AQSh qo’shinlarini olib chiqishdan IShIDni yo’q qilishgacha; Afg’onistonning mustahkamligining bir burchagiga nazar!

Azizim

To‘rt yil avval bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarining so‘nggi askari Afg‘onistondan chiqib ketdi u ham o‘z xudolari buyrug‘i bilan boshqa safdoshlari singari noto‘g‘ri topshiriqni bajarish uchun bu mamlakatga yuborilgan edi. Asosiy maqsad esa bu yurtning tabiiy boyliklarini talash va bu xalqning mustahkam e’tiqodlarini sindirish edi; xalq esa dunyoning eng katta armiyalariga qarshi yillar davomida qarshilik ko‘rsatdi va hech qaysi superkuch oldida taslim bo‘lmasligini isbotladi.

Imonini sindirish umidi bilan Afg‘onistonga bostirib kirgan Amerika, ikki o‘n yillik urush va mudofaadan so‘ng, islom himoyachilari va bu tuproqning asl farzandlari qarshisida og‘ir moliyaviy va insoniy talofatlarga uchrab, oxir-oqibat mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Amerikadan keyin, respublika rejimi va bosqin soyasida Afg‘onistonda parvarish topgan, «ISHID Xuroson» nomli mahluq ham asta-sekin yo‘q bo‘lib borishga yuz tutdi.

Oxirgi yillarda Amerika Afg‘onistonda qolganini oqlash va ba’zi viloyatlarda Islomiy Amorat mujohidlarining saflarini zaiflashtirish uchun ekilgan o‘sha nopok urug‘ – g‘arb, xususan, bosqinchi Amerika tomonidan orqadan qo‘llab-quvvatlangan o‘sha manfur guruh  o‘zining barcha imkoniyatlari bilan majburan yuklatilgan loyihalarni amalga oshirishga urinib ko‘rdi.

ISHID Afg‘onistonda ham boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi dastlab tez o‘sdi va yashirin ko‘maklar orqali ayrim viloyatlarning muhim qismlarini nazoratiga oldi. Ammo tez orada, Amerika Afg‘onistondan qochib chiqqanida, ular ham boshqa g‘arbiy loyihalar singari bechora yetimlardek yolg‘iz qoldilar va bu xalqning haqiqiy farzandlari tomonidan o‘z jinoyatlari uchun jazolandi.

Dastlab, go‘yoki Amerika ISHID loyihasini Islomiy Nizom Afg‘onistonga qaytmasligi va mamlakatni fasod va halokat botqog‘ida tutib turish uchun qayta tiriltirgandek edi. Ammo Islomiy Amoratning qat’iy kurashi va uni ildizi bilan yo‘qotishi, Amerikaning barcha rejalarini barbod qildi.

Ha! Ularning investitsiyalariga qaramay, xavorij ISHID Afg‘onistonda o‘tmishda dunyo superkuchlarini ham yenggan kuch bilan to‘qnashdi; ozgina harbiy imkoniyatlar bilan, ammo mustahkam imon va e’tiqod ila ko‘plab dushmanlarni yengib kelgan qudratli kuch bilan.

Shuni ham aytish kerakki, bu jarayonda Afg‘oniston xalqining roli, Islomiy Amoratning xavfsizlik organlari va maxsus kuchlari bilan hamkorliklari inkor qilib bo‘lmaydi. Aynan shu hamkorlik ISHIDning aldangan a’zolarini bu yurt tuprog‘ida o‘zlariga panoh topolmaslikka majbur qildi va ularni bu yurtni tark etishga undadi.

Natijada, Afg‘oniston tajribasi ko‘rsatdiki, hech qanday chet el kuchi va hech qanday qaram guruh bu xalqning irodasi va e’tiqodiga hukmronlik qila olmaydi. Afg‘on xalqining qarshilik va sabr-toqati, Islomiy Amoratning aniq boshqaruvi bilan birlashib, e’tiqodlarni zaiflashtirish va xalqning o‘zligiga barham berishga asoslangan har qanday loyiha va reja muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va oxir-oqibat yo‘q bo‘lishdan boshqa taqdir kutmaydi.

Bu ulkan yutuq nafaqat mamlakat mustaqilligi va xavfsizligini himoya qilish uchun shu tuproqning tubidan chiqqan xalq va kuchlarning qudratini ko‘rsatadi, balki Afg‘onistonning barcha dushmanlariga aniq xabar yuboradi: xalqning imoni va birligiga, xavfsizlik kuchlariga qarshi har qanday urinish mag‘lubiyatga uchraydi.

Exit mobile version