IShID deb nomlangan vabo Yigirma yettinchi qism

Abu Hajar al-Kurdiy

Falluja bosib olinishi va bu shahar ahlining tuganmas dardi boshlanishi!

Falluja IShID paydo bo‘lishi va hukmronligidan oldin sabr-toqat va fidokorlik ramzi edi; hech bir bosqinchi kuch bu shaharni to‘liq nazoratiga ola olmadi, chunki uning aholisi ahlus-sunna va mujohidlar edi. Salibchilarning qo‘shinlari va ularning ittifoqchilari hech qachon bu strategik shaharni to‘liq egallashda muvaffaq bo‘la olmadilar. Ammo ularni murakkab muammolarga duch qilgan narsa — davrning to‘g‘on kasali va xoin IShIDchilar bo‘ldi.

2014-yil 3-yanvarda IShID bu strategik shahar ustidan nazoratni qo‘lga oldi. IShID hukmronlikni qo‘lga olishi bilanoq, yuzlab ahlus-sunna kishilarini qatl qildi va oddiy odamlar, tinch aholining ustiga zulm soyasini yoydi. IShID xuddi xalifalik quramiz, deb da’vo qilgan bo‘lsa ham, hech qachon xalqning qalbini o‘ziga rom eta olmadi. Shu sababli ular samarali hukumat tarmoqlarini barpo eta olmadilar.

IShIDning mafkurasi tashqi ko‘rinishda islomiy shiorlar bilan qorishgan edi, ammo ularning amallari ilohiy shariat va Payg‘ambar alayhissalomning ko‘rsatmalari bilan ochiq-oydin zid edi.

IShID mintaqada mavjud bo‘lgan yillari davomida xalq orasida nafrat va adovat urug‘ini sochdi. Hatto nasroniylar, yahudiylar va boshqa ozchiliklar ham ular tomonidan qatl etildilar. Natijada IShID hukumatidan keyin boshqa din vakillari musulmonlarga qarshi adovat saqlab qoldilar  shunday ham bo‘ldi.

IShID nazorati ostidagi shaharlar ustidan hukmronligi tugagach, shi’a Hashd, yezidiylar va nasroniylar o‘z navbatida minglab odamlarni shahid qildilar, yuzlab uylarga o‘t qo‘ydilar va o‘nlab jinoyatlar va zulmlar qildilar.

IShIDning ikki yillik Fallujadagi mavjudligidan faqatgina boshpanasizlik va zulm qoldi. Ularning zolim chehrasi odamlar oldida oldingidan ham ochiqroq bo‘ldi. Ular tarixda tarafdorlariga doimiy qora dog‘ bo‘lib qoladigan jinoyatlarni sodir etdilar.

2016-yil 26-iyulda kufr va munofiqlarning guruhlari Falluja ustidan hukmron bo‘lishga muvaffaq bo‘ldilar va undan keyin minglab odamlarni, jumladan ayollar va bolalarni shahid qildilar.

Exit mobile version