Ahmad Xurosoni
Takfirchi harakatlarda xorijiylar g‘oyalari qayta tirilishi:
Islom tarixida buzuq, og‘ishgan g‘oyalar doimo yangi shaklda va zamonaviy vositalar bilan qayta tirilib kelgan. Hozirgi zamon takfirchi harakatlari masalan, ISHID guruhi islomning dastlabki davrida paydo bo‘lgan xorijiylar (xavorijlar)ning fikriy merosxo‘rlaridir. Ular o‘sha xavfli g‘oyalarni zamonaviy vositalardan foydalanib, yangi ko‘rinishda qayta jonlantirganlar. Bu fikriy meros islom olamini doimo tahdid ostida ushlab turgan xavfli va uzluksiz bir xatar belgisi hisoblanadi.
Xavorijlar o‘z fikriy asoslarini uch tayanchga qurishgan edi: musulmonlarni kofir deb chiqarish (takfir) hokimlarga qarshi chiqish, va zo‘ravonlik. Bugun ham ISHID o‘z ajdodlari singari bu tamoyillarni qat’iylik bilan amalga oshiradi. Ular o‘zlarini yagona haqiqiy musulmonlar deb biladilar va boshqalarni o‘limga loyiq deb hisoblaydilar.
Tarixiy xavorijlar bilan hozirgi takfirchi harakatlar o‘rtasidagi o‘xshashlik hayratlanarlidir. Har ikkisi ham diniy matnlarning faqat tashqi so‘zma-so‘z ma’nosiga yopishib olgan rahm-shafqat sabrtoqat va maslahat tushunchalarini inkor etadi va zo‘ravonlikni yagona yechim deb biladi.
So‘nggi yigirma yil ichida xorijiy g‘oyalarning Afg‘onistonda qayta jonlanishi yaqqol ko‘rinmoqda. Takfirchi guruhlar siyosiy va ijtimoiy muammolardan foydalanib, yoshlarni o‘z safiga jalb qilishga urinadi. Ular shahidlik, jasorat haqidagi afsonalarni targ‘ib qilib, zo‘ravonlikni qahramonlik sifatida ko‘rsatadilar.
Bugungi kunda xorijiylarning bu g‘oyalari yangi sinovlarga duch kelmoqda. Takfirchi harakatlar zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanib, o‘z fikrlarini yoymoqdalar. Internet maydoni ularning ekstremistik mafkuralarini targ‘ib etuvchi yangi frontga aylangan. Tarixiy xavorijlar esa o‘z davrining cheklangan vositalariga ega bo‘lgan xolos.
Bu hodisaga qarshi kurash tarixiy jarayonni chuqur anglashni talab qiladi. Biz bu g‘oyalar tarix davomida nega va qanday takrorlanib turganini tushunishimiz zarur. Faqat shu jarayonni to‘liq tushungan taqdirdagina unga qarshi samarali yo‘llarni topish mumkin bo‘ladi.
Afg‘oniston va boshqa islomiy mamlakatlardagi ulamolar doimo xorijiy mafkuralarning qayta tarqalishi xavfidan ogohlantirib kelmoqdalar. Ular ta’kidlaydilarki, bu hodisaga qarshi kurash faqat harbiy yo‘l bilan emas, balki fikriy va madaniy kurash orqali ham olib borilishi kerak. Islomning asl mohiyatini ya’ni muhabbat, rahm-shafqat va adolatga asoslangan ta’limotini to‘g‘ri tushuntirish ekstremistik mafkuralarga qarshi eng yaxshi davo hisoblanadi.
Afg‘oniston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ekstremizmni faqat zo‘ravonlik bilan yo‘qotib bo‘lmaydi; uning fikriy va ijtimoiy ildizlarini o‘rganish kerak. Qashshoqlik, adolatsizlik, ta’lim va tarbiyaning yetishmasligi ekstremistik g‘oyalar tarqalishiga zamin yaratadi.
Xorijiy g‘oyalarning takfirchi harakatlarda qayta tirilishi butun islom olami uchun xavf qo‘ng‘irog‘idir. Bu hodisa shuni ko‘rsatadiki, agar ekstremizmning fikriy ildizlari aniqlanmasa, bu g‘oyalar har doim yangi shakllarda paydo bo‘lavera-di. Shu bois, ta’lim, madaniy ongni oshirish va mazhablararo muloqotni kuchaytirish bu xavfga qarshi eng samarali yo‘ldir.















