IShID xavorej; G’arbning Islomga qarshi yangi quroli! Oltinchi qism

Ehson Arab

Ummah yoshlarini jalb qilish va ularni o‘z domiga tortish

Shubhasiz, yoshlar islom jamiyatida din yo‘lida harakat qilish va jamiyat islohoti borasida muhim va asosiy rol o‘ynaydi. Ummah tarixi davomida yoshlar o‘zlarini islomga xizmat qilishga bag‘ishlab, jamiyatga tahsinga sazovor xizmatlar ko‘rsatib kelganlar.

Islom tarixining ilk davrlaridan to bugungi kungacha Xolid ibn Valid, Usoma ibn Zayd, Sulton Muhammad Fotih, Salohiddin Ayyubiy, Toriq ibn Ziyod, Muhammad ibn Qosim kabi yoshlar bo‘lib, ular mislsiz jasoratlari bilan ummat tarixiga oltin harflar bilan yozilgan sahifalarni qo‘shganlar.

Shuning uchun ham islom dushmanlari islom jamiyatining ushbu kuchli qatlamidan bexabar qolmagan va ular bilan kurashish uchun har qanday vosita va quroldan foydalanganlar.

Ha! Xavorij IShIDning kufr dunyosi uchun yana bir «xizmati» – bu ummat yoshlarini dushmanlarning yovuz niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurbon qilishidir. Bu yoshlar islom olami uchun umid chirog‘i bo‘lishi kerak edi, biroq ular IShID saflariga qo‘shilib, xavorijlarning zaharli tuzog‘iga tushgan holda din va islomiy qadriyatlarga zarar yetkazdilar.

IShIDning soxta xalifaligini e’lon qilishidan oldin bu fitna faqat Iroq shaharlarida cheklangan edi. Biroq, u Suriyada kengayib, keyin xalifalik e’lon qilingach, ko‘plab yoshlar xavorijlarning keng ko‘lamli targ‘ibotlaridan ta’sirlanib, «xalifalik» sari yo‘l oldilar, oilalarini tark etdilar va xavorijlar bayrog‘i ostida jam bo‘ldilar.

Xavorij fitnasi nafaqat islomiy davlatlardagi yoshlarni nishonga oldi, balki Frantsiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Kanada va AQSh kabi g‘arbiy va Yevropa mamlakatlaridan ham ko‘plab yoshlarni o‘z saflariga tortdi.

Bu yoshlarning o‘sha mamlakatlarda bo‘lishi va boshqa din vakillarini islomga da’vat qilishi musulmonlar uchun ulkan imkoniyat edi. Ammo ular xavorij saflariga qo‘shilgach, nafaqat g‘arbliklarga islom haqida noto‘g‘ri tasavvur berdilar, balki o‘zlari ham islom dushmanlarining qo‘lidagi qurolga aylanishdi.

G‘arb davlatlari ushbu targ‘ibotning oldini olishi mumkin bo‘lgan holda, IShIDning internet va ijtimoiy tarmoqlardagi keng ko‘lamli tashviqotlari tufayli G‘arb va Yevropadagi yangi musulmon yoshlar va boshqa musulmonlar bu fitnaga uchrab, xavorijlarning falokat domiga tushdilar.

Xavorijlar IShID  o‘zlarining soxta xalifaliklari ostida yashayotgan odamlarning yolg‘on va uydirma hayotini aks ettirgan filmlar tayyorlash orqali ko‘plab yosh musulmonlarni aldagan va ularni o‘z saflariga qo‘shilish uchun chorlashgan.

Bu achchiq haqiqat xavorijlarning islom dushmanlariga «xolis xizmatlari» sababli katta miqyosda g‘arb dunyosiga foyda, ummat esa zarar ko‘rdi.

Exit mobile version