Muallif: Ehson Arab
Xalifalik loyihasiga bo‘lgan ishonchni yo‘q qilish
Islom ummatining zamonaviy tarixida doimo jihodiy harakatlar va kurashlarga ilhom bergan buyuk tushunchalardan biri Islomiy xalifalikni tiklash g‘oyasi bo‘lgan.
Xalifalik birlik, adolat va shariat hukmronligining timsoli sifatida musulmonlarning yuragida yuksak o‘rin egallagan, va uning qaytishi har doim ummatning orzusi va ideali bo‘lib kelgan.
Ammo so‘nggi o‘n yillikda DAISh(ISHID) nomi bilan paydo bo‘lgan bir guruh tufayli bu g‘oya chuqur bir inqirozga yuz tutdi bu inqiroz tashqi dushmanlardan emas, balki ummat tanasi ichidan, aynan o‘zini xalifalik himoyachisi deb da’vo qilganlardan chiqdi.
DAISh(ISHID) xavorjlar 2014-yilda xalifalik e’lon qilib, Abu Bakr al-Bag‘dodiyni “musulmonlar xalifasi” deb tanitishga urindi. Bu esa go‘yoki islomiy azamat va sharafning qaytishini va’da qilardi.
Islom dunyosining turli hududlaridan ko‘plab sodda va ishtiyoqli yoshlari, chin dildan islomiy jamiyat qurish umidida bu guruh safiga qo‘shildilar. Ammo ko‘p o‘tmay, bu “loyiha”ning haqiqiy basharasi fosh bo‘ldi.
Bu jirkanch guruh DAISh(ISHID) ommaviy qirg‘inlar, islom ta’limotlariga butunlay zid bo‘lgan zo‘ravonliklar, musulmonlarni ommaviy takfir qilish, masjidlarga portlashlar uyushtirish, sunniy va shialarni o‘ldirish, islomiy yodgorliklarni vayron qilish, ummat ulamolarini tahqirlash kabi ko‘plab vahshiy jinoyatlar sodir etdi.
Natijada bu guruh nafaqat haqiqiy xalifalikni ifodalab bera olmadi, balki xalifalik tushunchasining o‘zini ham jiddiy shikastlantirdi.
DAISh(ISHID) o‘zining uyatli amaliyoti bilan xalifalikni qonli, zolim va mustabid bir loyiha sifatida namoyon qildi bu esa xalifai roshidin davlati yoki ummatning haqiqiy istaklariga umuman o‘xshamasdi.
Shu bois aytish mumkinki, (ISHID)DAIShning kofir dunyo va islom dushmanlari uchun qilgan eng katta “xizmati” islom ummatining xalifalik loyihasiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish bo‘ldi.
Bugungi kunda kimki «xalifalik qurish» haqida gapirsa, ko‘pchilik musulmonlar ongida birinchi bo‘lib (ISHID) DAIShning jinoyatlari yodga keladi. Adolat, birlik, birodarlik va shariat hukmronligi ramzi bo‘lishi kerak bo‘lgan tushuncha endi qo‘rqinchli va yomon obro‘ga ega bo‘lgan so‘zga aylangan.
G‘arb ommaviy axborot vositalari ham DAISh(ISHID) faoliyatidan foydalangan holda, ularni xalifalikning haqiqiy timsoli sifatida dunyoga tanitishga muvaffaq bo‘ldilar. Natijada xalifalik g‘oyasi jahon jamoatchiligi, hattoki musulmonlarning o‘z ko‘zida ham, shafqatsizlik va ekstremizm bilan bog‘lanib qoldi.
DAISh(ISHID)tashqi ko‘rinishda xalifalikni barpo qilishni da’vo qilgan bo‘lsa-da, amalda bu g‘oyaga eng katta xiyonatni aynan o‘zi qildi. Ular muqaddas tushunchalarni badnom qilish orqali xalifalikni tiklash yo‘lida qilinadigan har qanday sog‘lom harakatning yo‘lini to‘sishga zamin yaratdilar.
Natijada, bugun ko‘plab davlat va hukumatlar “xalifalik” degan so‘zni eshitgach, uni(ISHID) DAIShga o‘xshatish bahonasida har qanday islomiy harakatni bostirishga urinadi. Ommaviy ong ham bu shiorlarga shubha va salbiy munosabat bilan qaraydi.
Xulosa qilib aytganda, DAISh loyihasi xalifalikni tiklash yo‘lida sodiq bir harakat emas, balki katta bir firibgarlik va islom ummatiga qarshi og‘ir zarba edi.
Bu guruh islom dushmanlariga emas, balki ummat birligining asoslariga zarba berdi. Yoshlarni buzuq yo‘l va ifrat botqog‘iga tortdi. Eng achinarlisi, xalifalik tushunchasiga bo‘lgan ommaviy ishonchni butunlay yo‘qotdi.