ISHID xavorijlar ning botil iddaolari va bigunoh insonlarni shahid qilish fojia‘si

Abdon Sofiy

Kecha Kobul shahrining Shahr-e Naw hududida bir mehmonxonaga qarshi intihoriy hujum sodir etildi. Ushbu hujum natijasida bir nafar xitoylik fuqaro va olti nafar afg‘on shahid bo‘ldi. Shundan so‘ng, bu hujum uchun mas’uliyatni zamonaviy xavorijlar  ISHID Xuroson o‘z zimmasiga oldi.

ISHID Xuroson tomonidan ushbu hujumga mas’uliyatni tan olish ikki muhim masalani ochiq-oydin ko‘rsatdi. Bu holat ularning iddaolari bilan amaliyoti o‘rtasidagi keskin tafovutni yanada ravshan qildi. Ularning bu jirkanch amali xalifalik haqidagi da’volari soxta, yolg‘on va hech qanday haqiqiy asosga ega emasligini isbotladi.

Bu xavorijlar Iroq va Shomda faoliyatini boshlagan, keyinchalik esa uni Afg‘onistonga yoygan paytda musulmonlarni, ayniqsa mujohidlarni faqat bitta bahona bilan o‘ldirar edilar. Ularning da’vosiga ko‘ra, xalifalik barpo etilgan edi. Shu asosda ular barcha musulmonlarni o‘zlarining soxta xalifaligiga bay’at berishga chaqirar, kimki bu nomigina bo‘lgan xalifalikka bay’at berishdan bosh tortsa, uni o‘ldirar edilar.

Ular butun dunyodagi musulmonlarni, qaysi davlat yoki geografiyaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, yagona soyabon ostida jamlaydigan tizim barpo etdik, deb iddao qilar edilar. Go‘yoki bu tizimning maqsadi musulmonlarning najoti va birligi edi.

Ammo bugun aynan shu mezon ularning o‘ziga tatbiq etilsa, bu ularning barcha da’volariga ochiq-oydin rad javobidir. Chunki kecha aynan shu guruh xitoylik musulmonlar istiqomat qilayotgan mehmonxonaga hujum qildi. Faqatgina ularning Xitoy fuqarosi bo‘lgani uchun  holbuki ular musulmon edilar va Shinjon mintaqasiga mansub bo‘lib, aynan shu hudud haqida ISHID doim musulmonlarning mazlumligi ni da’vo qilib keladi.

Savol shuki:

Bir musulmonning siz urush olib borayotgan davlatga mansubligi, uni o‘ldirish uchun shar’iy dalil bo‘la oladimi?

Bir musulmon boshqa bir mamlakatda savdo qilayotgani uchungina o‘ldirilishiga ruxsat bormi?

Xalifalik va islomiy jamoa tushunchasi Xitoy fuqarosi bo‘lgan bir musulmonning Kobuldagi hayotini harom deb e’lon qilishga va uning o‘ldirilishini joiz sanashga izn beradimi?

Siz bir necha begunoh musulmonlarni shahid qildingiz. Ular faqat mehmonxona oldidan o‘tayotgan yoki ovqatlanish uchun ichkariga kirgan edilar. Ularning qaysi davlat yoki geografiyaga mansubligi muhim emas edi; ular musulmon edilar va ularni bog‘lab turgan rishta  din edi, fuqarolik emas.

Ikkinchi muhim jihat shundaki, sizning bu jirkanch amalingiz sizning na fikriy oqim, na diniy harakat va na jihodiy tuzilma ekaningizni isbotladi. Siz bir necha davlatlarning razvedka tizimlariga xizmat qiluvchi vakil (niyobiy) guruhsiz. Sizning har bir harakatingiz ularning manfaatlari uchun amalga oshiriladi va amaliyotlaringiz ularning siyosatiga mos ravishda bajariladi  qachon va qanday buyruq berilsa, shunday ijro etasiz.

Bugun sizning asl qiyofangiz va mohiyatingiz to‘liq ochildi: siz pul evaziga urush qiladigan yollanma qotillardan boshqa narsa emassiz. O‘z zaifligingiz va mag‘lubiyat hissini yashirish uchun har qanday begunoh musulmonni o‘ldirishga tayyorsiz.

Exit mobile version