrati:
ISHID zohiran o‘zini Islomiy xalifalik da’vogari deb atardi ammo uning amaliyoti ko‘rsatdiki aslida eng muhim xizmatni Islom dushmanlariga qildi. ISHIDning eng asosiy va yashirin xizmatlaridan biri musulmon mamlakatlarda ilmiy va madaniy muhitni vayron qilish va natijada ilmiy hamda fikriy kadrlarni majburiy hijratga undash edi.
Bu jarayon natijasida islomiy jamiyatlar o‘zlarining porloq iste’dodlaridan mahrum bo‘ldilar va bu iste’dodlar G‘arb xizmatiga kirdilar; o‘sha G‘arbki doimo dunyoning turli burchaklaridan mutaxassis kuchlar va ilmiy elitalarni jalb qilishga intiladi.
ISHIDning birinchi ta’siri ilmiy kadrlar universitet ustozlari shifokorlar va iqtidorli talabalar uchun qo‘rquvli va xavfsizsiz muhit yaratish edi. Iroq Suriya va ISHID faoliyat yuritgan boshqa hududlarda vahshiy hujumlar ilmiy markazlar, universitetlar va hatto shifoxonalarga uyushtirilib to‘g‘ridan to‘g‘ri yetuk kadrlarning hayotini nishonga oldi.
Ko‘plab universitet ustozlari va mutaxassis shifokorlar o‘zlari va oilalarining hayotini saqlab qolish uchun vatanlarini tark etishga majbur bo‘ldilar. Kelajakda islomiy jamiyatlarning poydevorini qura oladigan iqtidorli talabalar esa Yevropa va Amerikaga yo‘l olishdi. Shu tariqa ISHID bilvosita G‘arb manfaati uchun Islom yurtlaridan miyalarni bo‘shatish loyihasini amalga oshirdi.
E’tirof etish kerakki ta’lim va tadqiqot markazlarini vayron qilish ham ISHIDning dushmanlarga qilgan xizmatlaridan biri edi. Universitetlardagi portlashlar kutubxonalarni yoqish laboratoriyalarni talon-taroj qilish bularning hammasi bu guruhning siyosatlaridan edi. Bu vayronagarchiliklarning oqibati universitetlarning yopilishi va ilmiy loyihalarning to‘xtashi bo‘ldi. Bunday sharoitda tadqiqotchilar va ziyolilarning vatanga xizmat qilishdan umid uzib xavfsiz mamlakatlarga hijrat qilishi tabiiy edi.
Bu aynan G‘arb xohlagan narsa edi: islomiy jamiyatlarning ilmiy poydevorini zaiflashtirish va o‘z universitetlari hamda ilmiy markazlarini mustahkamlash. G‘arb mamlakatlari yillar davomida xorijiy iste’dodlarni jalb etish uchun keng dasturlarni amalga oshirib kelmoqda; stipendiyalar, shifokorlar va muhandislar uchun jozibali ish takliflari shular jumlasidandir.
Ehtimol, vatanini tark etish niyati bo‘lmagan kadrlar ham ISHID tahdidi va ilmiy muhitning qulashidan so‘ng majburiy ravishda ko‘chib ketdilar. Aslida ISHID bir ko‘prik bo‘lib xizmat qildi u islom olamining iste’dodlarini G‘arbga yo‘naltirdi.
Bu hijratlar G‘arb uchun katta yutuqlar olib keldi: mutaxassis kadrlar tanqisligini qoplash, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish va olimlarni tarbiyalash xarajatlarini nol darajaga tushirish.
Ammo islomiy jamiyatlarda ilmiy va fikriy kadrlarning tanqisligi juda og‘ir oqibatlarga olib keldi: shifoxonalar mutaxassis shifokorlarsiz qoldi universitetlar tajribali ustozlardan bo‘shab qoldi yosh avlod esa o‘z ilmiy va fikriy namunalari yo‘qotdi. Ko‘plab mamlakatlarda ilmiy ortda qolish kuchaydi va G‘arbga qaramlik ortdi chunki ziyolilar va mutaxassislar vatanda emas balki Yevropa va Amerikadagi laboratoriyalar hamda shifoxonalarda ishlatildi.
Bu ilmiy va madaniy ortda qolish aynan Islom dushmanlari istagan narsa edi. ISHID o‘zining zohiriy islomiy qiyofasi va dabdabali shiorlari bilan aslida yangi mustamlakachilik maqsadlarini amalga oshirdi: islomiy jamiyatlarni ichidan zaiflashtirdi.
ISHID musulmon xalqlarga vayrona, terror va xavfsizliksiz muhitdan boshqa hech narsa bermadi; ammo G‘arb uchun bu oltin imkoniyat bo‘ldi Islom olamining elitalarini jalb etib ularni o‘z mustamlakachilik va harbiy maqsadlariga xizmat qildirish. Shu tariqa ISHID G‘arbning xayoliy dushmani emas, balki uning sivilizatsiyasini mustahkamlash va ummatni zaiflashtirishda mukammal xizmatkor bo‘lib chiqdi.