Afg‘oniston minbaridan birinchi marta qo‘shni tuzum tajovuziga qarshi ovoz ko‘tarildi!

Xoliqyor Ahmadzay

Afg‘oniston imperiyalar qabristoni deb atalgan bu yurt  tarix davomida bosqinchilarga o‘z suvereniteti va g‘ururini qon bilan isbotlagan xalqdir. Uning eng katta kuchi va faxri  millatning birlik va diniy tizim bilan uzilmas aloqasidir. Bu birlashuvning yuragi esa masjid minbari bo‘lib kelgan.

Turli davrlarda minbar xalqni tashqi bosqinlarga qarshi uyg‘otish va safarbar qilish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. U nafaqat dinga da’vat balki ijtimoiy uyg‘onish va milliy ozodlikning manbai bo‘lgan.

Ghazonaviylar va Temuriylar davrida olimlar minbar orqali islom qadriyatlarini targ‘ib qilib xalqni birlashtirganlar. XVI–XVIII asrlarda Mug‘ullar va Safaviylarga qarshi kurashda ham minbar ozodlik chaqirig‘i sifatida ishlatilgan.

1709-yilda Safaviylarga qarshi Hotakiylar qo‘zg‘oloni ham aynan masjid minbarlari orqali xalqni safarbar qilgan edi. Mirovis Hotak boshchiligidagi bu harakat diniy va milliy zulmga qarshi qo‘zg‘olon edi.

XIX asrda inglizlar Afg‘onistonga bostirib kirganda (1842 va 1878 yillarda), diniy ulamolar minbarlardan xalqni jihodga da’vat qildilar. Shu tariqa xalq birlashdi va inglizlarning uchta istilosi ham mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Keyinchalik Amanullohxon mustaqillikni e’lon qilganidan so‘ng G‘arbdan keltirilgan dunyoviy siyosatlarni tatbiq etmoqchi bo‘ldi. Ammo minbar va ulamolar yana xalqni ogohlantirib bu fitnani ildizida yo‘q qildilar.

1979–1989-yillardagi Sovet bosqini davrida esa minbar yana xalqning eng kuchli quroli bo‘ldi. Ulamolar  Mavlaviy Nasrulloh Mansur Mavlaviy Muhammad Nabiy Mavlaviy Yunus Xolis va boshqalar  masjidlardan turib Sovetlarga qarshi jihod e’lon qildilar. Natijada Sovet Ittifoqi qulab tushdi.

2001-yilda AQSh va NATO kuchlari Afg‘onistonga bostirib kirgach ulamolar yana minbardan chiqib bosqinga qarshi fatvo berdilar. Yigirma yillik mashaqqatdan so‘ng AQSh va uning ittifoqchilari taslim bo‘lish muzokaralaridan so‘ng mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldilar.

Bugun esa minbar yana faol  bu safar Pokiston harbiy rejimining tajovuziga qarshi. Qo‘shni rejim AQSh yordamiga tayanmoqda ammo u xalq orasida hech qanday tayanchga ega emas chunki u millat manfaatlari uchun emas balki AQSh manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.

Endilikda Afg‘oniston va Durand chizig‘ining har ikki tomonidagi xalqlar bu harbiy rejimga qarshi bir ovozdan chiqmoqda. Pokiston ichida ham xalq o‘z hukumatidan yuz o‘girgan  kimdir tinch norozilikda, kimdir esa qurolli kurashda.

Bugun Afg‘on masjidlari minbarlaridan Talibonni qo‘llab-quvvatlash va bosqinchilarga qarshi birlik chaqirig‘i yangramoqda. Bu  mintaqadagi rejim uchun katta ogohlantirishdir.

Shu minbardan ilgari inglizlar so‘ngra sovetlar va amerikaliklar ustidan g‘alaba qozonilgan edi. Endi esa navbat qo‘shni harbiy rejimga kelgan.

Kuzatuvchilar shuni unutmasinlar: bu tarixda birinchi marta Pokiston Afg‘onistonda qotil va josuslarisiz xalq birligi bilan yuzma-yuz keldi. Bu esa Afg‘on xalqining uyg‘oqligi va birdamligining ochiq dalilidir.

Pokistonning havo va quruqlikdagi hujumlari  bu ularning to‘liq mag‘lubiyati va ISI razvedkasining nochorligining belgisi. Agar ularda boshqa yo‘l bo‘lganida, allaqachon qo‘llagan bo‘lardilar.

Ammo ikki marta hujumdan so‘ng Pokistonning o‘zi o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rashi bu Afg‘onistonning g‘alabasidir.

Ha ularning hukmron doirasi na millatga ega na xalq muhabbatiga. AQSh va G‘arb ularni o‘z manfaatlari uchun ishlatmoqda ammo oxir-oqibat zarar o‘zlariga yetadi.

Inshoolloh.

Exit mobile version