ISHID: Cheklanmagan imperializm! 2_qism

Junaid Zohid

Hokimiyat  yakuniy maqsad

ISHID  bu hokimiyatni xizmat vositasi emas, balki yakuniy maqsad deb biladigan oqimdir. Ular ushbu maqsadga erishish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar etadi va unga yetish yo‘lida hech narsadan qaytmaydi. Aslida, bu harakat o‘zining oliy va yakuniy orzusi  hokimiyatni qo‘lga kiritish va uni maksimal darajada kengaytirish yo‘lida hech qanday me’yorni tan olmaydi va hech qanday tamoyilni hisobga olmaydi.

Haqiqatda, ISHID hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun shunchalik jilovsiz holga kelganki, u fiqhiy qoidalar, shariat maqsadlari, urushning aqlga muvofiq qoidalari yoki insoniy hamjihatlikning eng oddiy tamoyillariga ham amal qilmaydi. Natijada, uning hukmronlik istagi na geografiya bilan, na qonun bilan chegaralangan; balki qo‘rquv, vayronagarchilik va tartibsizlikka asoslangan.

ISHID mantiqida hokimiyat  maqsad, qolgan hamma narsa esa  takfir qilishdan tortib ochiq-oydin zo‘ravonlikkacha  uni egallash va saqlab qolish vositasidir. Ular o‘z orzu-umidlariga erishish uchun har narsadan voz kechishga tayyor. Hokimiyat dengizidan “chanqog‘ini qondirish” haqidagi bu qarash ularning vujudiga shu qadar singib ketganki, ularning tushunchasini oqlamaydigan va ular xohlagan yo‘nalishda bo‘lmagan har qanday boshqa mantiq va tafakkurni qabul qilmaydi. Hatto ba’zan bundan ham o‘tib, bunday fikrlarni rad etadi va bu fikr egalari  mutafakkirlarni yo‘q qilishga intiladi.

Ularning hokimiyatni qo‘lga kiritishi va taxtga o‘tirishi shariat maqsadlarini (adolат, rahm-shafqat, jon va inson qadr-qimmatini saqlash) amalga oshirish uchun emas, balki hukmronlikni “qonuniylashtirish” uchun ramziy bir qolipdir. Shu sababli ISHID ishontirish o‘rniga qo‘rqitishga, isloh o‘rniga esa yo‘q qilishga murojaat qiladi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, agar dunyo yoki kamida mintaqa mamlakatlari ustidan biror hokimiyat hukmron bo‘lsa, u faqat ularning qarashi va nazariyasi orqali bo‘lishi kerak.

Ularning tafakkuri shu qadar tor, dunyoqarashi esa shu qadar zaif va yuzakiki, o‘zlaridan boshqa hech qanday harakat yoki kuchni tan olmaydilar  hatto u boshqa bir harakat yoki guruh Islom va muqaddas shariat asosida to‘g‘ri va barobar bo‘lsa ham. Bularning barchasi shundanki, bu harakatning asl va yakuniy maqsadi faqat hokimiyatni egallashdir, undan boshqa biror fikrni ko‘zlamaydi. Ular nazarida qadriyatlar o‘zgargan, bu esa dinning axloqiy mazmuniga bo‘lgan qarashlari ham o‘zgarganini anglatadi. Hokimiyat va hukmronlikka bo‘lgan qarashlari partiyaviy tus olgan bo‘lib, o‘z partiyasi va guruhidan boshqasini qabul qilmaydi va tan olmaydi.

Aslida, bularning barchasi ularning hokimiyatparastligi omiliga borib taqaladi. Ular bu omilga shu qadar bog‘lanib qolishganki, bu ulardan real tahlil qilish qobiliyatini tortib olgan va boshqa ma’lumotlar hamda modellarga bo‘lgan qarashlarini teskari holga keltirgan. ISHID hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun o‘zining barcha asoslari va tamoyillarini ham oyoq osti qilishga tayyor va bu yo‘lda hech qanday harakatdan tiyilmaydi.

Bu masala shunchaki da’vo emas, balki tarix sahifalarida qayd etilgan haqiqatdir. Bu borada yozilgan kitoblar ham uning dalillarini o‘z ichiga oladi. ISHID  bu jilovsiz hukmronlikka intiluvchi harakat  butun sa’y-harakatini aynan shu maqsadga qaratadi: hokimiyatga erishish. Va bu yo‘lda, o‘zicha “oqlash mumkin” bo‘lgan har qanday vositadan foydalanishga tayyor.

Exit mobile version