Hijoz Tamim
Pul o‘tkazish yo‘llari va usullari
Soxta shaxslar orqali qo‘lga kiritilgan moliyaviy yordamlar va daromadlar bir nechta yashirin va moslashuvchan moliyaviy kanallar orqali IShIDga yetkaziladi. Bu yo‘llar nazorat tizimlarini chalg‘itish va pul manbasini yashirish maqsadida puxta ishlab chiqilgan.
1 — Havola (Hawala) – norasmiy moliyaviy o‘tkazma
Bu usul IShID uchun eng xavfsiz va eng yashirin mexanizm hisoblanib, vositachilar (havolachilar) orqali amalga oshiriladi:
• pul jismonan ko‘chirilmaydi:
• tarmoq nomlari va tuzilmasi yashirin qoladi;
• turli davlatlar o‘rtasida kuzatish imkoniyati minimal darajaga tushadi.
2 — Kripto o‘tkazmalar (Crypto Transfers) aktivlarni yashirin almashish
Anonim kriptovalyuta hamyonlari orqali quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
• manbani yashirish;
• mablag‘ni bir necha soniya ichida global miqyosda o‘tkazish;
• an’anaviy nazorat tizimlarini (KYC/AML) chetlab o‘tish:
• Monero kabi maxfiylik tangalaridan keng foydalanish, ularni kuzatish nihoyatda mushkul.
3 — Naqd pul tashuvchilar (Cash Couriers) jismoniy pul ko‘chirish
Nazorat kuchaygan paytlarda tarmoqlar:
• ishonchli shaxslar:
• yo‘lovchilar:
• yoki tijorat yuk mashinalari; orqali naqd pullarni turli hududlarga jismonan yetkazadi. Aniqlash nuqtayi nazaridan bu eng xavfsiz usullardan sanaladi.
4 — Onlayn bank tizimi (Online Banking) soxta hisoblar orqali ichki o‘tkazmalar
Soxta hujjatlar bilan ochilgan bank hisoblari quyidagilar uchun ishlatiladi:
• bir hudud ichida kichik o‘tkazmalarni amalga oshirish:
• so‘ng mablag‘larni bir nechta hisobda jamlab, oddiy shaxslarga emas, balki tarmoq vositachilariga yuborish:
• bu mexanizm ko‘pincha Yevropadagi ijtimoiy yordamlarning to‘xtatilishi yoki tekshiruvlar jarayonida fosh bo‘ladi.
Bir nechta soxta shaxsdan tushgan daromadlarni jamlash
Soxta hujjatlar yordamida bir shaxs bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturdan oylik yordam olishi mumkin. Ushbu yordamlar tarmoq orqali jamlanganda:
• yiliga o‘n minglab yevro sof daromad IShIDga o‘tkaziladi:
• bu hatto bitta shaxsning soxta shaxsiyatlari orqali amalga oshadi.
Tahdid va strategik ahamiyat
Soxta shaxslar va ijtimoiy yordam tizimlari orqali pul olish oddiy moliyaviy jinoyat emas; balki IShID uchun barqaror va strategik moliyaviy mexanizmni shakllantiradi. Bu jarayon bir vaqtning o‘zida ham fosh bo‘lishdan saqlaydi, ham tarmoqni mustahkamlaydi. Jumladan:
1 — Yuqori moliyaviy foyda
Bu mexanizmda:
• bitta shaxs 3–4 nafar haqiqiy muhtoj miqdorida ijtimoiy yordam olishi mumkin:
• ishsizlik nafaqasi, oilaviy yordam, uy joy qo‘llovi va boshqa dasturlardan tushgan jami daromad yiliga o‘n minglab yevroga yetadi:
• kam xavf evaziga juda yuqori daromad olinadi va bu tarmoq uchun jozibadorlikni oshiradi.
2 — Fosh bo‘lish xavfining pastligi
Bu tizimning aniqlanish ehtimoli quyidagi sabablarga ko‘ra past:
a: Har bir shaxsning alohida ro‘yxatdan o‘tkazilishi:
Soxta shaxslar turli hujjatlar, manzillar va identifikatsiya raqamlari bilan mustaqil ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
• bir shaxsga tegishli bir nechta ism o‘rtasidagi bog‘liqlik oshkor bo‘lmaydi;
• nazorat tizimlari buni oson aniqlay olmaydi.
b: Umumiy nazorat platformalarining zaifligi:
Ko‘plab Yevropa davlatlarida:
• ijtimoiy yordam muassasalari:
• migratsiya idoralari:
• shahar hokimliklarining bo‘linmalari: yagona va birlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga ega emas.
c: Ma’lumot almashishning cheklanganligi:
Idoralar faqat ma’lumotlarning bir qismini o‘zaro bo‘lishadi, bu esa tarmoqni fosh bo‘lishdan asraydi:
• migratsiya idoralari ijtimoiy yordamlar tarixi bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega emas;
• hokimliklarda shaxsning haqiqiy identifikatsiyasi haqida to‘liq axborot yo‘q:
• banklar faqat taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi, haqiqiy shaxsiyat tarixini emas.
3 — IShID uchun uzoq muddatli va barqaror moliyaviy oqim
Bu moliyaviy mexanizm boshqa manbalarda uchramaydigan xususiyatlarga ega:
a: Muntazam oylik daromad:
Yordamlar odatda davlat budjetlaridan oylik va barqaror tarzda to‘lanadi. Shu sababli IShID uchun oldindan bashorat qilinadigan va doimiy moliyaviy manba hosil bo‘ladi.
b: Logistika, targ‘ibot va harbiy faoliyatni moliyalashtirish:
Bu mablag‘lar a’zolar maoshi, safar va ko‘chish xarajatlari, qurolli amaliyotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, onlayn targ‘ibot va yollash faoliyatlariga sarflanadi.
c: Tarmoqni kengaytirish imkoniyati:
Xavfning pastligi va foydaning yuqoriligi sababli ko‘proq shaxslar bu jarayonga jalb qilinadi. Natijada tarmoq kengayadi va soxta hujjatlar hamda shaxs yasash infratuzilmasi yanada mustahkamlanadi.













