G’azodagi azob uqubatlarning tasviri; Bu safar Tirah Xaybarda!

Shahid Manan

Ikki yildan ortiq vaqt davomida G‘azo sektorida to‘liq miqyosdagi genotsid davom etmoqda. Dunyo qudratli davlatlari va soxta inson huquqlari himoyachilarining ko‘r-ko‘rona nigohlari ostida nihoyatda dahshatli jinoyatlar sodir etilmoqda. Shunga qaramay, hech kim bu fojiani haqiqiy ma’noda to‘xtata oladigan yoki oldini oladigan jiddiy choralarni ko‘rishga tayyor emas.

Agar G‘azoni chetga qo‘ysak ham, musulmonlarning majburiy ko‘chirilishi haqidagi bu achiq hikoya boshqa joylarda ham takrorlanmoqda. Bu safar na g‘ayriislomiy davlatda, balki o‘zini nohaq ravishda {Islomiy Respublika} deb ataydigan va hatto o‘zini yagona yadroviy qurolga ega islomiy davlat sifatida ko‘rsatadigan mamlakatda yuz bermoqda. Holbuki, u amalda sionistik rejim izidan yurib, uning sharmandali amallarini birin-ketin takrorlamoqda.

Ha, gap boshqa joy haqida emas  Pokiston haqida ketmoqda. Bu mamlakat uzoq yillardan buyon G‘arb buyruqlariga bo‘ysunuvchi va ularga xizmat qilish yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan armiya hukmronligi ostida qolgan. Hatto bu xizmatlar Pokiston ichida minglab insonlarning boshpanasiz qolishiga olib kelsa ham. Hozir aynan shunday holat Xaybarning Tira mintaqasida yuz bermoqda.

Majburiy ko‘chirishning so‘nggi to‘lqini 10-yanvardan boshlangan bo‘lib, 25-yanvargacha davom etishi rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, 12 mingga yaqin oila  jami 60 mingdan 80 minggacha aholi  o‘z uy-joylari, dehqonchilik yerlaridan va hatto tirikchilik manbalaridan voz kechishga majbur bo‘lgan. Ko‘chirilganlar Peshovar, Kohat va boshqa nisbatan xavfsiz hududlarga yo‘l olgan, biroq ularning katta qismi vaqtinchalik lagerlarda, keskin imkoniyatlar tanqisligi va qahraton qish sharoitida yashamoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rayotganlar  bolalar, ayollar va keksalardir; ochlik, kasallik va boshpanasizlik ularning kundalik tahdidiga aylangan.

Pokiston harbiy rejimi bu ko‘chirishlarni {vaqtinchalik} deb atab, ularni ozodlik tarafdorlariga qarshi operatsiyalarning bir qismi sifatida ko‘rsatmoqda. Ammo mahalliy hisobotlar va tahlillar, xususan, viloyat bosh vaziri Suhayl Afridiyning so‘nggi bayonotlari bu choralar xavfsizlikdan ko‘ra ko‘proq siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. O‘rmonlar, oltin va mis konlari kabi tabiiy boyliklardan foydalanish, hattoki {IShID} kabi terrorchi guruhlarni joylashtirish  ushbu harakatlarning yashirin maqsadlari sifatida tilga olinmoqda.

Bu majburiy ko‘chirish nafaqat yirik insoniy inqirozni keltirib chiqardi, balki keng ko‘lamli iqtisodiy, ijtimoiy va ruhiy oqibatlarga ham sabab bo‘ldi: uy-joy va yerlarning yo‘qotilishi, tabiiy resurslarning talon-toroj qilinishi, qabila ichidagi ziddiyatlarning kuchayishi, ruhiy tushkunlik va madaniy o‘zlikning yemirilishi. Bu holat yangilik emas  u yillar davomida qayta-qayta takrorlanib kelmoqda.

2012–2013-yillardagi va hatto 2024-yildagi ko‘chirishlar  hanuzgacha Kukiyxil qabilasiga mansub minglab odamlar o‘z hududlariga qayta olmaganini ko‘rsatmoqda  bu jarayonning muntazam va tizimli ekanidan dalolat beradi.

Hozirgacha Pokistonning qabilaviy hududlarida 5,7 milliondan ortiq odam majburiy ko‘chirishdan zarar ko‘rgan. Ularning aksariyati hanuz lagerlarda yoki xavfli hududlarda yashamoqda. Global sukut va axborot cheklovlari esa Tira muhojirlarini dunyo nigohidan yashirib qo‘ydi. Ular har kuni sovuq, oziq-ovqat va tibbiy xizmat yetishmasligi, shuningdek, harbiy kuchlar tomonidan doimiy qo‘rquv va tahdid ostida yashamoqda

Bu achchiq haqiqat. Global siyosat va qudratlar soyasida musulmonlarning boshpanasiz qolishining yana bir manzarasi. Bu odamlar uzoqdagi ishg‘ol ostidagi hududda emas, balki Pokiston Islomiy Respublikasi deb ataluvchi mamlakatda adolatsizlik, kamsitish va ochiq hamda yashirin siyosatlar qurboniga aylanmoqda. Bu yerda yer ham, inson ham siyosiy va iqtisodiy manfaatlar yo‘lida qurbon qilinmoqda.

Exit mobile version