Aziz Jalol
Tarixda shunday kunlar borki nafaqat musulmonlar balki butun insoniyat ular bilan faxrlanadi. Ana shunday kunlardan biri milodiy 1187-yil 2-oktyabr sanasidir. O‘sha kuni Salahuddin Ayyubiy (rahmatullohi alayh) musulmonlarning yaralangan qalblariga shifo berdi Baytul-Maqdisni zolim salbchilarning changalidan ozod qildi va Islom bayrog‘ini Aqso osmonlarida hilpiratdi.
Salahuddin Ayyubiy buyuk mujohid adolatli hokim va donishmand rahbar bo‘lib ilm adolat taqvo va jihodning namunasi edi. U jasorat sabr va Allohning nusratiga bo‘lgan to‘liq ishonch bilan dunyoga shuni ko‘rsatdiki Baytul-Maqdis mo‘min erkaklarning qoni bilan ozod bo‘ladi murosa va savdo bilan emas.
Baytul-Maqdis qariyb 88 yil davomida salbchilar istilosida edi. Bu shahar uchta ilohiy din uchun muqaddasdir ammo musulmonlar uchun u birinchi qibla Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam)ning me’roj joyi va osmonlar bilan ma’naviy bog‘lanish timsolidir. Salbchilar u yerda shunday zolimliklar qildilarki Masjidul-Aqsoni otxona qilib minglab musulmonlarni shahid qildilar.
Ammo Salahuddin qo‘rqmadi. Mashhur Hittin jangida u salbchilarga shunday zarba berdi-ki ularning g‘ururi yer bilan yakson bo‘ldi. Bu jang faqat harbiy g‘alaba emas balki musulmonlarning aqida birlik va iymonining buyuk hujjati edi.
Salahuddin Ayyubiy (rahmatullohi alayh) yillar davomida olib borgan kurash, fidokorlik va beqiyos jasoratdan so‘ng Baytul-Maqdisga kirganida u mag‘rurlik bilan emas balki tavozu va shukr bilan kirdi. U oyoqyalang Masjidul-Aqsoning mehrabigacha bordi tiz cho‘kdi ko‘zlaridan yosh oqdi va Alloh Taologa shukr aytdi.
U sajda qildi, chunki u bilardi: bu g‘alaba faqat qilich kuchi bilan emas, balki Allohning yordami bilan bo‘lgan edi. Masjidul-Aqso qariyb bir asr davomida zolimlarning changalida edi musulmonlar undan mahrum bo‘lgan edilar. Endi esa u yana mo‘minlarga qaytdi.
Salahuddin bu g‘alabani kuch saltanat yoki dunyo uchun istamadi. U buni ummatning izzati Allohning roziligi va mazlumlarning najoti uchun qildi. Aqso Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) bilan ruhiy bog‘langan joy edi va Ayyubiy (rahmatullohi alayh) uni o‘zining qonlari duolari azoblari va fidokorligi bilan yana ozod qildi.
Ammo bugun ey yosh musulmon! Ey ummat a’zosi!
O‘zingdan so‘ra:
Bugun Aqso yana bosib olingan bir paytda, sen nima qilyapsan?
Bugun minglab falastinlik bolalar shahid bo‘layotgan bir paytda sen qayerdasan?
Bugun zolimlar haqning ovozini o‘chirayotgan bir paytda nega sen jim turibsan?
Salahuddin nafaqat qilich bilan balki iymon taqvo ilm va jasorat bilan ummatning izzatini tikladi. U ummat birligining da’vatchisi mazlumlarning yordamchisi va Alloh yo‘lida fidokorlikning haqiqiy ustozidir.
Bugun ham Masjidul-Aqso devorlari minbarlari va minoralari orasidan dard zulm va yetimlikning faryodi eshitilmoqda. O‘sha Aqso Salahuddin o‘z qoni bilan ozod qilgan muqaddas joy endi yana ummatning befarqligi, bo‘linishi va zaifligi sababli bosqinchilar qo‘lida. Ummatning sukunati Aqso tuprog‘ida zulm yaralarini ochib qo‘ymoqda.
Ey musulmon! Bas endi! Qo‘zg‘al!
Sen o‘sha buyuk qahramon Salahuddin Ayyubiyning vorisisan!
Bugun bizga ham uning taqvosi g‘ayrati, jasorati va mas’uliyat tuyg‘usi zarur. Aqso seni kutmoqda!
Biz bilishimiz kerakki ummatning izzati faqat o‘tirish va shiorlar bilan qo‘lga kiritilmaydi, balki iymon fidokorlik amal va jasorat bilan ro‘yobga chiqadi. Agar bugun biz jim tursak ertaga tarix bizni befarqligimiz uchun qoraytirib eslaydi.
Alloh Taolo bizga Salahuddin Ayyubiydek iymon g‘ayrat va yuksak iroda ato etsin toki yana Masjidul-Aqso osmonida ozod yuraklardan chiqqan azon sadosi yangrasin.
Va Alloh o‘z ishida g‘olibdir.