Rafiulloh Shafiq
Islom fidokorlik, jon fido qilish va qurbonlik dinidir. Rasululloh s.a.v. og‘ir payg‘ambarlik mas’uliyatiga tayinlangach, haqqni yetkazish, da’vatni yoyish hamda shirk va butparastlikka qarshi turish yo‘lida tinimsiz mashaqqatlarni boshdan kechirdilar. Sahobalar r.a. ham u zot bilan birga da’vatning og‘ir kunlarini, zulm va botil bilan to‘qnashuvlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar va o‘z tanlarida his etdilar.
Hatto ayollar ham o‘z quvvat va sabrlariga yarasha haqq yo‘lida qurbonliklar qildilar. Rasululloh s.a.v. doimo o‘z maqsadini ko‘z oldida tutar, duch kelgan qiyinchiliklarga ahamiyat bermas edilar. Sahobalardan yoki yaqin yordamchilaridan biri shahid bo‘lsa, u zotning irodasi susaymas, balki yanada mustahkamlanar, yo‘llarida ixlos va sobitlikni kuchaytirardilar.
Bu Alloh taoloning ilohiy sunnatlaridandirki, dinni saqlash va barqaror tutish uchun qurbonlik muqarrardir. Qurbonlik bo‘lmas ekan, din rivoj topmaydi. Ba’zilari fath va g‘alaba kunlarini ko‘zlari bilan ko‘radilar va Alloh taolo ularga go‘zal g‘alabani nasib etadi. Boshqalari esa g‘alabaga yetmasdan turib, shahodat sharfiga erishadilar. Har ikki guruh ham g‘olibdir; chunki musulmon ikki yaxshilikdan biriga erishadi: yo shahodat, yo g‘alaba va muvaffaqiyat.
Islom tarixida bu haqiqat ravshanki, ko‘plab musulmonlar va mujohidlar Islom g‘alabasi yo‘lida ko‘p mashaqqat va musibatlarni ko‘tardilar, ammo fathdan oldin shahid bo‘ldilar. Ulardan Sumayya va Yasir r.a. ilk Islom kunlarida, musulmonlar Madinaga hijrat qilishidan avval shahid bo‘ldilar. Shuningdek, Hamza va Mus‘ab r.a. Makka fathidan oldin shahodat sharbatini ichdilar.
Zamonaviy tarixda Falastin xalqining qurbonliklari behisobdir. Tarix ularning sobitligi va matonatini yozadi tog‘lar kabi qimirlamaydigan sobitlikni. Ular yetakchilarining shahodati bilan bo‘shashmaydi, balki irodalari yanada mustahkamlanadi.
Agar bugun Huzayfa Samir Abdulloh al-Kahlul (Abu ‘Ubayda) va yana ba’zi hamrohlari shahodat darajasiga erishsalar, bu musulmonlar uchun yangilik emas. Bu yo‘lda Hamza va Mus‘ab kabi yana ko‘plab kishilar qurbon bo‘ladilar va ularning qoni Islom nihollarini sug‘oradi.
Bir mujohidning eng ulug‘ orzusi Alloh taolo unga shahodat ne’matini ato etishidir. Mujohid uchun eng og‘ir holat esa umr bo‘yi jihod yo‘lida bo‘lib, oxir-oqibat tabiiy o‘lim to‘shagida vafot etishdir. Uning eng go‘zal orzusi Alloh taolo uni shahodat sharafi bilan xushxabar qilishi.
Rasululloh s.a.v. ham ayni shunday orzuni tilagan edilar: Alloh yo‘lida qayta-qayta o‘ldirilishni. Imom Buxoriy r.a. o‘zining Sahihida rivoyat qiladiki, Payg‘ambar a.s. shunday deganlar:
Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh yo‘lida o‘ldirilishni, so‘ng tiriltirilishni, yana o‘ldirilishni xohlayman. (Sahih Buxoriy)
Demak, bizning mas’uliyatimiz maqsad sari harakat qilishdir, natijani kafolatlash emas. Biz jangga mas’ulmiz, zohiriy g‘alabaga emas; chunki g‘alaba Alloh taoloning va’dasidir. Bu yo‘lda jonini qurbon qilgan kishi maqsadga yetsin yoki yetmasin baribir g‘olibdir.













