No Result
View All Result
Dushanba, Noyabr 23, 2026
Almirsad
  • Uy
  • Davriy sharh
    IShID: Islom xalifaligi asoschisi yoki uni yo’q qiluvchi!  Birinchi qism

    IShID: Islom xalifaligi asoschisi yoki uni yo’q qiluvchi! Birinchi qism

    Islom tuzumining xususiyatlari! To’rtinchi qism

    Islom tuzumining xususiyatlari! To’rtinchi qism

    IShIDning psixologik tashviqoti! Uchinchi qism

    IShIDning psixologik tashviqoti! Uchinchi qism

    Vahmiy Xilofat: Imperatorlik Orzusidan Qulashgacha! Birinchi qism

    Vahmiy Xilofat: Imperatorlik Orzusidan Qulashgacha! Birinchi qism

    Xavorij unvoni!

    Al-Mirsad

  • Xabarlar

    • Afg’oniston
    • mintaqa
    • Dunyo
  • Maqolalar

  • Olimlar

  • Ummatning shaxsiyatlari

  • Ishlab chiqarishlar
  • Infografika
  • Al Mursad
    • پښتو
    • دري
    • عربي
    • اردو
    • বাঙালি

Parvardigor ning takviniy nizomi va insonlar ning mas’uliyati!

Share on FacebookShare on Twitter

Ahmad Shafaq

Alloh taboraka va taolo borliq karvonini muayyan tartib, hikmat va o‘ziga xos maqsad asosida yaratgan. Bu dunyo ishlarini boshqarish uchun Olamlar Parvardigori tomonidan alohida takviniy nizom joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq turli maxluqotlardan har xil xizmat va vazifalar amalga oshiriladi. Bu vazifalar orasida eng yuksak va eng ulug‘i Alloh taoloning muqaddas diniga xizmat qilish, uni yoyish hamda yaxshilik xabarini insoniyatga yetkazishdir.

RelatedPosts

Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur! 1: qism

Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur! 1: qism

Amirulmo‘minin (h.a.) farmonlari ning ahamiyati va ularning jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri

Ammo inson hayotidagi eng katta fojia va fikriy xatolardan biri ham aynan shu nuqtada namoyon bo‘ladi. Ya’ni inson dunyoviy vositalar, tashqi martaba va dinga xizmat qilishning zohiriy ko‘rinishini oxirat saodati hamda najotining qat’iy kafolati deb bilganida. Bu nihoyatda nozik va xavfli bosqich bo‘lib, insonning zohiri bilan botini o‘rtasidagi ziddiyat uni o‘z-o‘zini aldash holatiga solib qo‘yadi. Buning oqibati esa oxiratda abadiy ziyon va baxtsizlik bo‘lishi mumkin.

Ushbu fikriy va islohiy haqiqatni anglash uchun koinot ishlarining asosiy nizomi hamda Alloh taoloning sunnatini bilish zarur. Islomning asosiy va qabul qilingan qoidalaridan biri shuki, Alloh taolo O‘z dinini saqlash va dunyoviy nizomning davom etishi uchun istalgan kishini vosita sifatida ishga solishi mumkin va O‘z hikmati bilan shunday ham qiladi. Rasululloh (s.a.v.)ning nihoyatda chuqur ma’no va ibratga ega bo‘lgan hadislari ushbu haqiqatning barcha jihatlarini ochib beradi.

«Sahihul Buxoriy» kitobining «Kitobul jihod vas-siyar» bo‘limida «Alloh dinni fojir kishi orqali ham qo‘llab-quvvatlaydi» nomli bob ostida 3062-raqamli hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar:

«إِنَّ اللَّهَ لَيُؤَيِّدُ هَذَا الدِّينَ بِالرَّجُلِ الْفَاجِرِ»

Tarjimasi:Albatta, Alloh taolo bu dinni fojir va gunohkor inson orqali ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu muborak hadisning chuqur ma’nolariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, quyidagi haqiqat quyoshdek ravshan bo‘ladi: Alloh taoloning biror insondan din yo‘lida xizmat olishi, uni O‘zining takviniy nizomining bir qismiga aylantirishi yoki yaxshilikni yoyishda vosita qilishi aslo o‘sha insonning Alloh taolo huzurida maqbul va jannatga loyiq ekaniga qat’iy kafolat bo‘la olmaydi.

