chegaralarni himoya qilish; buyuk fazilat va og’ir mas’uliyatdir!

Hasan Mujohid

Afg‘onlar baxtli xalqdir chunki Alloh Taolo har bir davrda ularni bosqinchilarga qarshi turli shakllarda jihod maydoniga chaqirgan va har bir bosqinchini ularning qo‘li bilan mag‘lub qilgan.

Hozirgacha afg‘onlar bosqinlarning oldini olish va islomiy nizomni himoya qilish uchun xandaqlarda yashab kelganlar. Hozir ham ular islomiy yurt chegaralar va hududlarni begona tajovuzkorlardan himoya qilmoqdalar. Bu amal ribot deb ataladi va islomda ribot uchun alohida fazilat zikr qilingan. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:

Alloh yo‘lida bir kunlik ribot dunyo va undagi barcha narsalardan afzaldir. (Buxoriy)

Sahihi Muslimda shunday rivoyat keltirilgan:

Alloh yo‘lida bir kun-u tun ribot bir oylik ro‘za va kechasi ibodat qilishdan afzaldir. Agar mujohid ribot vaqtida vafot etsa uning amali davom etaveradi agar tirik bo‘lsa rizqi uzilmaydi va u qabr azobidan yoki fitnalardan omonda bo‘ladi.

Imom Navaviy (r.a.) aytganlar: Vafotdan keyin amalning davom etishi faqat ribot qiluvchi mujohidga xosdir bu fazilatda hech kim u bilan sherik emas.

Muslimdan boshqa kitoblarda ham ochiq yozilgan: Har bir insonning amali o‘limidan keyin to‘xtaydi faqat ribot qiluvchi mujohidning amali esa vafotidan keyin ham davom etadi. (Imom Navaviyning  Sahih Muslim sharhi)

Abu A‘zam Iroqiy mujohidlarga yozgan vasiyatida shunday degan edi:

Alloh yo‘lida ribot qilish Ka’ba va Baytul-Muqaddas yaqinida yashashdan afzaldir.

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: Alloh yo‘lida bir tun ribot qilish menga Hajaru Asvad yonida tun bo‘yi namoz o‘qishdan ham mahbubroqdir.

Ko‘ring! Abu Hurayra (r.a.) bir tun ribotni eng muqaddas joydagi eng afzal ibodatdan ham ustun deb bilgan.

Bugun Islomiy Amoratning askarlari chegaralarni himoya qilishni zimmasiga olganlar. Ular yuqorida zikr qilingan fazilatga ega bo‘lish bilan birga og‘ir mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olganlar. Chunki ular mamlakatning eng nozik joylarini nazorat qiladilar va birinchi bo‘lib har qanday tajovuzga qarshi turadilar.

Ular o‘z ishlariga buyuk ahamiyat bilan qarashlari kerak, chunki ular chegaralarda noyob islomiy tizimni va g‘ayratli musulmon millatini himoya qilmoqdalar. Ular boshqa harbiy kuchlarga o‘xshamaydi chunki ular tag‘utiy tizimlarni himoya qilish uchun emas, balki Allohning dinini himoya qilish uchun xizmat qilmoqdalar.

Ular bu yo‘lda sobitqadamlik va hushyorlikni qo‘ldan bermasliklari kerak o‘z xizmatlarini amaliy jihodning bir qismi o‘zlariga xos mas’uliyat deb bilishlari lozim. Chunki ularning ozgina g‘aflati mamlakat uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin ammo ularning hushyorligi va sabr-toqati bilan nafaqat tizim foyda ko‘radi balki yurt ham har qanday xavfdan omonda bo‘ladi.

Exit mobile version