IShID xalifaligi: terrorchilarning hikoyasi! To’rtinchi qism

Ahmad Xurosoniy

Xavorij va IShID taqqosida

Tarixiy xavorijlar bilan zamonaviy IShID guruhining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu ikki oqim o‘rtasida hayratlanarli darajada o‘xshashliklar mavjud. Bu o‘xshashliklar ularning fikriy asoslari va amaliy yo‘llarining uzviy bog‘liqligini ochib beradi. Har ikkisi diniy matnlarga yuzaki va qotib qolgan talqin asosida tayanadi o‘zlarini Islomning yagona haqiqiy namoyandalari deb biladilar va boshqalarni din doirasidan tashqarida deb hisoblaydilar.

Birinchi o‘xshashlik  ularning takfir (ya’ni musulmonni kofir deb e’lon qilish) qarashlaridadir. Qanday qilib tarixdagi xavorijlar o‘z davridagi musulmonlarni katta gunoh sodir etganliklari uchun takfir qilgan bo‘lsalar xuddi shunday IShID ham o‘ziga xos talqinlar asosida g‘oyalariga mos kelmagan har bir musulmonni kofir deb biladi. Bu takfirchi mantiq har ikki guruh uchun musulmon qonini to‘kishni diniy jihatdan joiz deb ko‘rsatish vositasidir va zo‘ravonlikni shar’iy amal deb asoslaydi.

Amalda ham har ikki guruh tashkilotli zo‘ravonlikni o‘z yo‘liga aylantirgan. Tarixda xavorijlar zolimlik shafqatsizlik va rahmsizlik bilan tanilgan edilar  hatto ayollar va bolalar ham ularning tig‘idan omonda qolmagan. IShID esa bugungi davrda o‘lim jazolari va bosh kesish sahnalarini videolarda tarqatib, o‘sha qadimgi vahshatni qayta jonlantirdi. Har ikki oqim zo‘ravonlikni nafaqat maqsadga erishish vositasi balki o‘z diniy shaxsiyatining bir qismi sifatida ko‘radi va uni targ‘ib qiladi.

Yana bir o‘xshashlik  ularning xalifalik va hokimiyat tushunchasini talqin etishidadir. Xavorijlar har qanday hokim agar ular fikricha shariatga to‘la amal qilmasa lavozimdan tushirilishi lozim deb hisoblagan va unga qarshi chiqishni joiz deb bilgan. IShID ham o‘z xalifaligini e’lon qilib o‘zini yagona islomiy davlat deb atadi va barcha mintaqaviy hukumatlarni to‘g‘ut deb nomladi. Bu pozitsiya har ikki guruhni mavjud siyosiy tuzumlarga qarama-qarshi qo‘ydi.

Diniy matnlarni talqin etishda ham har ikki oqim faqat zohiriy ma’noga yopishib olgan, shariatning ruhiy maqsadlari va Islomning oliy qadriyatlarini e’tiborsiz qoldirgan. Ularning bu so‘zma-so‘z yondashuvi rahmat adolat va maslahati kabi tushunchalarni butunlay lug‘atlaridan chiqarib tashlagan. Eng muhim o‘xshashliklardan yana biri  har ikki oqimning ummat orasida bo‘linish va ixtiloflar keltirib chiqarganidir. Xavorijlar La hukma illa lillah (Hukm faqat Allohgadir) shiorini ko‘tarib ummatni parchaladilar; IShID esa o‘z amallari bilan mazhabiy va firqaviy ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi.

Shunga qaramay, ayrim farqlar ham mavjud. IShID o‘z g‘oyalarini yoyish uchun zamonaviy axborot vositalaridan foydalanadi va uning amaliyoti xalqaro miqyosga ega. Xavorijlar esa asosan cheklangan hududlarda faoliyat yuritganlar. Bundan tashqari IShID keng moliyaviy va logistika yordamiga ham ega.

Bu taqqoslash shuni ko‘rsatadiki mutaassib g‘oyalar tarix davomida turli qiyofalarda qayta paydo bo‘lib kelgan. Ushbu o‘xshashliklarni tanish bizga IShID kabi guruhlarning fikriy ildizlarini chuqurroq anglashga yordam beradi va tarixiy saboqlardan ibrat olib, o‘tmishdagi xatolarning takrorlanishidan saqlanish imkonini beradi.

Exit mobile version