Alloh taolo ba’zan O‘zining mukammal hikmati bilan shunday inson, hukmdor yoki bir guruh vositasida Islom va musulmonlarga foyda yetkazadi. Holbuki, o‘sha shaxs botinan imon halovatidan mahrum bo‘lishi yoki axloqiy va ruhiy buzuqlikka mubtalo bo‘lishi mumkin. Bunday inson dunyoviy manfaat, siyosiy maqsad yoki shaxsiy adovat sababli shunday qaror qabul qilishi yoxud biror harakatni amalga oshirishi mumkinki, bu bilvosita dinning kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Gunohkor insonning bu amali ortida Alloh taoloning roziligi va dinning yuksalishi uchun qilingan xolis niyat bo‘lmagani sababli, uning ishi koinotning umumiy nizomida foydali natija bersa-da, shaxsiy amallar daftarida yaxshilik sifatida qayd etilmaydi. Uning gunohi va ruhiy buzuqligi o‘ziga tegishli bo‘lib qoladi. Shu sababli u oxiratda jazoga mustahiq bo‘ladi.

Shu yerdan mavzuning ikkinchi va eng muhim jihati namoyon bo‘ladi. Bu jihat jamiyatda zohiran yaxshilar, taqvodorlar va dindorlar qatorida sanaladigan kishilar toifasiga taalluqlidir. Ular jamiyatda Qur’on hofizi, olim, muftiy, faqih, hojilar va mujohidlar kabi hurmatli unvonlar bilan tilga olinadi. Odamlar ular haqida yaxshi gumonda bo‘ladilar. Ular kechalari joynamoz ustida ibodat qilib, kunduzlari dinning yuksalishi uchun harakat qiladigan insonlar sifatida tasavvur etiladilar.

Bu kishilarning mas’uliyati oddiy insonlarnikiga qaraganda og‘irroq va murakkabroqdir. Alloh taolo O‘zining takviniy nizomiga muvofiq bunday insonlarni din yo‘lida zohiriy xizmat qilishga, safar mashaqqatlariga chidashga yoki jihod maydonlarida hozir bo‘lishga safarbar qilganida, ba’zan ularning tana a’zolari ham din yo‘lida jarohatlanadi yoki ular shahid bo‘ladilar. Shunday ekan, ular zohirlarini asrash bilan bir qatorda botinlarini ham muhofaza qilishga alohida e’tibor berishlari lozim.

Oddiy gunohkor va fosiq inson odatda o‘z holatini yaxshi biladi. U gunohlarning iflos chuquriga botib qolganini anglaydi. Shu sababli uning qalbida kamtarlik, pushaymonlik va tavba hissi paydo bo‘lishi uchun hali imkon mavjud. Ammo zohiran solih va din xizmatkori bo‘lgan inson uchun eng katta va halokatli xavf riyo, o‘ziga bino qo‘yish va shuhratparastlikdir. Jamiyat unga hurmat ko‘rsatib, fidoyiliklarini madh etib, taqvodor inson sifatida qaray boshlaganida, nafsul ammora bu zohiriy izzatni o‘zining haqi deb bilishga nihoyatda yashirin va sezdirmasdan kirishadi.

