IShIDning maqsadi nima edi va nima bo’ldi?

Ahmad Solis

Islom Afg‘onistonga kirib kelgan kundan boshlab kofirlar va ularning do‘stlariga qarshi alangani yoqib yuborgan. Bu xuddi Hazrat Umar roziyallohu anhuning Islomni qabul qilishi kabi bo‘lib, Abu Jahilning ichida olov yoqib yuborgan edi. Shu sababli, o‘sha kundan buyon ular Afg‘onistonning tinch bo‘lishini istamaydi; doimo fitna uyushtiradi va uni o‘z mustamlaka hukmronligiga olishga harakat qiladi. Ammo tarix guvohlik beradi, Afg‘oniston geografiyasi hech qachon kofirlarning hukmronligi ostiga tushmagan; agar inglizlar kelgan bo‘lsa, faqat tashqi siyosatni qo‘llariga olgan, agar ruslar kelgan bo‘lsa, afg‘onlar ularni nima qilganini hamma biladi, ularga qarshi shunday amaliyotlarni qildiki ruslar ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta talofatni ko‘rdilar va agar Amerika kelgan bo‘lsa, gul bilan emas, bombalar bilan kutib olganmiz va ularga shunday saboq berganmizki, uni Qiyomatgacha eslab yuradilar. Ammo kofirlar mag‘lub bo‘lganida, ular shunday guruhni tug‘diradilar-ki, ularning o‘rnini bosadi va qolgan ishlarini yakunlaydi. Shu sababli, Amerika mag‘lub bo‘lgach, o‘ziga shunday vorisni topdi-ki, Amerikadan va boshqa kofirlardan-da toshbag‘ir va terrorchiroq bo‘lib, unga DAISh deb atashadi. Garchi DAISh ilgari ham Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, u oldingi faoliyatini ham Amerikaning buyrug‘i bilan bajarar edi, shu sababdan Amerikaning borligida u kuchsiz edi va Amerika mag‘lub bo‘lgach, yana o‘zini maydonga ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. DAISh dastlabki kunlarda shunday qon to‘karlik qildi-ki, Amerika va butun dunyo kofirlarining e’tirof va maqtoviga sazovor bo‘ldi; ammo zulm kosasi har doim ag‘dariladigan bo‘lgani uchun, millatlar va islomiy tuzumlar DAIShga qarshi qo‘zg‘alib, ular bilan qattiq jang qildilar, ularning yashirin joylarini vayron qildilar, rejalarini chippakka chiqarib, ularni yo‘q qildilar. Endi ko‘rmoqdamizki, DAIShdan faqat bir nomgina qolgan, amalda esa mavjud emas. Agar taxminan zaif bir mavjudlik bo‘lsa, o‘z inlaridan oylar davomida bosh ko‘tara olmaydi. Alloh taolo bu guruhni tezroq yo‘q qilsin va DAISh bilan bir qatorda, Islom va Afg‘oniston islomiy amirligiga qarshi bo‘lgan barcha guruhlarni ham yer bilan bitta qilsin.

Amiyn

Exit mobile version