Haniya shahidligining yilligi; Shahidlar yo’li bilan ahdni yangilash

Ahmad Aziz

Islom ummatining sobitqadam va mujohid rahbari Ismoil Haniyaning (taqabbalahullah) shahid bo‘lganining birinchi yilligida uning xotirasi yuraklarda har qachongidan yorqinroq nur bo‘lib porlamoqda.

Bir yil avval aynan shu kunda Falastin qarshilik harakatining bu bayroqdori g‘urbatda va mazlumlikda, lekin sobit qad va mustahkam iymon bilan shahidlik sharbatini ichib Islom tarixidagi shahidlar karvoniga qo‘shildi.

Ismoil Haniya faqat siyosiy rahbar emas balki haqiqiy mujohidlik namunasidir u yoshligining ilk kunlaridan boshlab Hamas qarshilik saflarida qatnashdi sionistlarning qamoqxonalari uzoq yillik surgunlar va oilasidan o‘nlab shahidlarning o‘limini boshidan kechirdi. Ammo u hech qachon Masjidul Aqsodagi ozodlik yo‘lidan chekinmadi.

Uning hayoti mana shu haqiqatning tirik dalili edi: ozodlik narxga ega va bu narx Alloh yo‘lida qurbon qilingan pok jonu tanlardir.

Haniyaning shahid bo‘lishi Islom ummati qalbiga chuqur og‘riq solgan bo‘lsa-da ayni paytda bu voqea ummat mujohidlarining tomirlariga yangi jon bag‘ishladi.

Uning qoni ilgari o‘tgan Islom rahbarlarining qonidek Falastin harakatini yanada qudratli va qat’iyatli qildi.

Bugun o‘sha razil jinoyatdan bir yil o‘tib Falastin xalqi va butun dunyo ozodliksevarlari yanada mustahkam iroda bilan jihod va ozodlik bayrog‘ini baland tutmoqdalar.

Sionist rejim Haniyani o‘ldirish bilan Falastinliklarning jihod safini parokanda qilaman, deb o‘ylagan edi. Ammo Allohning sunnatiga ko‘ra, uning shahidligi qalblarni birlashtirib iymon olovini yanada yondirdi.

Ismoil Haniya oxirgi so‘zlarida shunday degan edi: Ummat izzati yo‘lida rahbarlari shahid bo‘layotgan bir harakat hech qachon mag‘lubiyatga uchramaydi.

Ha, tarix guvohlik beradi: bu va’da haq va’dadir. Qandayki Islomning dastlabki shahidlarining qoni Islom daraxtini mustahkam qilgan bo‘lsa va qandayki Afg‘onistondagi mujohid rahbarlarning shahidligi bugun Islomiy tizim mevasini bergan bo‘lsa xuddi shunday Haniyaning qoni ham Baytul Maqdis fathini va Falastin ozodligini bashorat qilmoqda.

Bu yillik marosim faqat bir musibatni yodga olish emas, balki shahidlar yo‘liga yangidan ahd qilishdir. Islom ummati bilmog‘i kerakki izzat va ozodlik qurbonlarsiz qo‘lga kiritilmaydi.

Qandayki Haniya bu g‘arib va dardkash qahramon bor vujudi bilan turib berdi va hech qachon egilmadi, bugun biz ham Falastinning mazlum xalqining ayniqsa G‘azo ahlining yonida turishimiz kerak va shahidlar ko‘targan bayroq yerga tushmasin.

Parvardigoro! Shahid Ismoil Haniyaning va barcha ozodlik shahidlarining qonini Islom ummatining birlik va uyg‘onish mash’aliga aylantirgin va Masjidul Aqso hamda butun Falastin yurti sionist bosqinchilardan pok bo‘ladigan kunni yaqin qilgin!

Darhaqiqat, Ismoil Haniyaning shahidligi bizga yana bir bor shuni eslatadi: shahidlar qoni g‘alabaning siri, va Islom ummati uchun yorqin kelajak kutmoqda. Bu kelajakda tavhid bayrog‘i Baytul Maqdis uzra hilpiraydi, inshaalloh.

Exit mobile version