Inson bu aldovga uchrab, go‘yoki dinga katta xizmatlar qilgani uchun Alloh taoloning sevimli va maqbul bandasi ham ekaniga ishonib qoladi. Ana shu yerdan botiniy tanazzul boshlanadi. Niyat yo‘nalishi Alloh taoloning roziligidan odamlarning maqtoviga, shaxsiy ta’sir va nufuzga ega bo‘lishga hamda diniy rahbarlikni qo‘lga kiritishga qarab o‘zgaradi. Uning zohiriy libosi hamon taqvo libosi bo‘lib qoladi, ammo qalbi ixlos iforidan xoli bo‘lib, dunyoviy obro‘ va ulug‘lik markaziga aylanadi.

Rasululloh (s.a.v.) o‘z hadislarida ushbu xavfli botiniy nifoq va uning oxiratdagi oqibatlarini nihoyatda jiddiy va ta’sirchan tarzda bayon qilganlar. U zotning Sahihi Muslim da kelgan mashhur hadislari bu borada katta ibrat namunasi bo‘lib, Qiyomat kuni ilohiy mahkamada yuz beradigan manzarani tasvirlaydi.

Do‘zax hukmi chiqariladigan dastlabki uch kishi orasida mashhur o‘g‘ri, yo‘lto‘sar yoki kufr bayroqdori bo‘lmaydi. Aksincha, ular zohiran yaxshilar karvonining peshqadamlari sanalgan kishilar bo‘ladilar.

Ulardan biri jang maydonida jasoratning turli namunalarini ko‘rsatgan va zohiran hayotini Alloh taolo yo‘lida fido qilgan mujohid bo‘ladi. Ammo Alloh taolo unga shunday deydi: Sen odamlar seni jasur deb aytishlari uchun jang qilding. Dunyoda ham sen haqingda shunday deyildi. So‘ng uni yuztuban sudrab, do‘zaxga tashlash buyuriladi.

Ikkinchisi esa kecha-yu kunduzini dinni o‘rganish va o‘rgatishga sarflagan olim va Qur’on qoriysi bo‘ladi. Ammo Alloh taolo unga shunday deydi: Sening niyating odamlar seni olim va qori deb aytishlari edi. Dunyoda ham sen haqingda shunday deyildi. Uning oqibati ham do‘zax bo‘ladi.

Uchinchi kishi esa mol-dunyosini keng miqyosda sarflagan saxovatli inson bo‘ladi. Ammo uning maqsadi odamlar uni saxiy deb bilishlari edi. U dunyoda istagan narsasiga erishdi, ammo oxirat uchun hech narsa qolmadi.

Ushbu muborak hadis har bir fikrlaydigan musulmonning qalbidagi xavotirni to‘liq tasdiqlaydi. Ya’ni inson dunyoda o‘ziga ortiqcha ishonch va g‘aflat ichida yashab, din yo‘lida katta xizmatlar qilganiga ishonib dunyodan o‘tib ketishi mumkin. U diniy maktablar qurgan, masjidlarni obod qilgan, kitoblar yozgan yoki jihod maydonlarida qatnashgan bo‘lishi mumkin. U Qiyomat kuni amallar kitobi o‘ng qo‘liga berilishiga ishongan bo‘lishi mumkin. Ammo pardalar ko‘tarilib, niyatlarning haqiqati oshkor bo‘lganida, Alloh asrasin, amallar kitobi chap qo‘liga berilmasin!

Bu shunday abadiy hasrat va pushaymonlik holatidirki, undan keyin qaytish, xatolarni tuzatish va yana bir bor harakat qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Insonning o‘ziga qilgan eng katta xiyonati va o‘zini o‘zi aldashi ham aynan shudir: dunyoni ham boy berish, oxiratdan ham mahrum bo‘lish.

Ushbu mavzuda yana bir muhim jihat mavjud bo‘lib, u Alloh taoloning fazli masalasidir. Ko‘pchilik insonlar o‘zlarining sustkashligi, g‘aflati, kamchiliklari va botiniy buzuqliklarini yashirish uchun Alloh taoloning fazli nomi bilan o‘zlariga taskin berib:Alloh G‘afur va Rahimdir, bizga O‘z fazlidan marhamat qiladi, deydilar.

