IShID deb atalgan vebo! O’n sakkizinchi bo’lim

Abu Hajar al-Kurdiy

‼️🏴IShIDning Shomda sodir etgan jinoyatlariga qisqacha tahlil. Oldingi
17 qismda IShIDning Shomdagi jinoyatlari haqida batafsil so‘z yuritdik. Ushbu zaxarlik pichoq Islom ummatining allaqachon yaralangan tanasiga yana bir zarba bo‘ldi. Garchi barcha voqealarni to‘liq bayon qilmagan bo‘lsak-da, keltirilgan qisqa ma’lumotlar va kichik ishoralar ham ushbu zalolat firqasining vayronkorligini ochiq-oydin ko‘rsatdi. IShIDning Shomda qoldirgan merosi va tarix sahifalariga muhrlangan jinoyatlari quyidagilardir:
1. Boshqa jihodiy guruhlar bilan urush olib borish IShID asosiy dushman
Bashar Asad rejimi va uning xorijlik tarafdorlariga qarshi kurash o‘rniga, o‘z hujumlarini boshqa islomiy guruhlarga qaratdi. Dastlab, ular Jabhatun Nusra (Suriyadagi Al-Qoida bo‘limi) bilan to‘qnash kelishdi, so‘ngra Ahror Ash-Shom va Jaysh Ul-Islom kabi boshqa jihodiy guruhlar bilan urush olib bordilar. Ushbu ichki nizolar islomiy guruhlarni zaiflashtirib, Asad rejimi va uning ittifoqchilariga foyda keltirdi.
2. Musulmonlar orasida nifoq solish IShID boshqa islomiy guruhlar bilan birlashish o‘rniga ularni takfir qildi va unga bay’at qilmaganlarni dushman (kofir) deb bildi. Bu siyosat ko‘plab musulmonlarni tushkunlikka tushirdi va jihod yo‘lida kelgan ko‘plab insonlar orasida nizo va tarqoqlik paydo bo‘ldi.
3. Vahshiylik va jihodni yomon otliq qilish IShID tomonidan amalga oshirilgan shafqatsiz qirg‘inlar, bo‘yin(kalla) olishlar va shariat qoidalariga zid ravishda jazolarni tatbiq etish natijasida G‘arb ommaviy axborot vositalari jihod va mujohidlar haqida salbiy tasavvur hosil qilishdi. Bu esa ko‘plab musulmonlarning jihodga bo‘lgan ishonchini susaytirdi.
4. Shubhali hamkorliklar va dushmanlar tomonidan IShIDdan foydalanish Ba’zi dalil va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, IShID ayrim vaqtlarda Asad rejimi va hatto G‘arb davlatlari manfaatlariga xizmat qilgan. Masalan, ular muxolifat kuchlari mavjud bo‘lgan hududlarga to‘satdan hujum qilib, islomiy guruhlarning zaiflashishiga sabab bo‘ldilar. Shuningdek, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Asad rejimi ilgari IShID bilan bog‘liq bo‘lgan mahbuslarni ataylab ozod qilgan, shunda bu guruh kuchayib, boshqa islomiy guruhlarni yo‘q qilishga xizmat qilsin deb.
5. Islomiy xalifalik g‘oyasiga yetkazilgan zarba IShID shariat talablariga zid ravishda, boshqaruv tizimiga ega bo‘lmagan holda xalifalik e’lon qildi. Natijada, xalifalik tushunchasi katta zarar ko‘rdi. Dastlab xalifalikni umid bilan kutgan musulmonlar IShIDning jinoyatlarini ko‘rib, undan voz kechdilar. Bu holat jihodiy harakatlar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi kishilar orasida umidsizlik va tushkunlikni keltirib chiqardi. Ushbu qismda IShIDning Shomdagi jinoyatlariga qisqacha to‘xtaldik. Garchi mavzuni to‘liq yoritib berish imkoni bo‘lmasa-da, umid qilamizki, aziz o‘qiyotgan insonlar oldingi qismdan foydalangan va Bag‘dodiy tarafdorlari tomonidan yozilgan qora tarix haqida ozmi-ko‘pmi ma’lumotga ega bo‘lishgan. Keyingi maqolalarda biz IShIDning Iroqdagi ahli sunnaga nisbatan qilgan xiyonatlari va zulmlarini yoritib beramiz. Shu mavzu bo‘yicha va atrofida maqolalarimiz davom etadi.
Exit mobile version