Shubhasiz, Alloh taoloning fazli mustaqil, alohida va cheksiz haqiqatdir. Alloh taoloning fazli hech qanday yaratilgan qonunga bog‘liq emas. U xohlagan kishisiga, istagan miqdorida va istagan shaklda fazl ko‘rsatishi mumkin. Dunyo hayotida yaxshi amal qilish ixtiyori berilgan hech bir inson Alloh taoloning bu ixtiyoriga e’tiroz bildirish huquqiga ega emas.

Alloh taoloning fazli borasida hech kimda qat’iy hujjat, mukammal ilm yoki alohida tasavvur mavjud emas. Hatto bu fazl nasib etishi kutilayotgan inson ham Alloh taolo O‘z fazlini unga ato etmagunicha bundan xabardor bo‘lmaydi. Alloh taolo haqida doimo yaxshi gumonda bo‘lish va Uning rahmatidan umid qilish imonning asosiy talablaridan hamda bandalik ruhiyatidan hisoblanadi. Har bir mo‘min uchun Alloh taoloning fazlidan umidvor bo‘lish zarurdir.

Ammo bu yerda juda nozik va muhim bir jihatni anglash lozim. Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lish va Uning fazlidan umid qilish inson o‘z imkoniyati va salohiyatiga muvofiq yaxshilik yo‘lidan yurishga harakat qilganidagina haqiqiy va foydali bo‘ladi.

Bu o‘rinda quyidagi misol aynan mos keladi: bir inson badbo‘y va iflos girdob ichiga tushib qolgan, itoatsizlik va gunohlar iflosligiga g‘arq bo‘lgan, ammo shohona bog‘larning xushbo‘y gullaridan bahramand bo‘lishni umid qilmoqda. Bunday umid hech qachon haqiqatga mos kelmaydi.

Alloh taoloning fazlidan haqiqiy umid qilish insonni yaxshi amallarga undaydi, gunoh va itoatsizlik qarshisida beparvo hamda jur’atli qilib qo‘ymaydi. Inson fitratining taqozosiga ko‘ra, yaxshilik yo‘lida biror nuqson, xato yoki toyilish yuz bersa, uning qalbi bundan ozor chekishi kerak. U darhol Alloh taolo huzurida bosh egib, mag‘firat so‘rashi va gunohlardan xalos bo‘lish uchun harakat qilishi lozim. Ana shu dard sababli insonda tavbaning davomiyligi va kamtarlik paydo bo‘lsa, o‘shandagina Alloh taoloning fazlidan umid qilish foydali bo‘ladi hamda uning samarasi va mukofotiga erishish imkoniyati haqiqatga aylanadi.

Ushbu batafsil bahsning yakuniy xulosasi, uni chuqur anglashdan kelib chiqadigan eng muhim nuqta shuki, koinotning asosiy nizomi o‘z o‘rnida sobitdir. Amallarning mukofoti niyatlarga qarab beriladi, Alloh taoloning fazli esa chinakam talab va ixlosni taqozo etadi.

Shu sababli Alloh taolo kimni bo‘lmasin, O‘z diniga xizmat qilish uchun qaysi darajada safarbar etgan bo‘lsa, u ilm, ta’lim, da’vat yoki jihod sohasida bo‘lishidan qat’i nazar, har lahza o‘zini hisob-kitob qilib turishi, oqibatidan xavotir va qo‘rquvda bo‘lishi kerak. U doimo o‘ziga shunday savol berishi lozim: Alloh taoloning takviniy nizomida shunchaki jonsiz bir vosita yoki fosiq va fojir xizmatkor sifatida ishga solingan bo‘lmayin tag‘in?!

U o‘z amallari, axloqi va niyatlarini muntazam tekshirib turishi, botinini hasad, kibr, riyo va dunyoparastlik kabi nopok sifatlardan poklashi lozim. Toki bu dunyodan ko‘z yumib, Mahshar mahkamasida hisob-kitobga tortilganida, Alloh taoloning hisob daftarida nomi fosiq va fojir sifatida emas, balki ixlosli, solih va taqvodor bandalar safida qayd etilgan bo‘lsin. Insonning qaysi safda turishini uning o‘z amali, ixlosi, yaxshi amallarni bajarish yo‘lidagi tinimsiz harakati va botiniy samimiyati belgilaydi.

Alloh taolo barchamizga zohirimiz va botinimizni bir xil qilishni, haqiqiy ixlosga erishishni nasib etsin hamda O‘zining xos fazli bilan bizni Qiyomat kuni amallar kitobini o‘ng qo‘li bilan qabul qiladigan aziz bandalari qatoriga qo‘shsin. Omin!

ShareTweet
Previous Post

Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur! 1: qism

RelatedArticles

Maqolalar

Daesh; Islomiy harakatlarni yo’q qilish va obro’sizlantirish loyihasi

Iyul 20, 2024
ISHID: deb nomlangan vebo  29-bo’lim
Jihodiy yozuvlar

ISHID: deb nomlangan vebo 29-bo’lim

Noyabr 10, 2025
Maqolalar

درېمه شبهه

Fevral 13, 2023
Maqolalar

داعش له موصله تر ننګرهاره(۸ برخه)

Dekabr 31, 2022
Maqolalar

فتنه لرنی تعریفی واونینگ تنیش یولی

Dekabr 11, 2023
Jihodiy yozuvlar

Hozirgi siyosat va IShID ning roli!

Noyabr 30, 2024

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • Trending
  • Comments
  • Latest
Zulmat soyasi!  Birinchi qism

Zulmat soyasi! Birinchi qism

Sentabr 3, 2025
Zulmat soyasi! Ikkinchi qism

Zulmat soyasi! Ikkinchi qism

Sentabr 10, 2025

Yahud va maqsadlari

Yanvar 16, 2024

انسان څه ته وایي او د څه لپاره پیدا شوی؟

Yanvar 10, 2023

داعش څوك دي!؟

0

د خوارجو نښانې

0

د شهید ابو یوسف ژوند او کارنامې

0

له خوارجو سره د ابن عباس رَضِیَ اللهُ عَنهما د مناظرې متن او په هغه کې تأمل؛

0
Parvardigor ning takviniy nizomi va insonlar ning mas’uliyati!

Parvardigor ning takviniy nizomi va insonlar ning mas’uliyati!

Noyabr 23, 2026
Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur!  1: qism

Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur! 1: qism

Noyabr 23, 2026
Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur!  1: qism

Amirulmo‘minin (h.a.) ning farmonlari jamiyatni hidoyat va isloh sari boshlovchi nur! 1: qism

Noyabr 23, 2026
Amirulmo‘minin (h.a.) farmonlari ning ahamiyati va ularning jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri

Amirulmo‘minin (h.a.) farmonlari ning ahamiyati va ularning jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri

Noyabr 22, 2026

Latest News

  • Zulmat soyasi!  Birinchi qism

    Zulmat soyasi! Birinchi qism

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Zulmat soyasi! Ikkinchi qism

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yahud va maqsadlari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • انسان څه ته وایي او د څه لپاره پیدا شوی؟

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Xavorij unvoni!

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Library
Contact: info@almirsaad.com

all rights are reserved for Muslims.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In

Add New Playlist

No Result
View All Result
  • Uy
  • Davriy sharh
  • Xabarlar
    • Afg’oniston
    • mintaqa
    • Dunyo
  • Maqolalar
  • Olimlar
  • Ummatning shaxsiyatlari
  • Ishlab chiqarishlar
  • Infografika
  • Al Mursad
    • پښتو
    • دري
    • عربي
    • اردو
    • বাঙালি

all rights are reserved for Muslims.